Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!


Kriminologik adabiyotlarda



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə5/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!

Kriminologik adabiyotlarda tasniflashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:1
a) amal qilish darajasiga ko‘ra (subordinatsiyasiga ko‘ra);
b) jinoyatchilikning sabab va sharoitlarning mazmuniga ko‘ra;
v) tabiatiga va boshqa mezonlarga ko‘ra tasniflash.



Jinoyatchilik iqtisodiy nazariyasi bo‘yicha Vestfaliya universiteti kriminologiya institutining rahbari Gans Ioaxim Shnayder jinoyatchilik sabablarining uch iqtisodiy nazariyasini qayd etadi:

1

depressiya nazariyasi-kon’yunktura yuqori bo‘lgan davrda jinoyatchilik kamayadi, iqtisodiy depressiya davrida esa-ko‘chayadi;

2

ekspansiya nazariyasi-iqtisodiyot o‘sishi bilan jinoyatchilik ham o‘sib boradi, iqtisodiy o‘sish pasayishi bilan esa-pasayadi;

3

Depressiya va ekspansiyaning uyg‘unlik nazariyasi – iqtisodiy yuksalgan va pasaygan paytlarda jinoyatchilik o‘sishi ro‘y beradi.

O‘quvchi-yoshlar orasida olib borilgan sostiologik tadqiqotlar respondentlarning 80 foizi moddiy farovonlikni ta’minlashni o‘z hayotining asosiy maqsadi deb hisoblashini ko‘rsatdi. So‘ralganlarning 40 foizi “qayg‘usiz, maishatda yashash” imkoniyatini hayotdagi ideali, deb qayd etishgan. Moddiy ne’matlar egasi bo‘lishga intilish sodir etilgan jinoyatning motivida bevosita namoyon bo‘ladi. Jinoyat ishlarini o‘rganish, jazoni o‘tayotgan shaxslar orasida o‘tkazilgan so‘rovlar jinoyatlarning quyidagi motivlarini aniqlash imkonini berdi: pul, boylik to‘plash – 7 foiz, qimmatbaxo buyumlar sotib olish – 10 foiz, zaruriy hayotiy ehtiyojlarini qondirish – 42 foiz, o‘z oilasiga yordam berish – 17 foiz, spirtli ichimliklar, giyohvand vositalar iste’mol qilish bilan bog‘liq motivlar – 13 foizni tashkil etadi. Bu raqamlardan ko‘rish mumkinki, g‘araz niyatdagi jinoyatlar asosan moddiy boylikni harid qilish uchun pulni egallash bilan bog‘liq. Spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish bilan bog‘liq motivlarning ulushi ham ancha katta.


Yuqoridagilarga ko‘ra, ota-onalarning to‘rtdan bir qismi o‘z farzandining jinoiy qilmishidan xabardor bo‘libgina qolmasdan, balki o‘g‘irlikdagi mol-mulkdan birgalikda foydalangan va shu tariqa o‘smirni yangi jinoyat sodir etishga rag‘batlantirgan.
Bugun jahonda aholining katta qismini yoshlar tashkil yetayotgan bir paytda, ijtimoiy talablardan kelib chiqib yoshlar, ayniqsa voyaga yetmagan aholi qatlamiga oid aholining huquqbuzarliklarni sodir yetishi ko‘rsatkichi chuqur tahlil yetilgan holda turli jamiyatarda, jumladan Vatanimizda ham ushbu turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, izchil profilaktika ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Bugun statistik ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston aholisining 60% dan ortiq qismini yoshlar tashkil yetayotmoqda va ushbu aholi qatlamining ulkan qismi voyaga yetmaganlardan iborat, qolaversa, jahon hamjamiyatida yoshlar, ayniqsa voyaga yetmaganlarning manfaatlariga bevosita va bilvosita ta’sir yetuvchi omillarning tomir yozayotgani ham kun sayin asosiy masalalar qatoriga mustahkam o‘rnashib bormoqda. Birgina shu fikrlardan kelib chiqib biz yuqorida so‘z yuritayotgan aholi qatlami orasida huquqbuzlarliklarning oldini olish bugun naqadar dolzarblik kasb yetayotganini anglash mushkul yemas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 23-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini islab chiqish taklifini ilgari surishi ham bu boradagi masalalar yechimi uchun ijobiy qadam bo‘ldi deyish mumkin. Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 25-dekabri kuni “O‘zbekiston yoshlari forumi”da so‘zlagan nutqida ham yoshlarni har jabhada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarning dolzarbligi ye’tirof yetildi.
Yuqorida sanab o‘tilgan chora-tadbirlar va ishlarning amalga oshirilishi bugungi yoshlar o‘rtasidagi huquqbuzarlik darajasini kamayishida muhim ahamiyat kasb yetishi barobarida, ushbu ishlar hamda ijobiy natijaga yerishish uchun bir qator ishlarni amalga oshirish masalaning yechimi sifatida qaralishi mumkin. Olib borigan tahlil natijasida yoshlar jinoyatchiligi va huquqbuzarligining asosiy qo‘zg‘atuvchi omili ishsizlik va yoshlar bandligining yetarli darajada ta’minanmaganligi tashkil etishi aniqlandi. Ushbu omildan kelib chiqib quyidagi takliflarni ilgari surish o‘rinli bo‘ladi:
- Davlat ishtirokida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil yetgan holda yoshlar uchun ish o‘rinlari tashkil etish hamda kelajakda ushbu korxonani yoshlarga xususiylashtirish instrumentlari orqali topshirish, bu orqali yoshlar bandligini ta’minlash;
- Yoshlar bilan ishlovchi nodavlat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, bunday tashkilotlarga davlat tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilishini kengaytirish;
- Yoshlar uchun ajratiluvchi kreditlarning garov badali hamda foiz stavkalarini kamaytirish orqali yoshlarning biznes g‘oyalarni ko‘proq moliyalashtirish hamda ular uchun qulayroq bozor topishga ko‘maklashish;
- Zamonaviy kasblar va faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratgan holda bunday yoshlar safini kengaytirish orqali uyushgan yoshlar qatlamini kengaytirish.
Yoshlar uchun ajratiluvchi kreditlarning garov badali hamda foiz stavkalarini kamaytirish orqali yoshlarning biznes g‘oyalarni ko‘proq moliyalashtirish hamda ular uchun qulayroq bozor topishga ko‘maklashish;
- Zamonaviy kasblar va faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratgan holda bunday yoshlar safini kengaytirish orqali uyushgan yoshlar qatlamini kengaytirish.
Xulosa qilib aytganda, joylarda yoshlarni sog‘lom va komil inson qilib o‘stirish va tarbiyalash uchun barcha sharoitni yaratib berish, bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun kutubxonalar tashkil etish borasida turli jamoat va davlat tashkilotlari vakillari, mahallalar faollari bilan hamkorlikda samarali ish olib borilmoqda, bu yesa huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlar xalqimizning tinch va osoyishtaligini ta’minlashiga xizmat qiladi.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin