Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!


Sodir etilayotgan jinoyatlarni asosiy sabablari



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə4/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!

Sodir etilayotgan jinoyatlarni asosiy sabablari
va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlar
Yoshlar o‘rtasida jinoyatlarni sodir etilishiga olib keladigan sabab va shart-sharoitlarni o‘rganmasdan turib jinoyatchilik muammosini atroflicha tahlil qilib bo‘lmaydi. Chunki ushbu muammoni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlar davlat va jamiyat hayotida o‘rin tutib kelayotgan mavjud muammolar bilan bevosita aloqador bo‘ladi. Jinoyatchilikning sharoit va sabablari tushunchalari aniq tushunchalar hisoblanadi. “Sharoit” va “sabab” tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketganligi sababli ularning mazmunini yetarli darajada aniqlamasdan turib, ajratish qiyin bo‘ladi. Xususan, jinoyatchilikning sabablari, jamiyatda jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa sifatida muayyan jinoyatni sodir etilishi uchun sharoit yaratuvchi ijtimoiy hodisalar va jarayonlar yig‘indisidir. Masalan, voyaga yetmaganlar bezoriligining sababi ichkilikbozlik va nazoratsizlik deb hisoblansada, yuzaki qaraganda o‘smirning alohida bir jinoyat sodir etishining sababi bo‘lishi mumkin, lekin ular jinoyatning sababi bo‘la olmaydi, balki sharoit yaratadi, xolos. Jinoyatchilikni sharoiti deb, o‘z-o‘zidan jinoyat va jinoyatchilikni keltirib chiqarmaydigan, ammo jinoyat sodir bo‘lish sababini tug‘diruvchi g‘ayriijtimoiy hodisaga aytiladi. Masalan, mulkni qo‘riqlashdagi, ularni hisobga olish, maqsadga muvofiq foydalanishdagi kamchiliklar talon-taroj qilish sohasidagi jinoyatchilikning sodir bo‘lishiga sharoit yaratsa, transport harakati xavfsizligini ta’minlashdagi kamchiliklar: yo‘llarning yaroqsizligi, yo‘lning transport harakatlanadigan qismiga turli narsalarni to‘kib quyganlik, hatto yo‘l belgilarining noto‘g‘ri joylarga quyilganligi ham transport halokatlarining sodir bo‘lishiga sharoit yaratishi mumkin.
Jinoyatchilikning sharoiti bilan sabablari o‘rtasida bevosita aloqadorlik bo‘lib, bular yuqorida ta’kidlanganidek kriminogen determinantlar hisoblanadi. Sharoit o‘z-o‘zidan jinoyat va jinoyatchilikni keltirib chiqara olmaydi, ammo sharoitsiz jinoyatchilikning sabablari o‘z mazmuniga ko‘ra ijtimoiy-ruhiy xususiyat bo‘lib qoladi. Ya’ni, jinoyatni sodir etish uchun mavjud sharoit bo‘lmasa jinoyatchilikning sabablari faqatgina shaxsning ichki istak-xohishi bo‘lib qolaveradi. Sharoit sababni, sabab esa o‘zining oqibati sifatida jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Har bir sodir etilgan jinoyatning sabablarini o‘rganish va umumlashtirish orqali jinoyatchilikning sabablari o‘rganiladi. Jinoyatchilikning sabablarini o‘rganishni osonlashtirish maqsadida ularni tasniflash lozim bo‘ladi.

Yüklə 315,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin