Biz yoshlar jinoyat va huquqbuzarlikka qarshimiz!



Yüklə 315,5 Kb.
səhifə3/6
tarix20.12.2022
ölçüsü315,5 Kb.
#76615
1   2   3   4   5   6
Ma\'ruza matni Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!

45 979nafar (61,6%) yoshlar doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlandi;

  • 14 072 nafar yoshlarga (95,9%) kredit ajratildi;

  • 55 453nafar yoshlarga yer ajratildi;

  • 6 853 nafar yoshlar “ustoz-shogird” an’anasi asosida hunarmadlarga biriktirildi;

  • 13 584nafar yoshlarga subsidiya ajratildi;

  • 7 269nafar yoshlarga (29,8%) ijtimoiy-iqtisodiy yordam ko‘rsatildi.

    Amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda jami 152 573 nafar (95,9%) yoshlar ro‘yxatdan chiqarildi.
    Shu o‘rinda, “Yoshlar daftari”dan chiqarish uchun asos:

    • doimiy daromad manbaiga ega bo‘lganda;

    to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlar belgilangan tartibda to‘lab berilganda;
    tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning ijara xarajatlari qoplanganda yoki mazkur faoliyat uchun zarur bo‘lgan asbob-uskuna va mehnat qurollarini xarid qilish uchun subsidiya ajratilganda;
    turar joy ijara kompensatsiyasi belgilangan tartibda to‘lab berilganda;

    • malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilganda;

    to‘liq davlat ta’minotiga olinganda;
    aniqlangan boshqa muammolari qonuniy hal etilganda;
    o‘z arizasiga ko‘ra;
    boshqa davlatlarga ishlash yoki doimiy yashash uchun chiqib ketganda;
    sudning ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
    arizachiga ko‘mak berish bo‘yicha ish olib borish imkonini bermaydigan boshqa holatlar yuzaga kelganda;
    arizachi vafot etgan taqdirda.
    Barcha holatlarda hisobdan chiqarish xalq deputatlarining tuman (shahar) kengashlari qarori asosida amalga oshiriladi.
    Bundan tashqari, Prezidentning 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-oktabrdagi 617-son qaroriga asosan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan:
    – yoshlarga haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
    – yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini qoplash;
    – yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
    – yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish (2022-yilning 1-apreldan kiritiladi);
    Mablag‘ Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan ajratiladi. Shuningdek, yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish tartibi belgilandi. Bu boradagi xarajatlar Davlat budjetidan qoplanadi.
    Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-son qaroriga asosan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxsga noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha (6 mln 750 ming so‘m) qismi qoplab berilishi mumkin.
    Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish, asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda (10 mln 800 ming so‘m) Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq subsidiya ajratiladi.
    “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan (13 mln 500 ming so‘m) miqdorda amalga oshiriladi.
    Bu boradagi ishlar respublikaning barcha hududlarida amalga oshirilishi alohida nazoratga olindi va bundan buyon 3 ta daftarga kiritilgan 3-sektor aholisining ehtiyojmand qatlamlari bilan ishlash borasida har bir mahallada joriy etilgan hokim yordamchilari bilan uzviy hamkorligi yo‘lga qo‘yildi.



    Yüklə 315,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin