BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O\'QITUVCHINING TARBIYAVIY MAQSADLARI
BARKAMOL AVLOD TARBIYASIDA O'QITUVCHINING TARBIYAVIY MAQSADLARI REJA: 1. Shaxs rivojlanishining pedagogik asoslari haqida umumiy tushuncha.
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik va ijtimoiy omillar.
Shaxs rivojlanishida muhit.
Shaxs rivojlanishida ta’lim tarbiyaning ta’siri.
. Shaxsiy faollikning ahamiyati.
Shaxs rivojlanishining davrlarga ajratilishi va ularning mazmuni.
Kirish
Odam shaxs bo’lmog’i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan o’z xususiyat va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i lozim. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi. U o’zining xarakter, qiziqishi va qobiliyati, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqlanadi. Bular shaxsning o’ziga xos xususiyatlari bo’lib, ana shu ruhiy xususiyatlar rivojlanib ma’lum bir bosqichga yetsagina u mukammal, kamol topgan inson bo’ladi. Shaxsning ijtimoiy voqyelikka, mehnatga, kishilarga, jamiyatga bo’lgan munosabati turlicha. Shaxs bo’lishi uchun nimalar zarur? Odam ijtimoiy mavjudod sifatida shaxs nomini olish uchun unga ijtimoiy iqtisodiy hayot va jamiyat kerak.
Rivojlanish nima? Inson tirik biologik mavjudoddir. Demak, uning rivojlanishida tabiat, biologik va ijtimoiy iqtisodiy qonuniyatlar o’zviy ta’sir etadi, insonni kamol toptiradi. Odamning mukammal inson bo’lib yetishuviga o’zining maqsad asosidagi xatti-harakati muhimligini esdan chiqarmaslik zarur.
Inson hayot faoliyati davomida o’zgarib, shakllanib, rivojlanib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrlarida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Inson bo’lib tug’ilgan har qanday odam ham shaxs bo’la oladimi? Shaxs bo’lishi uchun nimalar kerak? Odamning ijtimoiy mavjudod sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy hayot sharoitlari va maqsadga qaratilgan tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’siri ostida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishi, uning har tomonlama kamolga yetishishining samarali bo’lishini ta’minlash uchun pedagogika fani shaxs rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, unga ta’sir etuvchi omillarini, rivojlanish jarayoniga taalluqli davrlarni aniqlash darkor. Shuningdek, bola shaxsining rivojlanishida ta’lim-tarbiya va bola faolligini rolini ham aniqlash lozim.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar tizimiga qo’yib kuzatish zarur. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy hulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarining (faktor) tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.
Yuqoridagi omillarga asoslanib rivojlanishga quyidagichi ta’rif berish mumkin: Rivojlanish deb bola vaznining oshishi, suyak va muskul tizimining, jinsiy tanosil a’zolarining, nerv-funksional faoliyatining kamol topishi, aql-zakovatini shakllanishiga aytiladi. “Dunyoda mavjud bo’lgan jami borliq - deb yozgan edi Ibn Sino, - o’z tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilish esa o’z mohiyati e’tiborila yaxshilikdir”. Ayniqsa inson tirik mavjudod sifatida kamolotga yetishga doimo intiladi.
Mutafakkir A.R.Beruniyning da’vosicha, hamma odamlar o’z qiyofasi jihatidan bir-biriga o’xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu tafovut “ular temperamentining tabiat xususiyatlari va hokazolarining ziddiyatli bo’lishi tufayli ularning instentlari zamirida yotadi”, deb izohlangan. Haqiqatan ham insonlar bir-birlariga umumiy holda uxshaydi, ammo tabiati, tabiiy xususiyatlari, xarakteri bilan bir-birlaridan farq qiadi.
“Odam - deydi Beruniy -tabiati jihatidan bir-biriga zid a’zolar qo’shilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega”... va shu boisdan “uning holati o’z xarakteriga ko’ra xilma-xil va turli-tuman bo’ladi”. Haqiqatan ham xatto egizak tug’ilgan chaqaloqlarning ham bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari, sifatlari hayotda isbotlangan. Ayniqsa ularning xarakteri bir-birlaridan tubdan farq qiladi.
Individning shaxs darajasiga ko’tarilishi uchun unga ko’rsatiladigan ta’sirlar hal qiluvchi rol o’ynaydi. Uning rivojlanishi uchun eng avvalo inson sifatida tug’ilishi, sharoit, tarbiya singari ta’sirlar mavjud bo’lmog’i zarur. Agar bunday ta’sirlar ko’rsatilmasa u nobud bo’ladi. Uning rivojlanishi uchun vaqt, tabiiy qulay sharoit va unga ko’rsatiladigan tarbiya zarur bo’ladi.
Shaxsning kamol topishida va uning hulqida ijtimoiy va biologik omillarning kuchi doimo ham bir xil bo’lavermaydi. Chunki uning hulqiga munosabatlariga, aloqalariga, yoshi, bilimi, odatlari, tajribasi va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. Masalan, bir xildagi ta’sirga turli bola turlicha munosabatda bo’ladi, bu ayni paytda, bolaning ehtiyoji qandayligiga ham bog’liq. Berilib shaxmat uynayotgan bolaga endi bo’ldi qilinglar degan ta’sir ularga ta’sir qilmasligi mumkin.
Xo’sh, bolalardagi o’ziga xoslikni, ular ruhiy jarayonlaring turlicha bo’lishini, hulqidagi farqlarini qaysi omillar belgilaydi? Biologik omilmi?, Ijtimoiy omilmi?, Ta’lim-tarbiya omilimi?