Ayirish va bo`lishning ta'rifi. Nolga bo`lishning mumkin emasligi. Qoldiqli bo`lish.
Reja: Ayirish va bo`lishning ta'rifi.
Nolga bo`lishning mumkin emasligi.
Qoldiqli bo`lish.
Ma’ruza matni.
Ayirish amalining ta’rifi va xossalari. Aytaylik, bizga ikkita qo’shiluvchining yig’indisi a va qo’shiluvchilardan biri b berilgan holda ikkinchi qo’shiluvchini topish talab qilinsin. Demak, shunday x sonini topish kerakki, bunda a = b + xbo’lsin.
1-ta’rif.Berilgan a sondan b sonni ayirish deb, b ga qo’shganda a hosil bo’ladigan x sonni topishga aytiladi.
Bunda: a — kamayuvchr, b — ayiriluvchi; x — ayirma deb yuritiladi va x = a - b ko’rinishda yoziladi.
Ta’rifdan ko’rinadiki, kamayuvchi ayiriluvchi bilan ayirmaning yig’indisidan iborat bo’ladi. Demak, a - b = x⇒a = b + x. Bundan ko’rinadiki, kamayuvchi ayiriluvchidan katta bo’ladi, ya’ni a>b. Nomanfiy butun sonlar to’plamida kamayuvchi ayiriluvchidan katta yoki unga teng bo’lgan holdagina ayirish amali aniqlangan bo’ladi. Ya’ni a≥bbo’lgan holda a - b ayirma mavjud bo’ladi.