Atom massasi nisbiy atom massasi



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə1/5
tarix26.04.2022
ölçüsü49,11 Kb.
#56368
  1   2   3   4   5
Mavzu KIMYO111





Mavzu;Atom massa.Molekulyar massa. Modda miqdori va allotropiya.

Reja;


  1. Atom massa

  2. .Molekulyar massa

  3. Modda miqdori

  4. allotropiya

Atom massasi (nisbiy atom massasi) – atom massasining atom massa birligida ifodalangan qiymati.

Atom massasi, atom ogʻirligi – atom massalarining atom massasi birli-klarida ifodalangan nisbiy qiymati. Atom massasi ifodasini ingliz ki-myogari J.Dalton 19-asr boshida fanga kiritgan. 1961-yilda qabul qilingan nisbiy atom massalari birliklari shkalasiga asosan atom massasi birligi (atm.m.b.) uglerod izotopi atomi 12S massasining 1/12 qismiga teng. Xalqaro belgisi – U. Ele-mentar zarralar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar massasi birligi sifatida qoʻllaniladi. Atom massasi kimyoviy elementlarning eng muhim koʻrsatkichidir. Kimyoviy elementlar atomlarining tuzilishi va xossalarining oʻzgarish qonuniyatlari Atom massasi bilan oʻzaro bogʻliq. Bir kimyoviy element izotoplarining Atom massasi qiymati turlicha boʻladi. Izotoplar aralashma-sidan tashkil topgan elementlarning Atom massasi sifatida aralashma tarkibidagi izotoplarning protsent miqdorlarini hisobga olgan holda shu izotoplar Atom massasining oʻrtacha qiymati qabul qilinadi. Ushbu qiymatlar elementlar davriy sistemasida (massa soni keltirilgan transuran elementlar bundan mustasno) keltirilgan. Atom massasi turli fizik va kimyo-viy usullar bilan aniqlanadi; ulardan eng aniqrogʻi – mass-spektroskopiyadir. Bu usulda element ionlari nisbiy zaryadlarning qiymatlari, boshqacha aytganda, zaryad kattaligining ion massasiga nis-batan aniqlanadi. Buning uchun ionlarning elektr yoki magnit maydonida toʻgʻri chiziqli harakatdan chetga chiqishi tek-shiriladi. Fizik usullardan yana biri yadro reaksiyasiga asoslangan. Bunda yadroda boʻladigan oʻzgarishlar natija-sida bir atom yadrosining ikkinchi atom yadrosiga aylanishi tufayli ajralib chiqadigan energiyadan foydalaniladi. Kimyoviy usullardan biri – elementning bir necha kimyoviy birikmalari mo-lekulyar massasini va bu birikmalarning kimyoviy tarkibini aniqlashga asoslangan. Atom massasini taqriban aniqlash usullari ham bor. Mas, ulardan biri Dyulong va Pti qoidasiga asoslangan; bu qoidaga koʻra, element Atom massasining oʻsha elementning solishtirma issiqlik sigʻimi (S)ga koʻpaytmasi oʻzgarmas miqdor boʻlib, u taxminan 6,3 ga teng: AS~6,3.[1]



Molekulyar massa — kimyoviy birikma molekulasining uglerod birligi (uglerod nuklidi |2S atom massasining ʻ/|2 qismi)da ifodalangan massasi, molekulani tashkil qilgan elementlar atom massasi larining yigʻindisi. Baʼzan maʼlum tarkibli turli moddalar aralashmasi uchun ham mol. m. aniqlanadi. Mas, havo, garchi bir qancha gazlar aralashmasidan iborat boʻlsa ham, uning oʻrtacha mol. m. bor. Havoning hisoblab topilgan oʻrtacha mol. m. 29 ga teng . Mol. m. — moddaning asosiy tavsiflaridan biri. U, shuningdek, polimer moddalarning xossalarini belgilovchi asosiy omildir. Mol. m., asosan, bugʻning zichligini oʻlchash orqali, osmotik bosim orqali (Vant—Goff krnuni asosida), bugʻ bosimining tushishi, eritmalarning toza erituvchiga nisbatan muzlash temperaturasi pasayishi (krioskopiya) yoki kaynash temperaturasi koʻtarilishini (ebuli-oskopiya) oʻlchash orqali topiladi. Uchuvchan moddalarning mol. m. mass-spektrometriya usulida, turli birikmalar aralashmasining mol. m. xromatomass-spektrometriya usulida aniqlanadi.[1]

Kimyoning fundamental qonunlari kashf qilinganidan so‘ng, kimyoviy elementlar va ularning birikmalarining miqdorini ifodalash uchun masalan, "gramm atom" va "gramm molekula" birliklari qo‘llanilgan. Ushbu birliklarda, qiymatlari amalda juda nisbiy bo‘lgan "Atom massasi" va "molekulyar massa" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik mavjud edi. "Atom massasi" dastavval, bosh kelishuvga ko‘ra, kislorodning atom massasi - 16 ga nisbatan olingan edi. Biroq, fiziklar spektrometrda kislorod izotoplarini ajratib olishganida, ular 16 qiymatini, izotoplardan bittasi uchun, kimyogarlar esa, aynan shu qiymatni (biroz o‘zgaruvchanini) kislorodning 16, 17, 18 izotoplarining o‘zaro aralashmasi uchun qabul qilishdi. Vanihoyat 1959/60 yillar davomida, Xalqaro Amaliy va Nazariy Fizika ittifoqi (IUPAP) va Xalqaro Amaliy va Nazariy Kimyo ittifoqi (IUPAC) bilan o‘zaro hamkorlikda bunday ikkiyoqlamalikka barham berdi. o‘sha vaqtdan buyon fiziklar va kimyogarlar, moddaning atom massasini, to‘g‘riroq aytganda nisbiy atom massasi Ar(12C), massa soni 12 bo‘lgan uglerod 12 izotopi (uglerod 12, 12C) asosida belgilashga kelishib oldilar. Ushbu birlashtirilgan shkalaga ko‘ra, nisbiy atom massa va molekulyar massa (ular shuningdek mos ravishda "Atom massasi" va "molekulyar massa" ham deyiladi) qiymatlarini beradi.

Kimyogarlar tomonidan, kimyoviy elementlar yoki birikmalarning miqdorini aniqlash uchun qo‘llaniladigan miqdor nomini endilikda "Modda miqdori" deb ataladi. Qaralayotgan muayyan modda uchun modda miqdori, boshqa barcha moddalar uchun ham umumiy (universial) bo‘lgan, doimiy o‘zgarmas miqdoriy qiymatga (konstantaga) ega moddaning miqdoriga proporsional nisbatda aniqlanadi. Modda miqdori birligi mol, ramziy belgisi (ham) mol. Mol - uglerod 12 ning massasiga ko‘ra, bir mol uglerod 12 ning o‘zida qancha atom tutishiga qarab aniqlangan. Xalqaro kelishuvga ko‘ra, bir mol uglerod 12 izotopi, 0.012 kg, ya'ni, 12 gramm uglerod miqdori bilan belgilangan.

O‘TXK, 1967-yilda XANFI, XANKI va XST tashkilotlarining taklifiga ko‘ra mol uchun quyidagi ta'rifni ma'qulladi va 1969 yilda uni tasdiqladi. Molning ta'rifi 1971 yilda 14-O‘TXK tomonidan (1971, Rezolyutsiya 3; CR, 78 va Metrologia, 1972, 8, 36) qabul qilindi:




  1. Yüklə 49,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin