Aqshda turizm asosan 3 ta hudud Florida, Kaliforniya va shtatlarning shimoliy sharqiy qismida rivojlangan



Yüklə 20,9 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü20,9 Kb.
#191830
  1   2   3
Amerika qitasi turistik markazlarib


Amerika qitasi turistik markazlari


Reja:



  1. AQShda turizm

  2. AQSH va Kanada milliy parklari


AQShda turizm asosan 3 ta hudud Florida, Kaliforniya va shtatlarning shimoliy sharqiy qismida rivojlangan.
AQSH aholisining 40%ga yaqini Nyu-York, Virjiniya, Men, Nyu-Xempshir Vermont, Massachusets, Konnektikut, Rod-Aylend, Nyu-Jersi, Delaver, Merilend va g‘arbiy Virjiniya shtatlariga kiruvchi shimoliy-sharqiy qismda yashaydi. Uning iqlimi yozda dengiz bo‘yida dam olish hamda sportning qishki turlari bilan shuqullanish uchun qulay.
Shimoliy Amerika tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lmasa ham, ularning aksariyat qismi aynan shu hududda joylashgan. Ayrim eski shaharlarda ko‘chalar XVIII asrda qanday bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha holatda saqlanib qolgan. Ammo hudud, birinchi navbatda, Nyu-York shahri boshchiligida zamonaviy madaniyat va biznes markazi sifatida mashhur. Plyajlar tizimi shimolda Keyp-Kodedan boshlanib, janubda Keyp-Xatterasgacha davom etadi. qirqoqlar qum tepaliklaridan iborat. Long-Aylend shimoliy qirg‘oqlari turlicha. Shu sababli parus sporti bilan shuqullanish uchun qulay. Masalan: Nyuport rayonida (qimmatbaho va elita 2-uy) Nyu-York badavlat aholisining shaxsiy plyajlarga mavjud bo‘lgan 2-uylari joylashgan. Menlar shtati qirg‘oqi toshlardan iborat bo‘lganligi sababli, turizm kam rivojlangan. Bu yerda joylashgan Arkadiya milliy boqi o‘z mavqeiga asosan mamlakatning 2-boqi hisoblanadi va 1 yilda 4 mln kishini qabul qiladi. Florida shtatida turizm avvalgi asrning 70-yillarida qishki dam olish zonasi sifatida rivojlana boshlagan. Boy amerikaliklarning aksariyat qismi bu yerga qishda kelish uchun uylar qurganlar, ammo XX asrning 20-yillari shtatda katta o‘zgarishlar bo‘ldi va hudud ulkan turistik markazga aylandi. 1987 yilda ular 34 mln mehmonni qabul qildi.
Shtat budjet hisobiga turizmdan kelgan daromad 40,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Shu bilan birgalikda 1,28 mln kishi ish bilan ta’minlangan. Mayami-Bich ulkan ko‘ngil ochar tadbirlari bo‘yicha nom qozongan. Shimolda elita villalariga boy Palm-Bich joylashgan. g‘arbiy qirg‘oqda Fort Mayyers va Sankt-Peterburg oraliqida yuqori sifatli plyajlar mavjud. Shtatning ko‘zga ko‘rinarli joylari – bu, Disneylend va Kosmik tadqiqotlari markazi hisoblanadi. Florida shtatida katta avtomobil yo‘l tizimi mavjud. Shu sababli bu yerga avtoturistlarning katta miqdori keladi.
Floridaning tranzit turizmi uncha katta emas. Mayami porti butun Amerika kruiz yo‘lovchilari uchun darvoza hisoblanadi va 1 yilda 1 mln. ga yaqin turistlarni o‘tkazadi. AqSH shtatlari orasida keluvchilar miqdori va sarf-xarajat bo‘yicha Kaliforniya shtati yetakchilik qiladi. Aholining 90%dan oshiqi Tinch okeani qirg‘oqlarida joylashgan shaharlarda istiqomat qiladi. Bu yerda bir kunlik ichki turizmining yaxshi rivojlanishiga qaramasdan Kaliforniya, AqSH xalqaro turizmning asosiy markazlaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Kaliforniya qirg‘oqlari turli-tuman manzaralarga boy. Bu yerda qum plyajlari va qoyalar mavjud. Ammo shtatning ichki qismida dam olish va sayohat qilish uchun juda ko‘p go‘zal joylar bor. Masalan: 1 yilda 3 mln. ga yaqin mehmon qabul qiluvchi mamlakat milliy parki – Yosemit parki mavjud. Los-Anjeles shtatning asosiy turistik markazi hisoblanadi. Bu yerda barchaga tanish Gollivud kinostudiyasi va bolalar oromgohi Disneylend mavjud.
Kaliforniyaning boshqa yirik turistik shaharlariga San-Diyego va San-Fransiskolar kiradi.
Kaliforniyaning yaqinida AQShning boshqa muhim turistik markazi Nevada shtatining Las-Vegas shahri va Arizona shtatining Grand-Kanyon shahri joylashgan. 1987 yilda uni 16,2 mln mehmonlar ziyorat qildilar. Ular shahar budjetiga 8,6 mlrd dollar foyda keltirdilar.
Shaharning mehmonxona xo‘jaligini rivojlantirishga katta mablag‘ ishlatiladi. Bu yerda dunyoning ulkan otellari “Nyu-York” va "MGM" otellari joylashgan. Grand-Kanyon Kolorado daryosi yonidagi vodiyda joylashgan. U mashhur milliy park sifatida joylashgan. Bir yilda bu yerga 3,5 mln mehmon tashrif buyuradi. AqShning boshqa shtatlari ham ko‘zga tashlanadigan joylarga boy. Masalan: Texasda go‘zal plyajlar mavjud bo‘lsa, Xyustenda kosmik tadqiqotlar markazi mavjud. Vayoming, Kolorado, Montana, Yuta bog‘li shtatlari juda boy resurslarga ega. Chet el mehmonlari 2 ta asosiy guruhga bo‘linadi: qo‘shni bo‘lgan mamlakatlar Meksika va Kanada hamda okean ortidagi mehmonlar. 1-guruh umumiy keluvchilarning 62%ini tashkil qiladi. Biroq Nyu-York, Gavaya orollari va Kaliforniya ham ular uchun muhim turistik markaz bo‘lib kelmoqda. qitalararo mehmonlarning aksariyati AQShga Yevropadan (47%) va Osiyodan (31%) kelishadi. Yevropadan tashrif buyuruvchi sayohatchilarning 1 yilda 2,49 mln. ga yaqinini britaniyaliklar, 3,3 mln. ga yaqinini esa yaponlar tashkil qiladi. Yaponiyalik mehmonlarning 2/3 qismi ko‘proq Tinch okeani orollari — Gavaya yoki Guamga boradilar.
Qitalararo mehmonlar mamlakat bo‘ylab sayohati vaqtida o‘rtacha hisobda 2 ta shtatda bo‘ladilar. San-Fransiskoga yaqin joylashgan rayon — Silikon vodiysi yuqori texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy markazi hisoblanadi. Shu sababli u ko‘proq Yaponiyalik turistlarni jalb qiladi. Chet el mehmonlarining kelishi quyidagicha: ularning asosiy qismi Nyu-Yorkka to‘g‘ri keladi va 17,9%ni tashkil qiladi, undan keyin Tinch okeani qirqog‘i (19,5%), Florida o‘zining qirg‘oq bo‘yicha shtatlari bilan birgalikda 18,5%ni tashkil qiladi. AQSH aholi sonining ko‘pligiga qaramasdan mamlakatdan chetga kam turist sayohatga chiqadi. Masalan, 1992 yil chet davlatlarga 52,8 mln kishi ketgan. Ularning aksariyat qismi qo‘shni bo‘lgan Meksika va Kanadada bo‘lishgan. Bu mamlakatlarga boradigan 1 kunlik turistlarning soni esa bundan ham ko‘proq. Meksikaga 50 mln kishi, Kanadaga esa 23 mln kishi to‘g‘ri keladi. 1992 yilda chetga chiqish turizmining 25%i Yevropaga, 17%i Uzoq Sharqqa va 10%i Karib basseyniga to‘g‘ri keladi. Amerikaliklarning qisqa dam olish ta’tilining 51%i 2 yoki undan kamroq tunni tashkil qilgan. Bu sayohatlarning aksariyati avtomobillarda (80%) uyushtiriladi. Amerikaliklar orasida qirg‘oq va ko‘llar bo‘yida joylashgan kurort hamda dam olish zonalarining mavqei oshib bormoqda.
AQShga qo‘shni bo‘lgan mamlakat Karistik markazi shunday hudud geografiyasiga ega. Aholi soni 26,5 mln kishini tashkil qiladi.
Kanadaning ichki turizmi AQShning ichki turizmini eslatadi. Turistlar uchun Ontario va Kvebek, Alberto va Britaniya Kolumbiyasi yuqori mavqega ega. AQSH bozorining 18,9 mln. ini kanadaliklar tashkil qiladi. Kanadalik turistlar AQShning janubida joylashgan yozgi va qishki kurortlarga, Meksika va Karib basseyniga qiziqishadi. Yevropa va Buyuk Britaniyaga kanadaliklar asosan qarindosh va do‘stlarini ko‘rish uchun boradilar (38%dan ko‘prog‘i). Kanadaga chet el mehmonlarining kelishi turizmda 90-yillarining boshlarida turg‘un holatga uchradi. 93-yilda esa kamaya boshladi. AQShdan keluvchi turistlar soni 1987 yilda 12,7 mln kishidan 1992 yilda 11,8 mln. ga tushdi. Shu bilan birga Osiyo mamlakatlaridan keluvchi turistlar soni ham kamaydi. Kanada bozorini asosan Buyuk Britaniya, AQSH va Fransiya to‘ldirib kelmoqda.
Meksikada iqtisodiy muammolar bir talay. Bulardan eng asosiysi esa chet ellardan olingan qarzlar. Aholining ko‘pligiga qaramasdan mamlakatda ichki hamda chetga chiqish turizmi kam rivojlangan. 1992 yilda mamlakatda 4,3 mln ga yaqin chet ellik turist va 38 mln ichki turistlar mavjud bo‘lgan. Biroq mamlakatda turizm sohasini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar va ulkan turistik resurslar mavjud.

Yüklə 20,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin