5. Xalqaro savdoning rivojlanish – iqtisodiy o’sishning asosi. Xalqaro savdo turli mamlakatlar o’rtasidagi mamlakatlar o’rtasidagi savdo sifatida qadim zamonlarda paydo bo’lgan. U quldorchilik davrida ham, feodalizmda ham olib borilgan. Ammo, usha davrlarda xalqaro muomalaga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning kam qismi kelib tushardi: asosan dabdabali buyumlar (qimmatbaho matolar, qimmatbaho buyumlar), shirinliklar, mineral xom-ashyolarning ayrim turlari va h.k. Kapitalistik tizimgacha bo’lgan iqtisodiy jamiyat tizimlari natural xo’jalikka asoslangan va shuning uchun mahsulotlarning asosiy qismi alohida xo’jaliklar, jamoa yoki kichik hududlar doirasida ishlab chiqarilgan va iste'mol qilingan.
Xalqaro kredit jahon xo’jaligida yuz berayotgan integratsion iqtisodiy o’zgarishlarning muhim jihatini o’zida ifodalaydi. Bush mablag’larning harakatini va eng istiqbolli hamda rivojlanishga muxtoj tarmoqlar, hududlarga kapitalning oqimini ta'minlagan holda, xalqaro kredit kapitalning milliy xo’jaliklar iqtisodiyoti va umuman, jahon iqtisodiyoti rivojlanishi uchun taqsimlanishiga imkon beradi.
Xalqaro kredit o’zida tovar va valyuta resurslarini yetkazib berish bilan bog’liq xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida ssuda kapitalining harakatini ifodalaydi.
Xalqaro kredit XFV-XV asrlarda xalqaro savdoda vujudga kelgan, ayniqsa, Yevropadan Yaqin va Urta Sharqka, keyin Amerika va Hindistonga dengiz yo’llari o`zlashtirilishidan keyin uning doirasi kengaygan.
Pul-kredit siyosati, valyuta kursini muvofiqlash-tirishni amalga oshirish, sumning joriy operatsiyalar bo’yicha konvertirlanishiga erishish, davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor vazifalari hisoblanadi. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning chuqurlashuvi valyuta zahiralarini to’ldirish va ularni milliy valyutani mustahkamlashga yunaltirish uchun moliyaviy yordam olishga imkon berdi.
Iqtisodiy islohotlar davridagi murakkab masalalar echimida tijorat banklarining ahamiyati muhim. Banklarga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish jahon moliya bozori tarkibiga O’zbekiston integratsiyasi kabi mas'uliyatli vazifa topshirilgan. Banklar eksport-import banki, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan sohalar va investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar funktsiyasini, shuningdek, keng mijozlar doirasiga xizmat ko’rsatuvchi universal tijorat banklari funktsiyasini ham bajaradilar. Funktsiyalarning bunday birikmasi yirik massivli kredit resurslarining yig’ilishiga imkon beradi. Bu esa, iqtisodiyotni intensiv rivojlanish davrida moliya resurslarini jamlash va bank aktivlarining diversifikatsiyasi uchun juda muhimdir.
Banklar aktivlarni mamlakat ichida faol joylashtirish siyosatini amalga oshirmoqda, bu birinchi navbatda yirik investitsiya loyihalarini kreditlash va O’zbekiston tashqi savdo operatsiyalarini ustirishga yo’naltirilgan. Shu bilan birga, kreditlashning konservativ tamoyillari va investitsion loyihalar tanlovi, shuningdek, kreditlarning maqsadli ishlatilishi va ularning qaytarilishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatish tarafdorlari bo’lib hisoblanadi. Bank yuritayotgan siyosat qisqa muddatli xorijiy kreditlarni rad etish va kredit portfeli sifatini oshirishga imkon berdi.
O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari, asosan, O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki doimiy ravishda qo’shimcha foyda olishga imkon beruvchi va mijozlar manfaatiga mos keluvchi yangi moliyaviy instrumentlar qo’llamoqda va bugungi kunda u AQSH, Germaniya, Yaponiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Koreya, Xitoy, Indoneziya, Turkiya banklari kredit liniyalariga xizmat ko’rsatmoqda.
Bankning e'tiborli xalqaro moliya institutlari- Jahon banki guruhi, Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki, Osiyo Taraqqiyot Banki, MFK bilan faol hamkorligi aniq loyihalarda amalga oshiriladi.
Loyihalar o’ziga ketgan xarajatlarni qoplashi, atrof-muhitni himoyalash talablariga javob berishi, import o’rnini bosa olishi, mamlakat eksport potentsiali tez o’sishiga imkon berishi lozim. Bularning puxta tekshiruvi bizga kreditorlar va qarzdorlarga barcha majburiyatlarni suzsiz bajarilishini ta'minlash huquqini beradi. Iqtisodiyotning quyidagi yo’nalishlari bo’yicha loyihalar ustuvor sanalmoqda:
paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning rivoji;