Amaliy mashg‘ulot №10



Yüklə 218,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix24.05.2022
ölçüsü218,87 Kb.
#59230
  1   2


Amaliy mashg‘ulot №10 
10.1. Termik kreking 
Neftni qayta ishlash og‘ir qoldiqlarini termik krekingi quyidagi mahsulotlar 
olish uchun amalga oshiriladi: avtomobil benzini (hozirda ushbu jarayon eskirgan); 
qurum ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo‘lgan yuqori aromatlashtirilgan gazoyl; 
koks ishlab chiqarish uchun kreking qoldiq; kam qovushqoqlikka ega bo‘lgan 
mazut yoqilg‘isi. 
Jarayon 470–530
0
S, 2–7 MPa bosimda olib boriladi. Avtomobil benzinini 
olish uchun xom ashyo sifatida nisbatan yengil neft fraksiyalari (200–350
0
S) 
ishlatiladi. Kam qovushqoqlikka ega bo‘lgan qozon yoqilg‘isi hamda qurum va 
koks olish xom ashyosi sifatida neft qoldiqlari bo‘lmish yarim gudron va gudronlar 
xizmat qiladi.
Termik krekingning asosiy maxsulotlari quyidagilar: uglevodorod gazi
kreking–benzin, kerosin–gazoyl fraksiyasi, termogazoyl va kreking–qoldiq. 
10.2. Piroliz 
Uglevodorod xom ashyosining pirolizi jarayoni asosan quyi alkenlarni olishga 
bag‘ishlangan bo‘lib, jarayon 700-1000
0
S haroratda va atmosfera bosimiga yaqin 
bosimda olib boriladi.
Etilen olish uchun optimal xom ashyo etandir. Etilenning miqdori ushbu 
jarayonda 80% (mass.) ga yetadi. Etilenning ko‘p miqdori propan pirolizida 47% 
(mass.) va butan pirolizida 45% (mass.) olinadi. Tarmoqlangan alkanlarning 
pirolizida ko‘proq propilen hosil bo‘ladi. Yuqori haroratda alken va 
metilatsetilenlar ham hosil bo‘ladi. Quyi alkenlarning miqdori sikloalkan va 
arenlarning pirolizida yuqori emas. 
Etilen ishlab chiqarish sanoat sharoitlarida asosan individual birikmalar emas, 
balki neft fraksiyalari ishlatiladi. Etilen bilan birgalikda С
3
–С
4
alkenlar, ko‘p 
miqdorda suyuq mahsulotlar ham hosil bo‘lib, tarkibida alkenlar, sikloalkenlar, С
5
va undan yuqori alkadiyenlar hamda С
6
–С
8
arenlar va boshqa komponentlar hosil 
bo‘ladi.
Benzinlar pirolizida hosil bo‘ladigan mahsulotlar keng oraliqda o‘zgarib 
turishi 29-jadvalda ko‘rsatilgan (% mass.). 


To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan benzin resurslari yetishmaganligi bois va 
narxlarning uzluksiz o‘sishi oqibatida piroliz xom ashyosi sifatida ko‘pchilik 
davlatlarda kerosin–gazoyl fraksiyasi (170-380
0
S) qo‘llanilmoqda. 
29-jadval 
Benzin pirolizida hosil bo‘ladigan mahsulotlar 

Yüklə 218,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə