Academic research in modern science international scientific-online conference 158 aholi daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati


ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE



Yüklə 444,97 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.06.2023
ölçüsü444,97 Kb.
#133682
1   2   3   4
ARIMS01158-161

ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
160 
rivojlanishi darajasi ham daromadlardagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.O’z-
o’zidan aniqki,iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi.Bunda 
butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda o’sib boradi.Daromadlarning mutlaq 
miqdori ko’payib borsada,har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta’sir 
ko’rsatmasligi mumkin.Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash 
uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi.Yalpi daromadning 
aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari 
tengsizligi indeksi(Jinni koeffisienti) ko’rsatkichi qo’llaniladi.Bozor iqtisodiyoti 
sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham 
mavjud bo’ladi.Bularning asosiylari quyidagilar: 
-kishilarning umumiy (jismoniy,aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar; 
-ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; 
-ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi 
hukmronlik darajasidan kelib chiqib) darajasidagi farqlar.Bunday sharoitda 
davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tengsizligidagi 
farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot 
sharoitini ta’minlashga qaratiladi.Daromadlar tengsizligi kamayishining 
taxminan 80 foizini asosan transfert to’lovlari taqozo qiladi.Aniqroq aytganda 
davlat transfert to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining 
asosiy qismi (70-75 foiz) ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng 
muhim vositasi hisoblanadi. 
Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor 
narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan 
foydalaniladi.Ijtimoiy to’lovlar-kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam 
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib,bu ularning iqtisodiy faoliyatida 
qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi 
munosabatlarni insonarvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish 
hisoblanadi.Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim 
yo’nalishi aholi kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.Bozor 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga muhtoj 
qismini aniqlashda turli xilmezonlar asos qilib olinadi.Ular jumlasiga daromad 
darajasi,shaxsiy mol-mulki miqdori,oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. 
Ijtimoiy siyosat-bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni 
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni 
bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.Respublikada bozor munosabatlariga 
o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya 



Yüklə 444,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin