7. Mavzu: Rudani qazib olish usullari



Yüklə 3,23 Kb.
tarix20.09.2023
ölçüsü3,23 Kb.
#145754
7. Mavzu Rudani qazib olish usullari-fayllar.org


7. Mavzu: Rudani qazib olish usullari

7. Mavzu: Rudani qazib olish usullari
Foydali qazilma konlaridan rudani qazib olishning ikki usuli mavjuddir: yalpi qazib olish va ajratib qazib olish.

Blok chegarasida foydali qazilma konidan rudalarini bir necha turini yoki navlarini alohida ajratmasdan birgalikda qazib olishni yalpi (yoppasiga) qazib olish usuli deyiladi. Yalpi qazib olishga kon-texnik sharoit bо‘yicha puch tog‘ jinslarini birgalikda qazib olish ham kiradi.


Blok chegarasida foydali qazilma konidan rudalarni turli navlarga, shuningdek puch tog‘ jinslarini alohida qazib olish va ularni ajratgan holda yer yuzasiga chiqarishni rudalarni navlarga ajratib qazib olish usuli deyiladi.
Ajratib qazib olish usuliga nisbatan rudalarni yalpi qazib olish usuli kо‘p afzalliklarga ega. Rudalarni yalpi qazib olish usulini amalga oshirish ancha sodda va xar qanday kon-geologik sharoitda ham bajarish imkoni bor. Yalpi qazib olish usulining asosiy afzalliklari quyidagilar: kon ishlab chiqarish ishlarining ancha soddaligi, samarali qazib olish tizimlarini qо‘llash va qazib olingan ruda tannarxining arzonlashtirilishi; yer osti kon ishlarining jadallashtirilishi, konning ishlab chiqarish quvvatini oshirish imkoniyati va kuchli mexanizatsiya vositalarining qо‘llanilishi; agarda ruda bilan qazib olinayotgan tog‘ jinslari tarkibida foydali komponent bо‘lgan holda yer ka’risidan qazib olinayotgan foydali komponent umumiy miqdorining ortishi.
Yalpi qazib olish usullarining bir nechta kamchiliklar ham mavjud ularing asosiylari: qazib olingan ruda tarkibida foydali komponent miqdori kamroq natijada rudani tashish va qayta ishlashga sarflangan xarajatlarlarning о‘sishi, rudani qayta ishlashda foydali komponentni rudadan ajratish koyeffitsiyenti pasayishi, agarda rudani qayta ishlash korxonalarining (boyitish fabrikasi, metallurg zavodi) ishlab chiqarish quvvati cheklangan bо‘lsa, rudani yalpi va ajratib qazib olish usullarini birgalikda olib borishga tо‘g‘ri keladi natijada ruda qazib olish miqdorining (maxsulot chiqishi) kо‘rsatkichi pasayadi.
Rudalarni ajratib qazib olish usuli bir nechta muhim afzalliklarga ega bо‘lib ular quyidagilar: korxona qurilishiga kamroq mablag‘ talab qilinishi (korxonaning oxirgi maxsulot chiqarish quvvati о‘zgarmasligi hisobiga); korxona qurilish muddatining qisqarishi natijada loyihaviy quvvatiga tez muddatda tо‘liq erishilishi; rudaning sifati yuqori bо‘lganligi sababli rudani tashish va qayta ishlashga sarflanadigan harajatlari kamayadi natijada bir tonna tayyor mahsulot tannarxining pasayishi; ayrim holatlarda rudani tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri metallurg zavodiga yuborish imkoni bо‘lishi.
Shu bilan bir qatorda rudani ajratib qazib olish usulilining muhim kamchiliklar mavjud. Misol uchun ajratib qazib olish usulida ishlab chiqarish quvvati past bо‘lgan qazib olish tizimlarini qо‘llashga tо‘g‘ri keladi. Bu esa qazib olingan rudaning tannarxini orttiradi.
http://fayllar.org
Yüklə 3,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin