6. jamiyat taraqqiyotida rahbar ma’naviyatining o‘rni reja



Yüklə 38,95 Kb.
səhifə1/3
tarix18.01.2023
ölçüsü38,95 Kb.
#79531
  1   2   3
6. JAMIYAT TARAQQIYOTIDA RAHBAR MA’NAVIYATINING O‘RNI


6. JAMIYAT TARAQQIYOTIDA RAHBAR MA’NAVIYATINING O‘RNI
R e j a :

  1. Rahbar yoki rahbarlikka da’vogar shaxs xulq-atvori. Rahbar mas’uliyati. Rahbar dunyoqarashi.

  2. Rahbarning jamoa a’zolariga munnosabati. Siyosiy mas’uliyatsizlik - siyosiy kaltabinlik, safsatabozlik, nayrangbozlik, qalloblik kabi salbiy illatlarning paydo bo‘lishi sababi.

  3. Bugungi kunda rahbar oldiga qo’yilgan ma’naviy talablar. Adolatli bo’lish, Vataniga fidoyilik, tashabbuskorlik, qat’iyat va talabchanlik. Halollik, nafs balosidan xazar qilish.

  4. Mustaqillik va faollik, tashabbuskorlik. Insonlarga samimiy munosabatda bo‘lish.



Tayanch tushunchalar: xulq-atvor, rahbar mas’uliyati, siyosiy mas’uliyatsizlik, siyosiy kaltabinlik, safsatabozlik, nayrangbozlik, qalloblik, ma’naviy talablar, samimiy munosabat.


Siyosiy madaniyati yuksak rahbar millat, davlat, xalq manfaati nuqtayi nazaridan ish tutadi, umumiy manfaatni o‘z shaxsiy ehtiyoj va manfaatlaridan ustun qo‘yadi. Rahbar va rahbarlikka da’vogar shaxs alohida xulq-atvorga, ma’naviyat va madaniyatga ega bo‘lishi, uni doimiy ravishda takomillashtirib borishi lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular jahon tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga zimmasidagi vazifalarga yuksak mas’uliyat bilan yondashish, o‘ziga nisbatan talabchanlik orqali erishadi. Masalan, u har kuni gazeta-jurnallar o‘qishi, radio va oynai jahon yangiliklaridan xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim olishi mumkin. Siyosat, iqtisod va ma’naviyatga daxldor kitoblar, mumtoz adabiyot, tarixiy jarayonlarni chuqur mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi. Agar aql-zakovati, tafakkuri, ma’naviy kamoloti, madaniyati bilan rahbar mustaqil fikrlashdan, mushohada qilishdan, kundalik voqea-hodisalarni teran tahlil etib borishdan uzoqlashsa, rahbarlik talab etgan ma’naviyatdan uzoqlashib boradi. Rahbar o‘zining ma’naviy faoliyatini fikrlash orqali shakllantirib boradi. Aql esa mushohadadan quvvat oladi. Amerikalik mashhur olim va ixtirochi Tomas Edisson «Taraqqiyotning buyuk vazifasi odamni fikrlashga o‘rgatishdir», degan edi. Vujud yalqovligi fikrlash yalqovligidan boshlanadi, fikrlash to‘xtagan joyda rahbarning ma’naviyati ham, madaniyati ham zaiflashib boradi. Rahbar ma’naviyat va madaniyatning kuch-qudratidan ezgu maqsadlar yo‘lida samarali foydalanishi, boshqaruv tizimidagi ijtimoiy munosabatlarni insonparvarlik g‘oyalari asosida rivojlantirib borishi darkor. Rahbarning tanqidi odamlarga katta va asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi vositadir. Shuning uchun ham uni kerakli vaziyatda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan ishlatishi kerak. Zero, rahbarlik uslubi boshqarish madaniyatining ma’lum elementlariga ega bo‘lishni taqozo etadi. Boshqarish madaniyatining ko‘rinishlari tegishli me’yorlar bilan belgilanadigan madaniyat qoidalarini o‘z ichiga oladi. Rahbarlar bilan oddiy odamlar o‘rtasidagi munosabatlar madaniyatlilik qoidalariga asoslanmog‘i kerak. Bu qoidalar ijtimoiy burchni yuksak darajada anglash, kishilar o‘rtasida insonparvarlik munosabatlari, o‘zaro hurmat, hamjihatlik va birodarlik kabilardan iborat. Rahbarlik madaniyatini takomillashtirish uning barcha elementlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy madaniyatining takomillashuviga katta yordam beradi. Chunki cheklangan tafakkur, chala bilim, past madaniyat bilan dunyoda ro‘y berayottan murakkab jarayonlarni teran anglamay turib, mas’uliyatli vazifa va mansabni egallab bo‘lmaydi. Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimizning talabi shuki, siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan, teran tafakkurli kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidir.
Rahbar mas’uliyati – rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo‘lib, uning ma’lum sohaga javobgarligini ifoda etadi. U alohida shaxs, xodim mas’uliyatidan farq qilib, ko‘lami kengligi bilan ajralib turadi. Shu bois, rahbar mas’uliyati hamisha muhim sanalgan.
Mas’uliyat, avvalo, har bir kishining vijdoni, iymoni, qolaversa, jamoa, jamiyat, vatan, millat oldidagi burchini teran anglashdir. Umuman, mas’uliyat rahbarning zimmasidagi vazifasiga nisbatan javobgarlik tuyg‘usidir. Mas’uliyatli rahbar, eng avvalo, o‘ziga, o‘zgalarga nisbatan talabchan bo‘ladi. Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar mas’uliyat hissining sustligidan kelib chiqadi.
Mas’uliyatsizlikning eng salbiy ko‘rinishi siyosiy mas’uliyatsizlikdir. Siyosiy mas’uliyatsizlik - siyosiy kaltabinlik, safsatabozlik, nayrangbozlik, qalloblik kabi salbiy illatlarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Binobarin, rahbarlik lavozimidagi kishidan yuksak ong va tafakkur, hushyor idrok talab etiladi. Tarixiy tafakkur va siyosiy ongning qay darajada shakllanishi esa, avvalo, jamiyat taraqqiyoti, undagi ichki va tashqi shart-sharoitlarga bog‘liq holda kechadi. Bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga qo‘yilayotgan, qolaversa, hayot taqozo etayotgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat.

  • Rahbar ko‘ngli ochiq, qalbi toza, aql-zakovat sohibi, ma’naviy shakllangan bo‘lishi kerak.

  • Rahbar o‘zini tarbiya qilgan, ishonch bildirib, yuksak martabaga munosib ko‘rgan el-yurtiga halol xizmat qilishi, zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his etib yashamog‘i lozim.

  • Rahbar aqlli, tajribali, o‘z ishining bilimdoni bo‘lgan mutaxassislarga tayanmog‘i, ularning fikriga quloq solmog‘i, shunga asoslanib, xulosa chiqarmog‘i kerak. Uning quyi pog‘onadagi rahbar kadrlarni to‘g‘ri tanlash va tarbiyalashi juda muhim.

  • Rahbarning barcha ishlari xalq hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmog‘i shart. Kimlargadir yaxshi ko‘rinish, maqtanish uchun qilingan ish rahbarning kelgusidagi faoliyatida salbiy iz qoldirishi mumkin.

  • Rahbarda xalqi va Vataniga fidoyilik, tashabbuskorlik, qat’iyat va talabchanlik bo‘lmog‘i shart. Talabchanlikni zo‘ravonlikka, qat’iyatni manmanlikka aylantirish o‘ta kaltabinlikdir. Manmanlik, zo‘ravonlik, o‘zgalar fikriga quloq solmaslik rahbar kadrlarni yaxshi mutaxassislar, mehnatkash, sodda va samimiy odamlardan uzoqlashtirib qo‘yadi. Rahbarning qo‘l ostidagi xodim va mutaxassislarni ko‘pchilik oldida shaxsiga tegib, haqoratlashi uning ojizligi, o‘z vazifasiga noloyiqligi alomatidir.

  • Rahbar hech qachon mayda gaplar, fisqu fasod, maishatbozlikka berilmasligi kerak.

  • Katta rahbarlarning kichik rahbarlarni mahalliychilik, oshnaog‘ aynichilik, shaxsiy sadoqatiga qarab tanlashi ham to‘g‘ri emas. Ayniqsa, yangi rahbar o‘zidan oldin faoliyat ko‘rsatgan rahbar davrida ishlagan yaxshi mutaxassislarni ishdan bo‘shatishi, ularni o‘ziga raqib bilishi achinarli hol bo‘lib, bu umumdavlat manfaatiga jiddiy zarar yetkazadi.

  • Rahbar maqtovdan boshi aylanib, «dohiy»lik kasaliga chalinib qolmasligi kerak. Bunday rahbarlar atrofida faqat o‘z manfaatini o‘ylovchi «maslahatgo‘ylar», amalparast, laganbardor, poraxo‘r, oddiy odamlarga zug‘um o‘tkazuvchi kimsalar to‘planib qoladi. Buning oqibatida esa xalq va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetadi.

  • Rahbar nafs balosiga qarshi turmog‘i, o‘zidan kichik rahbarlarni ham bu balodan asramog‘i kerak.

  • Rahbar adolatsizlikka aslo yo‘l qo‘ymasligi lozim.

  • Rahbar o‘z shaxsiy hayoti, turmush kechirishida ham boshqalarga o‘rnak bo‘lmog‘i kerak.

  • Rahbarning barcha ishlari ochiq va oshkora bo‘lishi lozim. Vaqti-vaqti bilan xalq oldida hisobot berib turishi ularga obro‘ keltiradi.

  • Rahbar o‘z g‘oyasi, fikri, harakat dasturiga ega bo‘lishi bilan birga, barchani yurt taraqqiyoti, xalq tinch-totuvligi, farovonligi yo‘lida yagona g‘oya atrofida jipslashtirishi shart. Rahbarlik aqlfarosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay ishlashni, tadbirkorlikni talab qiladi.

«Rahbar» tushunchasining quyidagi jihatlari ahamiyatlidir:
1) rahbar ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini boshqaruvchi sifatida omilkorlik bilan ish yurituvchi shaxs;
2) rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati maqsadlarini belgilaydi;
3) rahbar o‘z sohasiga yangi g‘oya, yangi tashabbus, yangi texnologiyalarni joriy etuvchi tadbirkor shaxs hisoblanadi;
4) rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar keltirishi, bunda jamoa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni oldindan ko‘ra olishi va bunga tayyor turishi, zarur bo‘lganda faoliyatini qayta boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim. Ushbu jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum jihatlarini namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni rahbarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishining shaxsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iborat. Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l-atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yurita olmaydi.
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonuniy taqiqlanmagan hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi lozim. Shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda ijtimoiy faollik shakllanmaydi. Kattami, kichikmi, qanday mansabda bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir rahbar oldida «o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, qanday fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?» degan savol hamisha ko‘ndalang turadi.
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning roli katta. Ammo eng avvalo, boshqaruv - san’at, aniqroq aytganda, ijoddir. Rahbarlikka ham san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ko‘rinadiki, har kimdan san’atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi. Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada to‘plagan bilimlari, tajribalarini boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining
rahbarlik usulini yaratadi. U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga ham bevosita bog‘liq. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish imkonini beradi. Bu hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. Agar rahbarda mazkur xislatlar shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-asrorlarini mukammal egallab oladi, o‘z jamoasi o‘rtasida obro‘ va ishonch qozonadi. Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon va uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin. Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. Malakali rahbar kadrlar tizimini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun ijtimoiy psixologiya, rahbar psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi kabi fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi kerak. Rahbarlik lavozimini egallaydigan har bir rahbar ma’naviy barkamol bo‘lmog‘i, o‘z yurti va millati bilan g‘ururlanmog‘i, yuksak axloqiylik, ma’naviy yetuklik bilan uyg‘unlashmog‘i darkor. Ana shunday rahbar jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini, burchini teran his qiladi, ijtimoiy hayotda inson manfaatlarining ustuvorligini hayotiy ehtiyoj sifatida qabul qiladi1.

Yüklə 38,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin