58– umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə4/8
tarix02.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#41963
1   2   3   4   5   6   7   8
58– umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv ishlar bo’yicha direktor o

Umumiy qoidalar .




    1. O’quv ishlari bo’yicha maktab direktori o’rinbosari 40 soatlik ish haftasidan kelib chiqib tuzilgan va direktor tomonidan tasdiqlangan jadval asosida me’yorlashtirilgan tartibda ish yuritadi .

    2. O’quv ishlari bo’yicha maktab direktori o’rinbosari quyidagi vazifalarni ;

  • Pedagogik jamoaning faoliyati joriy va istiqbol rejalashtirishini tashkil etish ;

  • O’qituvchilarning dars taqsimoti , o’quv reja asosida yillik dars jadvalini tuzish ;

  • O’quv reja dasturining bajarilishi bo’yicha o’qituvchilar va boshqa pedagog xodimlar ishini muvofiqlashtirish ;

  • Maktab direktorining o’quv tarbiyaviy jarayonini tashkil etish masalalari bo’yicha buyruqlarga viza qo’yish ;

  • Ilg’or tajribalarni o’rganish , ommalashtirish va o’quv jarayoniga tatbiq etish ishlarini boshqarish ;

  • Pedagogika ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun nomzodlarni saralash bo’yicha ishlarni tashkil etish;

  • Zarur o’quv – metodik ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish ;

  • Ta’lim jarayonining sifati va to’garaklar , fakulьtativ mashg’ulotlar bo’yicha o’quvchilar B K M natijalarini baholashning haqqoniyligi ustida tizimli nazoratni amalga oshirish ;

  • Maktab pedagogik xodimlari o’tkazayotgan darslar va boshqa turdagi mashg’ulotlar ( haftada kamida 4 ta dars ) ga kirib , ularning shakli va mazmuni bo’yicha tahlil qilish , tahlil natijalarini pedagoglarga yetkazish ;

  • Imtihonlarga tayyorgarlik va o’tkazish bo’yicha ishlar tashkil qilish ;

  • Ota – onalar majlisini rejalashtirish va o’tkazish bo’yicha nazorat qilish , o’quv jarayonini tashkil etish masalalari bo’yicha ota- onalar

( ularning o’rnini bosuvchi shahslar) ni qabul qilish ;

  • Innovattsion dastur va tehnologiyalarni o’zlashtirish va ishlab chiqarishda pedagogik xodimlarga yordam berish ;

  • O’quv mashg’ulotlari va boshqa turdagi ta’lim faoliyatining jadvalini tuzish , vaqtincha kelmagan o’qituvchilarning o’rniga o’z vaqtida o’rindoshlikni ta’minlash , qoldirilgan va almashtirilgan darslarni hisobga olish jurnalini yuritish ;

  • Sinf jurnallarini va boshqa hisobot hujjatlarini pedagoglar tomonidan o’z vaqtida va to’g’ri to’ldirilishini nazorat qilish ;

  • Maktabda komplektlashda qatnashish va o’quvchilar sonini qoplashda choralar ko’rish ;

  • O’quvchilarning o’quvchi qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilish ;

  • Pedagog kadrlarni tanlashda va joy – joyiga qo’yishda qatnashish ;

  • O’qituvchilarning malkasini va kasbiy mahoratini oshirishni tashkil qilish , metod birlashmalar ishiga rahbarlik kilish ;

  • Maktab pedagogik kengashida qatnashish va o’quv jarayonini takomillashtirish bo’yicha takliflar kiritish ;

  • O’qituvchilar va maktabning boshqa hodimlarini attestatsiyaga tayyorlash va o’tkazishda ishtirok etish ;

  • O’qituvchilar va yordamchi xodimlar tarkibining ish vaqtini xisobgaolish , tabelini yuritish ;

  • O’quv kabinetlari , ustaxonalar va sport zalini pasportlashtirishni tashkil qilish va ularni zamonaviy jihozlar , uskunalar , ko’rgazmali qurollar va tehnik vositalar bilan ta’minlash , ularning mazmuni hamda hisobini nazorat qilish ;

  • Kutubxonani o’quv metodik , badiiy adabiyot , jurnal va gazetalar bilan to’ldirib borilishini tashkil qilish ;

  • O’quv jarayonida mehnat muhofaza qoidalari va me’yorlarining bajarilishini ta’minlash bo’yicha ishlarni tashkil etish ;

  • O’quvchilar orasida o’z vaqtida mehnat havfsizligi bo’yicha yo’riqnoma bilan tanishtirilganligi va jurnalga aks ettirilganligini nazorat qilish ;

  • Maktabda tajriba – sinov , metodik va innovattsion ishlarga rahbarlik qilish ;

  • O’z malakasini oshirib borish ;

  • Malaka oshirish bo’yicha istiqbol rejasini tuzish va uning ijrosini ta’minlab borish;





  1. Yüklə 0,6 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə