5-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasasida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish. Reja



Yüklə 27,43 Kb.
səhifə1/6
tarix02.01.2022
ölçüsü27,43 Kb.
#37687
  1   2   3   4   5   6
9XIZ8KBNU mrNKKRJ9ZudU-7b387xB1S
Dehqon fermer xujaligi iqtisodiyoti, Toshkent 2008 tengsizliklar-ii. Isbotlashning zamonaviy usullari, 5-sinf-tarix, dilkusho, dilkusho, dilkusho, dilkusho, dilkusho, dilkusho, dilkusho, Norboyeva Zarnigor, cta user cooood, cta user cooood, komp ling

5-MAVZU. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL QILISH.
Reja :


  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilish shakllari.

  2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilishda tarbiyachining o’rni.

  3. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodiy faollikni shakllantirish


Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Tayanch so`z va iboralar: sahnalashtirish, ertak asosida , personajlar , tasviriy faoliyat, teatr turlari, maktabgacha ta’lim va oila xamkorligi ,turli yosh guruhlarda sahnalashtirish faoliyatini tashkillashtirish.
Sahnalashtirilgan o‘yinlar bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirib borilishi maqsadga muvofiq. Masalan, o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlansa, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.

Ertak va hikoyalarni bolalar ko‘pincha o‘zlarining ijodiy rolli o‘yinlarida sahnalashtiradilar, bu o‘yinlarda tulki, sichqon, xo‘roz, quyon kabi personajlarni o‘yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she’r, ertak qahramonlarining o‘ziga xos xususiyatlari mana shunday o‘rganiladi.

Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo‘lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo‘lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg’om», «Bo‘g’irsoq» kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she’rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o‘rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg’ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.

Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko‘proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo‘lg’usi sahnalashtiriladigan o‘yinlar jonlantiriladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalarining turli yosh guruhlarida sahnalashtirish faoliyatini tashkillashtirishda ,ertaklarni sahnalashtirishda turli yosh guruhlarda o’ziga xos jixatlarini o’rganib o’tdik.

Muassasa tarbiyalanuvchilarining ongiga milliy urf-odatlarimizni, an’analarimizni singdirishda‚ ularga shu aziz Vatan barchamizniki ekanligini uqtirish, har tomonlama ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda‚ tevarak-atrofda bo`layotgan voqea hodisalarni, o`zini odobidagi ahloqiy kamchiliklarini tuzatib , tabiatni asrab avaylashda faol ishtirokchisi bo’libgina qolmasdan , o’ziga xos ishtirokchi targ’ibotchi bo’lishlari , yani masalan oila doirasida atrof – muhitga to’g’ri munosabatda bo’lishlari ,gullarni toptamasliklari , daraxt shoxlarini sindirmasliklari ,kichik do’stlarimiz xisoblanadigan jonivor – jonzotlarga mehr – muruvatli bo’lishlari , ularga mehr uyg`otishda qo`g`irchoq teatrlarini sahnalashtirish ahamiyati kattadir.

Chunki sahnalashtirishda tomoshalarni faqat ko`rib, tinglabgina qolmay balki unda mustaqil ishtirok etadi. Bolalar ertaklarni sahnalashtirishini ko`rganlaridan so`ng, qahramonlarning harakati, axloqi, odobini birgalikda muhokama qilish, bola qalbida ezgulikka‚ xayrli ishlar qilishga, odamlarga yaxshilik qilishga intilish to`yg`usini tarbiyalaydi.

2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida sahnalashtirish faoliyatini tashkil qilishda tarbiyachining o’rni. Bu yerda, avvalo, texnologiya va texnologik xarita terminlariga izoh beraylik


Yüklə 27,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə