42-Mavzu Amaliy mashg‘ulot №42 mavzu: Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar



Yüklə 19,78 Kb.
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü19,78 Kb.
#182686
  1   2   3
Mavzu Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi-fayllar.org (1)


Mavzu: Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar

42-Mavzu

Amaliy mashg‘ulot №42




MAVZU: Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi, tarkibiy qismlari. Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bayonnoma namunalarini tuzish. Bayonnomadan ko‘chirmani rasmiylashtirish bo‘yicha mashqlar



Reja:


1.Majlis bayoni va majlis bayonidan ko‘chirmaning tuzilishi haqida ma’lumot
2.Kasbiy faoliyat bilan bog‘liq bayonnoma hujjatlari haqida ma’lumot
3.Bayonnoma turlari haqida ma’lumot
BAYONNOMA

Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma'lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay'at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatlarida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnomani yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organlarning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi.


Bayonnomada o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas'uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra, qisqa, to‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo‘lishi mumkin. Qisq a bayonnomada faqatgina kun tartibi, ma'ruzachi va muzokarada qatnashuvchilar familiyasi va qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma'ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayonnomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to‘liq tasawur bera olmaydi. Shu nuqtayi nazardan yig‘ilishda so‘zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab oigan to‘li q majlis bayonnomasi afzaldir. Maj lis bayonnomasining to‘ liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Yig‘ilish stenografiya usulida (stenografik ) yoki diktofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik)bo‘l - sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa).
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn: a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni; b) kun tartibi; d) eshitildi; e) so‘zga chiqdilar; f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan to‘laqonliligini ta'minlash kerak. Buning uchun bayonnomada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo‘lishi uchun ishtirokchilarning nizom bo‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
Ma'muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog‘ozida, qolgan betlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi.
Yig‘ilish o‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisoblanadi. Muntazam ish ko‘ruvchi organlar bayonnomasining tartib raqami kalendar yili bo‘yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashuvchilar ro‘yxati berilganda, doimiy a'zolar va taklif etilganlar familiyasi alohida-alohida alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlar soni 15 kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa ish joyini ko‘rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko‘rsatiladi va qatnashuvchilar ro‘yxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda ifodalash va bosh (katta) harflar bilan yozish kerak.
Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda ma'ruzachining ismi, familiyasi, lavozimini alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Ba'zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlavhasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan bo‘lishi lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo Tim uch qismdan iborat bo‘ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan bo‘lsa, «ESHITILDI» so‘zidan oldin kun tartibidagi ma- salalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin esa ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan ma'ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng tire qo‘yilib, ma'ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma'ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tiredan keyin «Matn ilova qilinadi» deb yozib qo‘yiladi.
«SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘zlovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan: SO‘ZGA CHIQDILAR: A.I. Rahimov (maktab direktori) - ...
Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. Ma'ruzachiga savollar va ularga beriladigan javoblar «So‘zga chiqdilar» bo‘limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi («savol» va «javob» so‘zlari o‘rnida so‘rovchining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi; javob beruvchining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi esa faqat savolga ma'ruzachining o‘zi javob bermagan hollardagina ko‘rsatiladi).
Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITILDI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar nutqining qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi (223-betdagi 1-ilovaga qarang).



Yüklə 19,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin