4-Mavzu: Faoliyat va Motivatsiya Shaxsning individual tipologik xususiyatlari Reja



Yüklə 306,04 Kb.
səhifə1/43
tarix24.12.2023
ölçüsü306,04 Kb.
#192853
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
4-Mavzu Faoliyat va-fayllar.org


4-Mavzu: Faoliyat va

4-Mavzu: Faoliyat va Motivatsiya Shaxsning individual tipologik xususiyatlari
Reja:
  1. Faoliyat haqida tushuncha.


  2. Motiv va motivatsiya. Motivlarning turlari.


  3. Temperament haqida tushuncha, temperament tiplari, temperament haqidagi nazariyalar.


  4. Xarakter haqida tushuncha,


  5. Qobiliyatlar haqida tushuncha,




Tayanch so`z va iboralar: Faoliyat, faollik,harakat, xatti-harakat, sa`i-harakat, maqsad, intilish, interoreorizatsiya, eksteroriorezatsiya, faoliyat turi: o`yin, o`qish, mehnat, motiv, ko`nikma, malaka, odat,motivatsiya, motiv turi: ichki, tashqi, motivatsiya nazariyasi: bixeveorizm, neobixeveorizm. Faoliyat haqida tushunch Odam tabiati jihatidan faol mavjudotdir. U ma’lum faoliyatda bo’lmasdan yashay olmaydi. Inson faoliyatining turi juda ko’p bo’lib, ulardan eng muhimi ijtimoiy qiymatga ega bo’lgan ishlab chiqarish mehnatdir. Odam har doim jamoada bo’lib mehnat qiladi va mehnat natijalarini ham jamoa turmush tarzini o’zlashtiradi. Har bir tirik organizmning faolligi uning ehtiyojlarini qondirilishiga qaratilgan bo’ladi. Anglab bo’lmaydigan va anglab bo’ladigan tabiiy yoki, madaniy, yoki ma’naviy, shaxsiy yoki ijtimoiy-shaxsiy ehtiyojlar odamda har turli faollik tug’diradi. Ma’lumki, inson faoliyati jarayonida ma’lum bir mahsulotni yaratadi va undan ishlab chiqarish jarayonida foydalanadi. Aynan faoliyatda erishilayotgan muvaffaqiyatini ta’minlovchi bir qator omillar mavjud. Shular jumlasiga ob’ektiv va sub’ektiv omillarni kiritish mumkin va u quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Agar hayvonlarni xatti-harakatlari bevosita tevarak–atrofdagi muhit bilan belgilansa, odamning faolligi esa ilk yoshlik davridan boshlaboq, butun insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Shu bois “faoliyat”, “faollik”, “xatti-harakat” tushunchalarining mazmun mohiyatini anglab olish lozim. Shunga ko’ra adabiyotlarda mazkur tushunchalarga berilgan ta’riflarga asosiy e’tiborni qaratish lozim.

A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan “Umumiy psixologiya” darsligida: “Faoliyat – kishining anglangan maqsad bilan boshqarilib turiladigan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir” –deb ta’riflanadi.


M.G.Davletshin muallifligida chop etilgan “Psixologiya” qisqacha izohli lug’atida: “Faollik – tirik materiyaning umumiy xususiyati, tevarak atrofdagi muhit bilan o’zaro ta’sirida namoyon bo’ladi. Psixik faollik bu o’zaro ta’sir shu asosda faollik ko’rsatish bilan tavsiflanadi”-deya ta’riflangan.
Faoliyat – insoniyatga xos ong bilan boshqariladigan ehtiyojlar tufayli, paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z–o’zini bilishga, uni qayta qurishga yo’naltirilgan faolligidir.
Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi. Harakat ongli faoliyatlarning tarkibiy qismlari va motivlaridan biridir.
Q.Turg’unovning “Psixologiya” terminlarining qisqacha ruscha-o’zbekcha izohli lug’atida: Faollik – shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun voqelikni o’zlashtirishga qaratilgan muhim qobiliyatidir. Faollik ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lib, kishining faoliyati mehnat, o’qish, o’yin, ijtimoiy hayot, sport, ijod kabilarda yaqqol namoyon bo’ladi”- deb ko’rsatiladi.
Faoliyat-inson hayotining uning voqelikka nisbatan faol munosabatining ro’yobga chiqish shakli. Harakat – maqsadga muvofiq yo’naltirilib, ongli ravishda amalga oshiriladigan harakatlar yig’indisi ongli faoliyat tarkibiy qismlari va motivlaridan iborat.
V.M.Karimovaning “Psixologiya” o’quv qo’llanmasida quyidagicha ta’riflar uchraydi:

Yüklə 306,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin