4-Ma’ruza
Mavzu: Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiyasi va siyosati:
Reja:
1.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi, strategiya
2.
Kiberxavfsizlik siyosati va uni amalga oshirish
3.
Axborot xavfsizligi siyosati
4.
Xavfsizlik siyosatining zaruriyati
5.
Xavfsizlik siyosatining afzalliklari
6.
Xavfsizlik siyosatining iyerarxiyasi
7.
Xavfsizlik siyosati xususiyatlari
8.
Axborot xavfsizligi siyosatining turlari
Tayanch iboralar: arxitekturasi, strategiya, axborot siyosati, kibersiyosat, togaf,
zachman framework, feaf, dodaf, risk, strategiya
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘ndalangki, beqaror
iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday masalalarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
•
daromadning oshishi;
•
o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
•
harajat va chiqimlarning pasayishi;
•
innovatsiyaning tezlashishi;
•
bozorga mahsulot va xizmatlarni taqdim etish vaqtining qisqarishi;
•
buyurtmachilar va sheriklar xolisligining oshishi;
•
raqobatlik qobiliyatining oshishi;
•
me’yoriy talablarga moslikni ta’minlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan
foydalaniladi (4.1-rasm). Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va
texnologiyalar majmuini shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy
holatini hisobga oigan holda uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi
asosini belgilaydi.
4.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalar bilan bog‘liqligi
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud,
masalan TOGAF, Zachman Framework, FEAF, DoDAF va h.k
Ammo, qaysi bir yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va
axborot tizimidan foydalanmay rivojlanish mumkin emas. Axborot va axborot
tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni madadlaydi, balki ularni
oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi xollarda esa yangi tijorat-
imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq tijorat doimo istalgancha
rivojlanmaydi. Bunda ma’lumotlarning sirqib chiqishi, axborot texnologiyalari
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot
operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor bo‘lish
uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot
xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Dostları ilə paylaş: |