4-amaliy. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi bilan ishlash Ishning maqsadi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə2/3
tarix16.12.2022
ölçüsü79,5 Kb.
#75594
1   2   3
4-amaliy. Internet texnologiyasi va uning xizmatlari, distansion (masofaviy) ta’lim texnologiyasi bilan ishlash

Avia reyslar jadvali. Avia reyslari bo‘yicha ma’lumotlar jadvalini aniqlash, ulardan foydalanish uchun http://uzairways.com - O‘zbekiston xavo yo‘llari aviya kompaniya web sahifasiga murojat qilinadi. Saytda xalqaro va O‘zbekiston miqyosidagi aviya qatnov jadvallari keltirilgan.
Tele va radio eshittirish dasturlari. O‘zbekiston milliy teleradio kompaniyasi ma’lumotlari va teledasturlar jadvalini hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarni quyidagi web sahifalardan olishingiz mumkin. www.mtrk.uz;
Ish o‘rinlar birjalari. Respublika doirasida bo‘sh ish o‘rinlarini topish, aniqlash va muloqat o‘rnatish quyidagi web sahifalar orqali amalga oshirilishi mumkin. www.myjob.uz, www.vakansi.uz bu saytlardan siz ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni va Siz, o‘zingiz haqingizdagi ma’lumotlarni to‘ldirib jo‘natishingiz va javob olishingiz mumkin.
Sport yangiliklari. Respublika va xalqaro sport musobaqalari, ularning o‘tkazilish jadvallari va holatlari haqidagi ma’lumotlarni quyidagi web sahifalardan qidirish mumkin: www.uff.uz; www.the-uff.com; www.paxtakor.uz; www.bunyodkor.uz; www.fifa.com. Bu saytlardan O‘zbekiston futboli va jaxon futboli yangiliklarini olishingiz mumkin. www.allsportsites.net bu saytdan esa sport turlari reytingi yangiliklari haqidagi ma’lumot olishingiz mumkin.
Interaktiv davlat xizmati – idoralar tomonidan idoralarning axborot tizimlari vositasida telekommunikatsiyalar tarmog‘i orqali jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar.
Interaktiv davlat xizmati quyidagi shakllarda ko‘rsatiladi:
– umumiy foydalaniladigan axborotni e’lon qilish (tarqatish) - tegishli axborot tizimlari, shu jumladan Internet orqali davlat axborot resurslaridan foydalanish bo‘yicha xizmatlarni realizatsiya qilish;
– bir tomonlama o‘zaro hamkorlik - elektron shakldagi hujjatlarning har xil formulyarlaridan foydalanish imkoniyatini berish;
– ikki tomonlama axborot ayirboshlash - so‘rov bo‘yicha qabul qilish, tahlil (ko‘rib chiqish) va javob yuborishni o‘z ichiga oladigan idora xizmatlari (buyurtmanomalar va murojaatlarni taqdim etish, ularni qayta ishlash natijalarini taqdim etish va/yoki berish);
– elektron shakldagi ma’lumotlar to‘liq ayirboshlanishini amalga oshirish, shu jumladan xizmatlar ko‘rsatish va ularga haq to‘lash shaklida ko‘rsatilishi mumkin.
Bugungi kunda davlat organlarining web-saytlari orqali aholiga interaktiv davlat xizmatlari asosida 384 turdagi interaktiv xizmatlar ko‘rsatiladi.
Yaqin vaqtlargacha masofaviy ta’lim, sirtqi ta’lim, ochiq ta’lim va hokazolar kabi tushunchalar deyarli bir-biridan ajratilmas edi. Biroq hozirgi vaqtga kelib, masofaviy ta’lim o‘z ahamiyati va zarurligini isbotladi. Biroq hozirgacha, masofaviy ta’lim – bu ta’lim shaklimi yoki texnologiyami degan savollar dolzarbligicha qolmoqda. Chunki, bu savolning tushunchasidan masofaviy ta’li mning strategiyasi, amalga oshirish taktikasi hamda o‘qituvchilarni masofaviy ta’limda ishlashga tayyorgarligiga bog‘liq bo‘ladi. Hozirgi vaqtda masofaviy ta’limning tadqiqotchi va amaliyotchilari tomonidan unga quyidagicha asosiy ta’rif berib kelinmoqda:
– masofaviy ta’lim – bu o‘quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an’anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarni keng qamrovda ishlatilishidagi ta’limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir.
– masofaviy ta’lim – Interfaollikni nazarda tutgan Internet texnologiyalarining maxsus vositalari yoki boshqa vositalar bilan amalga oshiriladigan, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida o‘zaro ta’sir masofada amalga oshiriladigan va o‘quv jarayoniga mos bo‘lgan kompyuterlarni (maqsad, mazmun, usullar, tashkiliy shakllar) aks ettirgan ta’lim shaklidir.
Yuqorida keltirilgan ta’riflardan masofaviy ta’lim mohiyatini tushunishga yagona tizim yo‘q deb xulosa qilish mumkin. Biroq hozirgi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida masofaviy ta’li mni masofaviy ta’limning texnologiyasi ko‘rinishida keltirilgan, bu esa qonunchilik bazasi bilan mustahkamlanmagan.
Masofaviy ta’lim ishlatilishining asosiy sohalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
– ma’lum sohalar bo‘yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish;
– imtihonlarni ekspert usulida topshirishda alohida o‘quv fanlari bo‘yicha talabalarni tayyorlash;
– ma’lum yo‘nalishdagi o‘quv muassasalariga o‘qishga kirish uchun maktab o‘quvchilarini tayyorlash;
– talabalarning yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olishlarini tashkil etish;
– qiziqish bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim olish;
– kadrlarni kasbga qayta tayyorlash;
– kasbiy tayyorgarlik.

Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin