3-amaliy mashg’ulot yo’l belgilarini o’rnatish. Turli XIL harakat sharoitida yo’l belgilarini ishlatilishi. Ishdan maqsad



Yüklə 170,72 Kb.
səhifə1/3
tarix11.02.2023
ölçüsü170,72 Kb.
#83897
  1   2   3
3- amaliy mashg\'ulot


3-AMALIY MASHG’ULOT
YO’L BELGILARINI O’RNATISH.



Turli xil harakat sharoitida yo’l belgilarini ishlatilishi.
Ishdan maqsad: Turli xil harakat sharoitida yo’l belgilarini ishlatilishni hamda murakkab sharoitda eng yuqori tezlikni hisoblashni o’rganish.
Ishni bajarish tartibi:
Yo’l belgilari joylashtirishning umumiy prinsplar Yo’l belgilarini o’rnatish oralig’i belgilanganda haydovchiga turli ma’lumot yetkazish ketma-ketligiga amal qilish kerak: ko’rsatish, ogohlantirish, majburiy qoida, ta’qiqlash. Ish bir necha bosqichda bajariladi.
1. Haydovchiga yo’nalishni ko’rsatish, xizmat zonalari haqida ma’lumot berish;
2. Harakat sharoiti o’ziga xos bo’lgan uchastkalarni ajratib ko’rsatish, uchastkalarni batafsil tahlil qilish (geometrik parametrlar, ko’rinish, yo’l qoplamasining birikish xususiyati, harakat jadalligi, tezligi va hk.), turli belgilar ishlatilishi imkoniyatiga baho berish, dastlabki sxemalarni tuzish va ularni qo’yib chiqish.
3. Birikka uchastkalarda belgilar ko’rinishi va joyini aniqlash, belgilar o’lchami, o’rnatiladigan joyi, amal qilish zonasini belgilash, dastlabki sxemani to’g’rilash.
Birinchi bosqichda yo’lning oxirigacha ma’lumot-ko’rsatish belgilari, asosiy harakat yo’nalishlari, xizmat punktlarigacha bo’lgan masofani ko’rsatadigan xizmat belgilari, ularning joylashishi, harakat ma’lum tartibda belgilanadigan uchastkalar (kesib o’tiladigan punkt, avtomagistral va hk.) belgilab chiqiladi.
Yo’l belgilarining ishlatilishi haqidagi amaldagi me’yorlarga muvofiq sxemada kilometr belgilari, marshrut raqamlari, aholi punktlari, daryolar, dovonlar, diqqatga sozovor joylar nomi yozilgan ko’rsatgichlar, yo’ldan chetda joylashgan punktlarga boradigan yo’llar ko’rsatilgan belgilar joylashtirib chiqiladi. Zarur bo’lganda belgidagi yozuvda milliy respublika tilida yoki lotin xarflari bilan takrorlanishi kerak. SHu bosqichning o’zida yozuvlar mazmuni, oldindan ogohlantirish belgilarining joylashishi, masofa ko’rsatgichlari belgilab chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda harakat xususiyati boshqacha bo’ladigan har bitta uchastkada quyidagi elementlar ajratib ko’rsatiladi: chorrahalar, sun’iy yo’l inshootlari, temir yo’l kesib o’tilishi; gorizontal va vertikal egri liniyalar; qatnov qismining torayishi, ko’tarilish va tushish joylari, to’g’ri uchastkalar, xizmat komplekslari, dam olish maydonchalari, jamoat transportlari to’xtaydigan bekatlar, avtomobil qo’yish joylari, piyodalar qatnovi ko’p bo’ladigan joylar.
Yuqoridagi elementlar tahlili avtomobil yo’llari va aholi punktlarida ko’chadagi xarakat tarmog’i uchun alohida o’tkaziladi.
Har bitta element doirasida xavfli va ziddiyatli zonalar, misol uchun, quyidagilar ko’rsatiladi: qatnov qismi bo’ylab va uni kesib o’tadigan piyodalar yurish, o’tish joylari;
transport vositalari harakatini o’zgartiradigan, tezligini o’zgartiradigan zonalar (to’xtash, avtomobil qo’yish joylari, boshqa polosaga o’tish joylari, orqaga buriladigan joylar, kesib o’tish joylari, transport oqimlari ajraladigan va birikadigan joylar);
qatnov qismining kengligi, polosalar soni, balandlik gabaritlari yoki ruxsat etilgan avtomobil og’irligi yon uchastkalardan ko’ra kam joylar;
ko’rinish chegaralangan joylar;
sfetafor tartibga soladigan yoki harakat bir tomonli bo’lgan joylar; tuman ko’p tushadigan, sirg’anchiq, yon shamol tez bo’ladigan, tosh
ko’chadigan, hayvonlar yo’lga chiqadigan va hk. joylar.
Harakat sharoitini tahlil qilish, ko’rilayotgan uchastkadagi YTH haqidagi ma’lumot va qabul qilingan harakatni tashkil qilish sxemasiga asoslanib ishlatiladigan belgilar tanlanadi va sxemada ko’rsatiladi.
Uchinchi bosqichda belgilarning turi, ularning o’lchami va yo’lda o’rnatiladigan joylar belgilanadi. Bundan tashqari harakat xavfsizligiga ta’sir qilmasdan belgilarni kamaytirish imkoniyati ko’rib chiqiladi.
Yo’l belgilari ishlatiladigan sharoit GOST 23457 me’yorlari bilan belgilanadi. Quyida amalda sodir bo’ladigan holatlarning hammasini qamrab olmaydigan, metodik maqsadda olingan, harakatni tashkil qilish sxemasi tuzilganda belgilar ishlatilishiga umumiy yondoshish usuli ko’rsatilgan.
Yo’l kesishgan, birlashgan joylarda yo’l belgilarini ishlatish. Bunday sharoitda yo’l belgilari haydovchiga yo’nalish, ustunlik, ma’lum harakatlar ta’qiqanishi va yo’l harakatining boshqa xususiyatlari haqida aniq ma’lumot berishi kerak.
Haydovchilarga yo’l o’tadigan aholi punktlari va boshqa ob’ektlar nomini ma’lum qilish uchun 5.20 «Oldindan yo’nalishni ko’rsatish» va 5.21
«Yo’nalishni ko’rsatish» belgilari ishlatiladi. . 5.20 chorrahaga yaqinlashish joydi, 5.21 belgisi esa chorraha chegarasida ishlatiladi. SHu bilan birga
5.20.1 belgida oldindagi kesishish joyida harakat sxemasi, yo’nalish raqamlari, ba’zi ta’qiqlovchi belgilar (ularning chorrahada joylashishi), harakat uchun yopiq yo’l uchastkalarini aylanib o’tish sxemasi ko’rsatiladi. Haydovchilarni yo’nalish haqida oldindan ogohlantirish ularga transport vositalarini chorraha oldida vaqtida va xavfsiz kerakli yo’lga o’tkazish imkonini beradi.
CHorraha oldidagi harakat sharoitini ma’lum qilish uchun belgilanib ko’rsatilgan polosalarda harakat qilish tartibini bildiradigan 5.8.1 yoki 5.8.2 belgilar qo’yilishi mumkin.
CHorrahadagi harakat ustunligi 2.1 «Bosh yo’l» yoki 2.3 «Ikkinchi darajali yo’lni kesib o’tish»(birikish)» va 2.4 «Yo’l bering» belgilari
bilan belgilanadi. Yo’l kesib o’tgan joyda ko’rinish cheklangan bo’lsa 2.4 belgining o’rniga 2.5 «To’xtamasdan harakatlanish ta’qiqlanadi» belgisi qo’yiladi.
Toifasi balandroq yoki harakat jadalligi ko’p yo’l asosiy hisoblanadi. Agar kesishadigan yo’llardagi harakat jadalligi ko’p farq qilmasa asosiy yo’l kattaroq tezlik, uzroqroq yo’nalish, chorrahaning yaxshiroq ko’rinishi bilan belgilanadi.
2.1 belgilar yo’lning yoki ko’chaning boshiga qo’yilishini hisobga oladigan bo’lsak (ayniqsa uzoq masofaga cho’zilgan yo’llarda) asosiy yo’ldagi haydovchi o’tish joyida ustunlikka egaligi haqida chorrahaga qo’yiladigan
2.3 belgi bilan ogohlantirilishi mumkin.
2.1 belgilarni (2.4 yoki 2.5 belgi bilan) svetofor bilan tartibga solinadigan chorraha oldiga qo’yish maqsadga muvofiq bo’ladi. Svetafor o’chganda yoki sariq chirog’i o’chib-yonib turganda harakat yuqoridagi belgilar bilan tartibga solinadi. 2.1. belgi shuningdek asosiy yo’l yo’nalishini o’zgartirganda yoki chorrahaning tuzilishi murakkab bo’lganda ham chorraha oldiga qo’yiladi. Asosiy yo’lning yo’nalishi 7.13 lavha bilan ko’rsatiladi. Oldin 2.1 belgi bilan ko’rsatilgan yo’l chorraha oldida harakatdagi ustunligini yo’qotsa chorrahaning oldiga, yo’l tomondan 2.2 «Asosiy yo’lning tugashi» belgisi qo’yiladi, so’ng 2.4 (yoki 2.5) belgi o’rnatiladi.
Teng yo’llar kesishgan joydan o’tilishi haqida haydovchini 1.6 belgi ogohlantiradi. Ko’rinish cheklangan joylarda, ustunlik belgisi ma’lum qiladigan o’tish ketma-ketligi bekor qilingan chorrahalar oldida aytilgan belgilarni qo’yish shart bo’ladi.
CHorrahaning oldida zarur ta’qiqlash yoki majburiyat belgilari qo’yiladi. Ularning xususiyati, o’rnatish usuli o’sha joydagi harakat tashkil qilish sxemasiga bog’liq bo’ladi. Agar haydovchilar 3.2-3.9 va 4.4 belgilarda aytilgan cheklashlarni vaqtida ilg’ashmaydi, deb ehtimol qilinsa, belgilar
7.3 ,tkub qo’yilib chorrahaning oldida qaytariladi. CHorrahaga yaqin joyda, agar zarurat bo’lsa (ko’rish cheklangan, harakat jadalligi katta bo’lsa va hk.), quvib o’tish, tezlik cheklanishi, to’xtash yoki avtomobil qo’yish ta’qiqlanishini ko’rsatadigan belgilar qo’yiladi.
Harakat sharoitiga qarab chorraha oldiga haydovchini biror yo’nalishda kesib o’tish mumkin emasligi, yopiq uchastkani aylanib o’tish tartibi, harakat yo’nalishi, bir tomonli yo’lga yoki transport vositalari uchun umumiy foydalanadigan polosaga chiqilayotgani haqida ogohlantiradigan belgilar qo’yiladi.
CHorrahaning orqasiga amal qilishi chorraha oldida tugagan, lekin ular belgilaydigan cheklash (misol uchun, tezlikning cheklanishi) yo’lning keyingi qismida ham davom etishini bildiradigan ta’qiqlash belgilari qo’yiladi. Yo’ldagi aholi punktlari yoki boshqa ob’ektlargacha qolgan masofani ko’rsatadigan belgilar ham shu yerga qo’yilishi mumkin.
Harakat aylanib yo’l kesishgan joyda belgilarni taqsimlash qoidalari bilan yo’l turli darajada kesishgan joyda belgilarni taqsimlash qoidasi bir xil bo’ladi. Turli darajada kesishgan yo’lga qo’yiladigan belgilar haydovchilarni ustunliklar, harakat yo’nalishi haqida ogohlantiradi, ba’zi harakatlarni ta’qiqlaydi. O’ng va chap tomonga tushgan yo’llar tutashgan joyda harakat xavfsiz bo’lishi uchun ko’pincha ta’qiqlash belgilarini qo’yish kerak bo’ladi.
Aylanma harakatli yo’l kesib o’tiladigan joydan oldin 4.3 belgi, unga yaqinlashganda esa 1.7 belgi qo’yiladi (aholi punktlarida 1.7 belgi faqat ko’rish cheklangan bo’lsa ishlatiladi). Ko’pincha yo’l kesigan joyda o’tkazish ko’proq bo’lishi uchun aylanma harakat qilayotgan transport vositalariga ustunlik beriladi. SHunday bo’lganda chorrahaga kirishdan oldin 2.4 (yoki 2.5) belgi o’rnatilishi, xalqaning o’ziga esa 2.1 belgi qo’yilish kerak. SHunday joylarda, ayniqsa bosh yo’l to’g’ri yoki yo’nalishini o’zgartirib yo’l kesishgan joydan o’tganda, bu belgilar bilan 7.13 lavhani ishlatish kerak bo’ladi. CHorraha doimiy yoritilmaydigan bo’lsa chorrahaning o’rtasidagi orolda (tegishli kirish joyi qarshisida) 1.31.1 «Burilish yo’nalishi» belgisi qo’yiladi.
Yo’l belgilarini plandagi egri liniyalarda qo’yilishi. Yo’ldagi sharoitga qarab plandagi egri liniyalarga va ularga yaqinlashish joylariga haydovchilarni burilish, cheklashlar haqida ogohlantiradigan, xavfsizlik oshishiga yordam beradigan turli belgilar qo’yiladi. Agar ko’rinib turgan uzunligida qatnov qismining kengligi yoki egilish radiusi hisobga olingan tezlikka to’g’ri kelmagan yo’l qismi xavfli hisoblanadi. SHunday bo’lsa bunday nomuvofiqlik harakat tartibini keskin o’zgartiradi va xavfsizlik koeffitsientini 0,6 dan kamaytiradi.
Haydovchi xavfli burilishi joyi borligi haqida 1.11 belgi qo’yilib ogohlantiradi. Agar egilish doirasidagi uch polosali qatnov qismi ikkita polosa bilan belgilanib bo’linsa, o’rta polosa oldin shu tomonga harakat qilish uchun mo’ljallangan bo’lsa, o’tish liniyasini belgilaydigan chiziq boshiga 5.8.6 «Polosaning oxiri» belgisi qo’yiladi.
Qanday cheklov qo’yilishi xavf qanday bo’lishiga bog’liq bo’ladi. Ikki va uch polosali, ko’rinishi cheklangan yo’llar buriladigan joyda 3.20 belgini qo’yish to’g’ri bo’ladi, sababi «Harakat xafsizligi qoidalari» ko’rinish cheklangan joyda qarshi harakat polosasiga chiqib quvib o’tishni ta’qiqlaydi. SHuning uchun, 3.20 belgi shu qoidani eslatib harakat xafsiz bo’lishiga yordam beradi. Belgi 1.11 chiziq boshlangan joyga qo’yiladi. U amal qiladigan zonaning tugashi burilishdan chiqqan, yo’l ko’rinib turgan joyda 3.21 belgi bilan ma’lum qilinadi yoki 3.20 belgining ostiga 7.2.1. lavha qo’yiladi.
Harakat tezligini cheklash egilish radiusining kattaligi, burilish borligi, yo’l to’shamasining holatiga bog’liq bo’ladi. Burilishdagi surilish va ag’darilib ketish ehtimoliga qarab ruxsat berilgan tezlikniquyidagi formula bilan topsa bo’ladiю

v– ruxsat berilgan eng katta tezlik, km/soat, R – plandagi egilish radiusi m; μ=0,15–0,16 – ag’darilib ketishga va surilishga qarshi barqarorlik beradigan ko’ndalang kuch koeffitsienti; i– plandagi egilish qatnov qismining ko’ndalang qiyaligi (burilish bo’lsa qo’shuv alomati bilan olinadi).
Agar burilishdan oldin qo’yiladigan belgidagi kam tezlik bilan egilishdagi harakat xavfsizligini kamaytirib bo’lmasa egilish boshlanadigan joyga, amal qilish zonasi burilish oxirigacha bo’ladigan, 3.24 belgi qo’yiladi.
Haydovchi yaqinlashgan vaqtida burilish yo’nalishini aniq bilaolmaydigan radiusi kam egilishlarda, aylangan joyning tashqarisiga 1.31.1 yoki 1.31.2 belgi o’rnatiladi.

Yüklə 170,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin