3 – mavzu: yurak tomir tizimi tuzilishi. Endokirintizimi tuzilishi



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə1/10
tarix11.03.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#87384
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
3 – MAVZU

3 – MAVZU: YURAK TOMIR TIZIMI TUZILISHI.Endokirintizimi tuzilishi.

  • Yurakning tuzilishi va ishlashi
  • Qon aylanish sistemasi organlariga yurak, arteriya, kapillarlar,vena va limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning to‘xtovsiz harakatlanishini ta’minlaydi.
  • Yurakning tuzilishi. Yurak qon aylanish sistemasining markaziy organi bo‘lib, vazni erkaklarda 220—300 g gacha, ayollarda esa 180—220 g gacha bo‘ladi.
  • Yurak ko‘krak qafasida to‘sh suyagining orqasida, ikkala o‘pkaning o‘rtasida joylashgan. Uning ko‘proq qismi ko‘krak bo‘shlig‘ining chap tomonida turadi.
  • Yurak devori uch qavatdan: ichki epiteliy qavat — endokard,o‘rta — muskul, ya’ni miokard va tashqi — perikarddan iborat.

Perikard ikki qavat bo‘lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o‘rab turadi. Ikkala qavat o‘rtasidagi bo‘shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi.

  • Perikard ikki qavat bo‘lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o‘rab turadi. Ikkala qavat o‘rtasidagi bo‘shliqdagi suyuqlik yurakning qisqarish va kengayish harakatlariga ishqalanishni kamaytiradi.
  • Yurak to‘rt kamera: o‘ng va chap bo‘lmalar, o‘ng va chap
  • qorinchadan tashkil topgan. Bo‘lmachalarning devori yupqaroq,qorinchalar, ayniqsa, chap qorinchaning devori qalin, uning muskullari kuchli rivojlangan. Chap qorincha yuqori bosim ostida qon tomiriga qon haydab, katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma organ va to‘qimalarini qon bilan ta’minlaydi.

Yurakda to‘rtta
klapan (qopqoq) bo‘lib, chap bo‘lma bilan chap qorincha o‘rtasida ikki tavaqali, o‘ng bo‘lma bilan o‘ng qorincha o‘rtasida uch tavaqali, chap qorincha bilan aorta qon tomiri o‘rtasida hamda o‘ng qorincha bilan o‘pka arteriyasi o‘rtasida bittadan yarimoysimon klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ularqonni faqat bir tomonga, ya’ni bo‘lmalardan qorinchalarga,
qorinchalardan esa aorta va o‘pka arteriyasi tomonga oqishini ta’minlaydi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin