17-mavzu: Xarakter Reja



Yüklə 25,8 Kb.
səhifə1/4
tarix02.01.2022
ölçüsü25,8 Kb.
#36147
  1   2   3   4

17-mavzu: Xarakter

Reja:

1.Xarakter haqida tushuncha

2.Xarakterning fiziologik asoslari

3.Xarakter tarkib

4.Xarakterning aksentuatsiya

Tayanch so’z va iboralar: xarakter haqida tushuncha, xarakterining fiziologik asoslari, I.P.Pavlovning xarakter borasidagi ta’limoti, xarakterning tarkibi tuzilishi, xarakter aksentuatsiyasi haqidagi bilim, ko‘nikma

Har bir odam har qanday boshqa odamdan o‘zining individual psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor xarakter muammosiga qaratiladi. “Xarakter” so‘zi grekcha so‘zdan olingan bo‘lib “ tamg‘a, belgi “ degan ma’noni anglatadi. Ijtimoiy turmushda hayot va faoliyat ko‘rsatayotgan har qanday shaxs o‘zining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqa insonlardan ajralib turadi va bu farqlar uning xarakter xislatlarida ifodasini topadi. Shu boisdan insonning barcha individual xususiyatlarini xarakter xislati tarkibiga kiritib bo‘lmaydi. Chunonchi aqlning topqirligi, xotiraning barqarorligi, ko‘rishning o‘tkirligi kabi individual psixologik xususiyatlar bunga misoldir.Psixologiya fanida xarakterga turlicha ta’rif berilishiga qaramay, uning asosiy belgilari ta’kidlanganligi bilan bir-biriga muvofiq tushadi. Masalan, shaxs xulqining tipik usullar bilan bog‘liq faoliyat muomala va munosabatda namoyon bo‘luvchi, mujassamlanuvchi uning barqaror xususiyatlari majmuasi xarakter deyiladi. Shaxsning jamiyatga nisbatan munosabatlari uning asosiy belgisi hisoblanadi.Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo‘ladigan, shaxsning turli sharoitlarga munosabati bilan belgilanadigan individual psixologik xususiyatlari yig‘indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo‘lishi har bir tipik vaziyat, hissiy kechinmalarning individual o‘ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog‘liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda shaxsda muhit va tarbiya ta’sirida tarkib topgan va uning irodaviy faoliyatida, atrofdagi olamga o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘ladigan individual xususiyatlarni tushunamiz. Xarakterning juda ko‘p xususiyatlari odamning ish harakatlarini belgilovchi chuqur va faol moyillik hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo‘ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko‘pincha ob’ektiv sharoitlarga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo‘llaydi. Xarakter xislatlari ma’lum tarzda harakat qismlariga, ba’zan esa sharoitga qarama-qarshi harakat qilishga undar ekan, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo‘ladilar va bu xarakterni, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashning muhim vazifasidir. Shaxsning qa’tiyatlilik, tanqidiylik, fahm- farosat, kuzatuvchanlik kabi xislatlari intellektual, quvnoqlik, mehribonlik hissiy-irodaviy sifatlarga kiradi. Odatda shaxsning munosabatlari xarakter xislatlarining individual xususiyatlarini iqqi xilini aniqlash imkoniyatiga ega:



  • Shaxs xarakterining xususiyati ro‘yobga chiqadigan har qanday vaziyat hissiy kechinmalarning o‘ziga xos xislati uning munosabatlariga bog‘liq.

  • Har qanday favquloddagi tipik (muhitdagi) xarakterning sifatlari hamda individual usullari shaxsning munosabatlariga taalluqlidir.

  • Shaxs harakatlarining sifati va ularning oqilona usullari insonning irodasi, hissiyoti, diqqati, aqliy sifatlariga yoki psixik jarayonlarning individual xususiyatlariga bog‘liqdir. Chunonchi, mehnatda ko‘zga tashlanadigan tirishqoqlik, puxtalik mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni aks ettirishga emas, balki boshqa omillarga:

    • diqqatning to‘planishiga;

    • harakatlarning maqsadga yo‘nalganligiga;

    • irodaviy zo‘r berishga;

    • usullar mahsuldorligiga;

    • aqlning ishtirokiga bog‘liq

  • Xarakterning psixologik va fiziologik sabablari haqida faqat taxminiy fikrlar, xulosalar mavjud. Kishi temperamenti uning xarakteri tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi asab tizimining tipidan iborat.

Xarakter xislatlari shaxsning qiyin hosil qilinadigan va mustahkamlanib qoladigan xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, xarakterning fiziologik asosi ham individual hayot jarayonida asab tizimining o‘zgargan xususiyatlaridan iborat. Hayvon asab faoliyatining tug‘ma konstitutsion turi genotip. Lekin hayvon tug‘ilganidan keyin tashqi sharoitlarning g‘oyat xilma-xil taassurotlariga duch keladi va bunga muayyan faoliyat orqali muqarrar javob berishi lozim bo‘ladiki, ko‘pincha bu faoliyatlar mustahkamlanib, butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Shu sababli hayvonning batamom tarkib topgan asab faoliyati tipga oid belgilardan tashqari muhit ta’siri ostida hosil bo‘lgan o‘zgarishlarning qotishmasi-fenotip xarakteridir. Dinamik stereotip shaxsdagi mustahkam odat bo‘lib qolgan xususiyatlarning, jumladan, xarakter xislatlarining ham nerv-fiziologik asosidir. Xarakterning nerv-fiziologik asosini tushunish uchun I.P.Pavlovning iqqinchi signal tizimi haqidagi ta’limoti katta ahamiyatga egadir. Iqqinchi signal tizimi nutq va tafakkurning fiziologik asosi bo‘lish bilan birga, kishi hulqini ham idora qiladi. Xarakterning fiziologik asosi xarakterning mazmunini tashkil qiladigan sifatlari, chunonchi, ijtimoiy maslak, mardlik, o‘z burchiga sadoqatli bo‘lishlarini o‘z ichiga olmaydi va ololmaydi ham, albatta xarakter psixologiyasining mazmuni o‘zining kelib chiqishi jihatidan ijtimoiy hodisadir. Xarakterning mazmunini tashkil qilgan tomonlarini yoritilishi tufayli, psixologiya ijtimoiy fanlar qatoriga kiradi. Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro bir-biriga bog‘liq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor bo‘lishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum bo‘lsa, uning dili (ko‘ngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, mo‘min, yuvosh xususiyatli bo‘lsa, albatta u ko‘ngilchan ekanligi ko‘nglimizga keladi.

Odatda psixik xususiyatlarning o‘zaro bog‘liq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. «Simptom» yunon symptoma belgi, mos tushish, «kompleks» lotincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim o‘ziga ishonish o‘zidan mag‘rurlanish, maqtanchoklik, o‘zbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar o‘zlarining kamtarinligi, ko‘ngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqeliqqa shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining o‘zaro bir-biriga bog‘liqligini bildiradi.

Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining to‘rtta tizimi farqlanadi.


  • Jamoa va ayrim odamlarga bo‘lgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).

  • Mehnatga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyat yoki ma’suliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishi kabilar).

  • Narsalarga bo‘lgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda bo‘lish kabilar).

  • Odamning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish, kamtarlik kabilar).

Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa juda ko‘p xususiyatlar ham mavjud: o‘ziga ishonish, o‘zbilarmonlik, o‘ziga bino qo‘yish, maqtanchoqlik.

Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos bo‘lgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘lish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Iqqinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi kiradi. Xarakter barqarorligi va o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir.Agar tashqi sharoitning o‘zgarishi bilan har gal xarakter boshqacha bo‘lib, o‘zgarib qoladigan bo‘lsa, unday paytda odamning xatti-harakatlari tashqi sharoit ta’siriga nisbatan passiv javob reaksiyasiga aylanib qolgan, xatti-harakat batamom passiv moslashishga aylangan bo‘lar edi. Odamning xarakter xususiyatlari juda xilma-xil hayot sharoitlarida ham qarshilik qiluvchi sharoit bo‘lishiga qaramay uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Xarakter ma’lum darajada plastikdir (egiluvchandir). Xarakterning plastikligi iqqi xil ma’noga ega, birinchidan, xarakterning barqarorligi singari muhim faol ta’sir qilishidir. Iqqinchidan, xarakter ma’lum darajada plastik bo‘lganligi uchungina istalgan odamning xarakterini qayta tarbiyalay olamiz.Kishiga mustahkamlanib, uning shaxsiy xususiyatiga aylanib qolgan iroda sifatlari xarakterning iroda bilan bog‘liq bo‘lgan xislatlaridan, bu sifatlar alohida ko‘rinib emas, balki shaxsning fazilatiga aylanib qoladi, qat’iyat, sabr-toqat, chidamlilik, dadillik, o‘zini tuta bilish, mustaqillik, intizomlilik, ma’suliyatni his qilish, o‘z-o‘zini tanqid qilish axloqiy xislatlardir. Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladi. Xarakterga ortiqcha urg‘u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil stressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aksentuatsiyasi o‘ta noqulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs hulq-atvorining o‘zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptatsiyaga to‘sqinlik qiluvchi va amalda takrorlanmaydigan patologiyasi, garchi to‘g‘ri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo‘rindir.

Xarakterning aksentuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) turlarini tasniflash ancha muraqqablik tug‘diradi va har xil nomenklaturasi bo‘yicha bir-biriga mos kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aksentuatsiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma’lum darajada bir xil bo‘lib qoladi. Bu har iqqala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatrik terminologiya («shizofreniya xususiyatlari», «epilepsiya» xususiyatlari va hokazo) bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘xshashlik bo‘lishidan qochgan holda ortiqcha urg‘u beriladigan xususiyatlar ro‘yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg‘u berilgan holda baholash psixiatrning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aksentuatsiya muammosining o‘rtacha qo‘yilishi tarixi psixiatriya va psixonevrologiyaga borib taqalganda ham shunday hisoblanadi. Nemis psixiatri K.Leongard fikricha, 20-50% kishilarda ba’zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba’zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin.


Yüklə 25,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin