13-Mavzu aholi statistikasi



Yüklə 41,31 Kb.
səhifə1/4
tarix18.05.2023
ölçüsü41,31 Kb.
#115960
  1   2   3   4
13-мавзу

13-Mavzu AHOLI STATISTIKASI


Reja:
13.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti
13.2. Aholi soni statistikasi
13.3. Aholi tarkibi statistikasi
13.4. Aholining tabiiy harakati statistikasi
13.5. Aholi migratsiyasi statistikasi

Tayanch iboralar: Aholi soni, doimiy va mavjud aholi soni, aholi soni dinamikasi ko`rsatkichlari, aholining tabiiy va mexanik harakati statistikasi, aholi migratsiyasi turlari, aholi migratsiyasining absolyut va nisbiy ko`rsatkichlari, o`rtacha umr ko`rish ko`rsatkichi, kelajakdagi aholi sonini hisoblash usullari.


13.1. Aholi - statistikaning o`rganish ob’ekti
Aholi (demografiya) statistikasi – ijtimoiy-iqtisodiy statistikaning eng qadimgi va muhim tarkibiy qismi bo`lib, u aholi yashash sharoitida yoki hayotida yuz bergan demografik hodisa va jarayonlarni statistik hisobga olish va tahlil qilish usullarini ishlab chiqadi va amaliyotda qo`llaydi.
U ijtimoiy fan bo`lib, o`zining bilish jarayonida umuminsoniy falsafa va iqtisodiyot nazariyasi fanlariga suyanadi va aholini yashash qonuniyatlarini miqdor va sifat jihatlarini ifodalaydi. Bular aholining tabiiy va mexanik harakati, mamlakat hududlari bo`yicha joylanishi, takror paydo bo`lishi va uning ijtimoiy tuzilishi xaqidagi qonunlardir. Ilmiy ta’limotga asosan bu qonunlar zaminida jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlari – iqtisodiy tuzumi yotadi. SHuning uchun bu qonunlar iqtisodiy tuzum bilan birgalikda o`rganilishi kerak.
Har qanday davlat (tuzum)ning aholisi o`z tarkibi bo`yicha har xil bo`ladi va vaqt o`tishi bilan o`zgarib turadi. SHuning uchun aholining rivojlanish qonuniyatlari, uning tarkibini o`zgarishi va uning ko`p tomonlari konuret tarixiy sharoitlarni hisobga olgan holda o`rganilishi kerak.
Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o`tishi tufayli aholini, jamiyatda ro`y berayotgan jarayonlarni, turmush sharoitlarini statistik o`rganishga qiziqish yanada ortib bormoqda, chunki aholi birinchidan ishlab chiqarish jarayonining bevosita ishtirokchisi va ikkinchidan bu jarayon natijasining iste’molchisi xam hisoblanadi.
Aholi statistikasining o`rganish ob’ekti ma’lum hududda yashovchi odamlar jamoasi hisoblanib, ular tug’ilishi va vafot etishi hisobiga o`zini-o`zi tiklab turadi. Bunda kuzatish birligi alohida odam, oila yoki uy xo`jaliklari bo`lishi mumkin. Aholi statistikasida statistik kuzatish ob’ekti bo`lib, odamlarning xar xil to`plamlari bo`lishi mumkin: barcha aholi (mavjud yoki doimiy yashovchi), aholining ayrim guruhlari (mexnatga layoqatli aholi, ishsizlar, nafaqaho`rlar, shahar yoki qishloq aholisi, erkak yoki ayollar va h.k.), yoshlar yoki aksincha, yoshi ulug’lar, yil davomida tug’ilganlar (yoki boshqa davr orasida) yoki vafot etganlar va h.k. Odatda kuzatish ob’ekti va birligi tadqiqot maqsadiga bog’liq holda tanlanadi.
Aholi statistikasining ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat: aholi ro`yhati – aholi xaqidagi ma’lumotlarning birinchi va asosiy manbai bo`ib, u aholi haqida har tomonlama to`liq va aniq ma’lumotlarni beradi. Lekin umumiy aholi ro`yxatini o`tkazish – katta mehnat va mablag’ talab qiladigan jarayon bo`lgani uchun BMT statistik hay’ati uni har o`n yilda bir marta amalga oshirishni taklif qilgan.
Ro`yhatga olishlar orasida esa mamlakatda yuz bergan demografik va ijtimoiy jarayonlar haqidagi ma’lumotlarni joriy hisob yoki tanlama kuzatish ma’lumotlaridan olish mumkin. Aholining tabiiy va mexanik harakati haqidagi ma’lumotlar asosida har bir xududdagi yillik aholi sonini hisoblash mumkin.
Aholini statistik o`rganish natijalari asosida turli xil ijtimoiy-iqtisodiy masalalar echiladi va aholi statistikasining vazifalari quyidagilardan iborat:
- aniq hudud, moment va sharoitda aholi sonini aniqlash;
- aholini mamlakatning ayrim hududlari bo`yicha joylanishini (zichligini) tahlil qilish;
- aholi tarkibini (jisni, yoshi, millati, ijtimoiy holati, ma’lumoti, bandligi va h.k.) o`rganish;
- aholini takror paydo bo`lishi (tug’ilish, vafot etish, tabiiy o`sish, nikohdan o`tish va uni bekor qilish) jarayonlarini o`rganish;
- aholi migratsiyasi (ko`chib kelishi, ko`chib ketishi) jarayonlarini o`rganish;
- aholi soni va tarkibi kelajagini bashoratlash va h.k.
13.2. Aholi soni statistikasi
Statistikaning eng muhim birlamchi vazifalaridan biri aholi sonini va uning mamlakat hududlari bo`yicha joylashishini o`rganishdan iborat. YUqorida aytilganidek, aholi soni haqidagi asosiy ma’lumot manbai bo`lib, aholi ro`yhati hisoblanadi va u aholi sonini ma’lum kun yoki ma’lum momentga (kritik momentga) nisbatan ifodalaydi. Ro`yhatlar orasida ma’lum aholi punktining aholisi soni avvalgi aholi ro`yxati ma’lumotlari va aholining joriy hisobi, ularning tabiiy va mexanik harakati ma’lumotlari asosida hisob-kitob qilish yo`li bilan balans sxemasi bo`yicha aniqlanadi: yil oxiridagi aholi soni=yil boshidagi aholi soni+yil davomida tug’ilganlar soni+kelganlar soni-o`lganlar soni-yil davomida ko`chib kelganlar soni.
A1=A0+T+Kel-O’-Ket;
Aholi sonini hisobga olish aholi yashaydigan punktlar bo`yicha amalga oshiriladi va u doim o`zgarib turadi. Aholi xaqidagi ma’lumot tenglashtirilgan vaqt – kritik moment deb ataladi.
Bunda doimiy va vaqtincha yashaydigan aholi sonini bir-biridan ajratish lozim.
Doimiy yashaydigan aholiga - hisob o`tkazilgan davrda qaerda bo`lishidan qat’iy nazar shu aholi punktida ro`yhatdan o`tgan va yashaydigan shaxslar kiradi.
Bu ko`rsatkichlarni to`liq hisobga olish uchun vaqtincha yo`q bo`lganlar va vaqtincha yashayotganlar kabi ko`rsatkichlar bilan to`ldiriladi.
Vaqtincha yashayotganlarga doimiy yashash joyi boshqa punktda bo`lib, hisobga olinayotgan vaqtda shu punktga kelgan shaxslar (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) tushuniladi.
Vaqtincha yo`q bo`lganlar doimiy shu punktda yashab, lekin hisob vaqtida vaqtincha (odatda 6 oydan oshmasligi kerak) boshqa hududga ketgan shaxslar tushuniladi. Lekin bu qoidadan ba’zi bir cheklanishlarga yo`l qo`yiladi. Masalan, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlari talabalari amalda o`quv joylaridagi doimiy aholi soniga qo`shiladi.
Har qanday punktdagi aholi soni yil davomida sezilarli darajada o`zgarib turishi sababli, har xil ko`rsatkichlarni hisoblash maqsadida statistikada aholining o`rtacha yillik soni aniqlanadi.
Aholining o`rtacha yillik soni, odatda aholini yil boshidagi va yil oxiridagi sonini hisobga olgan holda o`rtacha arifmetik formula bo`yicha aniqlanadi:
Aholining soni bir necha teng oraliqdagi muddatlar masalan, choraklar bo`yicha berilgan bo`lsa, u holda o`rtacha xronologik formula bo`yicha aniqlanadi: ;
Mamlakat aholisi uning hududi bo`yicha joylanishi nuqtai nazardan shahar aholisi va qishloq aholisiga bo`linadi. SHahar aholisiga shaharlarda va shahar ko`rinishidagi posyolkalarda yashovchi, qishloq aholisiga esa qishloq joylarida yashovchi barcha shaxslar kiradi. (Aholini bunday shahar va qishloq aholisiga ajratishni, ularni ishlab chiqarish belgisi bo`lgan mehnat xarakteriga qarab: qishloq xo`jaligida va unda bo`lmagan aholiga ajratish bilan almashtirmaslik lozim). U yoki bu aholi punktini shaharga kiritish qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda doimiy istiqomat qiluvchi aholi soni 1 yanvar holatiga ko‘ra 32 million 653,9 ming kishini tashkil etib, 2017 yil davomida 533,4 ming kishiga yoki 1,7 foizga ko‘paydi..
Shahar aholisi soni 16 million 533,9 ming kishiga yetib, umumiy aholi sonining 50,6 foizini tashkil etgan bo‘lsa, qishloq aholisi 16 million 120 ming kishiga yoki 49,4 foizga yetdi.
Viloyatlar kesimida Samarqand viloyatida aholi soning eng ko‘pni tashkil etdi — 3 million 719,6 ming kishi (respublika aholisining 11,4 foizi). Bu ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida 3 million 620,1 ming kishi (11,1 foiz), Qashqadaryo viloyatida 3 million 148,1 ming kishi (9,6 foiz) va Andijon viloyatida — 3 million 11,6 ming kishini (9,2 foiz) tashkil etdi.

SHunday qilib: DA=MA-VYa+VY


MA=DA+VYa-VY
DA – doimiy aholi soni
MA – mavjud aholi soni
VY – vaqtincha yo`q bo`lgan aholi soni
VYa – vaqtincha yashayotgan aholi soni
Masalan, «A» shahri bo`yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud (ming kishi):
1) yil boshida mavjud aholi soni - 315
2) shulardan vaqtincha yashayotgan shaxslar soni – 11
3) vaqtincha yo`q bo`lgan shaxslar soni – 19
4) yil oxirida shaharda doimiy yashovchilar soni – 307
5) shulardan vaqtincha yashayotganlar soni – 12
6) yil oxirida vaqtincha yo`q bo`lganlar soni – 18
U holda: 1) DA yil boshida=315-15+19=323 ming kishi
2) DA yil oxirida=307-12+18=313 ming kishi
3) DA soni o`zgarishi = - 10 ming ishi
4) MA yil boshida=323+11-19=315 ming kishi
5) MA yil oxirida=307+12-18=301 ming kishi
6) MA soni o`zgarishi = - 14 ming kishi
Bunda aholining yil boshi va oxiridagi ikki xil sonini hisoblashdan maqsad, har xil ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkchilarni aniqlash hisoblanadi: ularga uy-joy, bog’cha-yasli, o`quv yurtlari binolari va kasalxonalarni qurishda har bir aholi yashaydigan punktning doimiy aholisi sonidan, shaxar transportini to`xtovsiz ishlashini va kunlik oziq-ovqat bilan ta’minlash maqsadida mavjud aholi sonidan kelib chiqishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy sharoit aholining hududlar bo`yicha tarqalishini va ayrim hudud yoki administrativ birliklar bo`yicha soni va zichligi aniqlanadi. Zichligini aniqlash uchun shu xududda yashovchi aholi sonini hudud kengligiga (km2) bo`lib aniqlanadi. Masalan, O`zbekiston bo`yicha bu ko`rsatkich 2004 yilda o`rtacha 54,4 kishi (25,6 ming kishi/447,300 km2)ga teng bo`lgan. Lekin bu ko`rsatkich mamlakatning ayrim xududlari bo`yicha bir-biridan keskin farq qiladi.

Yüklə 41,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin