12–Ma’ruza. Timsollarni o’rganuvchi va tanuvchi tizimlar


Timsollarni tanuvchi tizimlarni yaratish bosqichlari



Yüklə 379,77 Kb.
səhifə4/14
tarix21.12.2023
ölçüsü379,77 Kb.
#187634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
12-ma\'ruza (Tanuvchi tizim)

3. Timsollarni tanuvchi tizimlarni yaratish bosqichlari


Timsollarni tanuvchi tizim(TTT)larni yaratish asosiy va qoʻshimcha bosqichlardan iborat. Asosiy bosqichga quyidagilar kiradi:


- belgilar roʻyxatini tuzish;
- mavjud masalani yechish jarayonida belgilar roʻyxatidan muhim yoki muhim emas belgilarni tanlash;
- muhim yoki muhim emas belgilarga mos HQQni qurish;
- timsollarni tanish yoki sinflashtirish usullaridan foydalanish;
- O’T yoki NTdagi timsollarning qaysi sinfga qarashli ekanligi haqida qaror qabul qilish.
Qoʻshimcha bosqichga quyidagilar kiradi:
- belgilar roʻyxatiga yangi belgilarni kiritish;
- belgilarni muhim yoki muhim emas belgilarga ajratishni sharhlash;
- sinflashtirish yoki tanish masalasini baholash uchun boshqa usullarni qoʻllash;
- sinflashtirish yoki tanish jarayonini optimallashtirish.
Endi ushbu bosqichlarni amalga oshirish jarayonini koʻrib chiqamiz.
1-bosqichda timsollar haqidagi ma’lumotlar idrok etiladi. Idrok etilgan ma’lumotlar timsollarda belgilar sifatida qabul qilinadi.
2-bosqichda haqiqiy timsollarda belgilar roʻyxati tanlanadi va ular kodlashtiriladi.
3-bosqichda haqiqiy timsollarda tanlangan belgilar roʻyxatidan qaror qabul qiluvchi muhim yoki muhim emas belgilar ajratiladi.
4-bosqichda HQQ topiladi va uning yordamida timsollar taniladi yoki sinflashtiriladi.
TTT XX asrning 50-yillaridan boshlab yaratilgan boʻlsa, hozirgi vaqtga kelib bu tizimlardan foydalanmaydigan bilim va ishlab chiqirish sohasini topish qiyin.
Quyida TTT qoʻllaniladigan sohalarni qaraymiz:

  1. Texnika tashxisi. Bu tizimlarning qoʻllanilishi mashinalardan va texnologik jarayonlarni oshirishda, harajatlarni kamaytirishda eng muhim omil hisoblanadi. Masalan, avtomashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish 500 km, 1000 km, 2000 km va h.k. muddatlarda amalga oshirilishi kerak. Ammo texnik koʻrikka TTTni qoʻllasak, texnik koʻriklar oʻrniga ushbu texnikaning ba’zi bir qismlarini yoki kerakli tizimlarini ta’mirlash mumkin.

  2. Tibbiy tashxis. Bemorlarga tashxis qoʻyishda TTTdan foydalaniladi. Bunda tezkorlik va ishonchlilikka erishiladi. Kompyuterda tashxis qoʻyish jarayoni tezda amalga oshiriladi va tashqi faktorlarga bogʻliq boʻlmaydi.


  3. Yüklə 379,77 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin