1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə1/13
tarix24.06.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#134798
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kichik biznes


Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari

Reja:



1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari

1.Tadbirkorlik faoliyatining turiari


Tadbirkorlik faoliyati turiari xilma-xildir. Faoliyat maqsadi, tun va yo'nalishlariga qarab tadbirkorlik faoliyatining ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va konsalting turlarini ajratish mumkin.
Qayd etilgan ushbu tadbirkorlik faoliyatining har bir turi kichik turlarga bo linadi. Mavjud tadbirkorlik faoliyati turlarini quyidagicha ifoda etish mumkin (1.1-rasm).





Tadbirkorlik faoliyati turiari







|

1




1




1




1

Ishlab chiqarish




Tijorat




Moliyaviy




Konsaltinglar

1




1




1




1

Innovatsion




Savdo




Bank




Umumiy boshqarish

1




* ■




I




t

Ilmiy-texnik




Savdo-xarid




Sug'urta




Ma'muriy boshqaruv

1




1




1




*

Tovar ishlab chiqarish




Savdo-vositachilik




Auditorlik




Moliyaviy boshqarish

}




i




i




+

Xizmat ko'rsatish




Tovar birjalari




Lizingli




Xodimlarni boshqarish

1
















1

Iste'mol
tovarlari ishlab
chiqarish




Fond birjalari




Marketing

1










I

Iste'mol xizmatlari ko'rsatish




Ishlab ichqarishni boshqarish

1




I

Axborot




Axborot texnologiyasi

1.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyati turlarining tarkibi
Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy tun desak xato bo'lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovariar ishlab chiqariladi, xizmat ko'rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga 0-tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko'rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug'urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko'rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmo qda. Bu tadbirkorlik turi ko'p yo'nalishlardan iborat bo'lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor lik faoliyati turiari nisbatan mustaqil bo'lib, bir-birini to'ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovation, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug ullanmo qchi bo'lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug'ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko'rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potenuial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo'lajak xaridorlar o'rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi.
Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og'zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og zaki kelishuvlar ishonchli kafolat boMib, zarur hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarinisotibolishyokiijaragaolishdir.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o'z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo'linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quwatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o'lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko'priklar, neft quduqlari, кo-mir koni qatlamlari va shunga o'xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quwatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich quvurlari, neftb va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quwatli mashinalarga turli dvigatellar, turbinalar, bug' qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim dementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi uexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo'l, havo yo'llari va boshqa transporting barcha turiari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo, asosiy va yordamchi materially yonilg i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Qayta ishlov berilmagan sanoat mahsulotlari (ruda, neftb, ko'mir, gaz va boshqalar), qishloq xo'jaligi mahsulotlari (paxta, jun, teri va boshqalar) xomashyoni tashkil etadi. Materiallar esa ma’lum qayta ishlash jarayonidan o'tib tayyor mahsulot ishlab chiqarishga mo'ljallangan mehnat mahsulotidir. Asosiy materiallar bo'lajak tayyor mahsulot (temir, yog och, mato)ning asosini tashkil etadi, yordamchi materiallar (bo>q, tugma va boshqalar) asosiy materiallar uchun ishlatiladi yoki (moylash materiallari) ishlab chiqarish jarayoniga yordamlashadi.
Asbob-uskunalar narxi va ishlatish muddatiga qarab aylanma fondlarga kiritiladi. Asbob-uskunalarning xizmat muddati bir yildan oz bo'lsa, u aylanma fondlarga taalluqlidir. Yarim tayyor mahsulotlar sotib olingan yoki o'zida tayyorlangan turlariga bo'linadi. Yarim tayyor mahsulotlar iste’molga tayyor bo'lmagan bo'lib, uni boshqa цех firma yoki korxonada tayyor holatiga keltirish lozim. Tugallanmagan ishlab chiqarish tugallanmagan mahsulot bo'lib, yarim tayyor mahsulotdan farqli ravishda o'z ishchi joyida turadi. Uni me’yoridagi ishlov berish uchun korxonaning boshqa bo'linmasiga berilmay, shu sexning o'zida qiyomiga yetkaziladi.
Kelajakdagi xarajatlarga alohida to'xtalish lozim. Bu xarajatlar yangi mahsulotlarni tayyorlashdagi xarajatlar bo'lib, keyinchalik ishlab chiqarish xarajatlari jumlasiga kiritiladi. Ishchi kuchini tadbirkor e’lon, mehnat birjasi, ishga joylash agentligi, tanish-bilishlar orqali topadi. Ishga olishda nomzodning ma’lumoti, mutaxassisligi, ish tajribasi, shaxsiy xususiyatiari hisobga olinadi. So'ngra tadbirkor moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari, tayyorlanadigan mahsulotlarni sotish bozori haqida axborot to'playdi.
Moliyaviy mablag ga bo'lgan talab va uning hisobi. Tadbirkorlik bitimini tuzish moliyaviy xarajatlar bilan bog'liq. Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati uchun zarur pul miqdorini (Pp) quyidagi formula asosidahisoblashmumkin:
Pp = Pi + Pm + Pv + Pa + Ph;
Buyerda:
Pi - yollanma ishchilarga maosh to'lash uchun zarur pul mablag lari;
Pm - sotib olinadigan material, xomashyo, yarim tayyor mahsulot, butlash qismlar, yonilg i, energiya uchun to'lovlar;
Pv - mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) bino, inshoot, uzatish moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi, asbob-uskunalar, transport vositalarini sotib olishga ketgan mablag lar;
Pa - axborot uchun sarflangan mablag'lar;
Ph - boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari, transport xizmatlari va boshqalarga) ketgan to'lovlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullanish uchun tadbirkor boshlang'ich kapitalga ega bo'lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo'lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon tijorat banki yoki mablag'i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo'li ham bor tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xomashyo, material, axborot va boshqalar)ni kreditga ham olishi mumkin. Tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag'i yoki kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo'shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak.
Mablag'larni imtiyozli asosda davlat tuzilmalari ajratishi mumkin. Buning uchun O'zbekistonda kichik biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida maxsus jamg'armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgan. Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo'lib, unda moliya va soliq organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan mahalliy budjetga majburiy to'lovlar, ajratmalar va jarimalaro'tkazish bilan shug'ullanadilar.
Ishlab chiqarish faoliyati natijasi. Mahsulotni sotish, biror- bir ishni bajarish, xaridorga, iste’molchiga xizmat ko'rsatish va ma’lum hajmda foyda olish tadbirkor ishlab chiqarish faoliyatining natijasidir.
Tadbirkor foydasi yalpi va sof foydaga bo'linadi. Ishlab chiqarish va sotishga ketgan xarajatlardan keyin qolgan tushum yalpi foyda deyiladi. Yalpi foydadan soliqlar to'lanadi. Yalpi foyda hisobidan soliqlar, jarima va boshqa to'lovlar to'langandan keyin qolgan pul sof foyda hisoblanadi. Tadbirkorning umumiy moliyaviy bahosini rentabellik ko'rsatkichi belgilaydi. U sof foydaning jami xarajatlarga nisbati shaklida aniqlanadi.
Venchur biznesi. Gap innovatsion tadbirkorlik haqida ketganda, venchur biznesi haqida tasawur hosil qilish katta ahamiyatga ega. Venchur biznesi keyingi vaqtda ancha rivojlandi va u tavakkal biznesi turiga kiradi. Biznesning bu turi yangi texnologiyalarning joriy etilishi bilan bog'liq. Venchur biznesi yuqori texnologiya sohasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish bilan bog'langan. Bu sohalarda samara olinishi kafolatlanmagan. Ya’ni ma’lum tavakkalchilik mavjud. Yangi va eng yangi texnologiyalarni joriy etish bilan shug ullanuvchi fan- texnika firmalari venchur firmalar deyiladi. Ularning daromadi kafolatlanmagan bo'lib, faoliyati tavakkal kapital bilan bog'liq.
Shuni ta’kidlash kerakki, kichik korxonalar innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda katta rol o'ynaydi. Venchur biznesi egiluvchanligi bilan innovatsion ishbilarmonlikning boshqa shakllariga nisbatan qator ustuvorlikka ega. Venchur biznesi tavakkalni o'zaro bo'lish tamoyiliga asoslanadi. Bu esa mablag i bo'lmagan g'oya mualliflariga o'z g'oyalarini amalga oshirishga imkon tug diradi.
Venchur biznesi dastlab AQSHda yuzaga kelib, keyinchalik keng rivojlanib ketdi. Har bir kichik innovatsion biznesning moddiy va moliyaviy imkoniyati fan-texnika bazasi jihatdan cheklangan boMib, davlat ko'magiga muhtojdir. AQSHda kichik innovatsion biznesga davlat tomonidan yordam ko'rsatish dasturi ishlab chiqilgan. Dasturga asosan kichik biznes bevosita federal budjetidan moliyalashtiriladi, vazirlik va muassasalar doimiy ravishda ular bilan shartnoma tuzadilar. AQSHda venchur biznesida tuzilgan kompaniyalarning aksiyalari imtiyozli narxlarda innovatsion firmalarga sotilib, olingan mablag lardan g oyalarni joriyetishuchunfoydalaniladi.
O'zbekistonda ham venchur biznesi rivojlanishiga barcha imkoniyatlar yaratilgan. Birinchi navbatda, bu qimmatbaho qog'ozlar bozori mavjudligidir. Keyinchalik, intellektual mulk bozoriga xorijiy firmalar kirib keldi. O'zbekiston ishbilarmonlari ham o'z navbatida Venchur biznesiga katta qiziqish bilan qaramoqdalar.
Bular Venchur biznesi mamlakatimizda endi rivojlanayotganligidan dalolat berib, kelajakda innovatsion biznes rivojlanib ketishiga turtki bo4adi.
Tijorat tadbirkorligi. Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yokisavdotashkilotlari bilan bog liq.
Tovar birjasi tovar namunalari xaridor tomonidan oldindan ko'zdan kechirilmagan va tovarlami minimal partiyasi belgilangan ulgurji tovar bozori tun. Tovar birjasida o'zaro kelishilgan va rioya qilingan qoidalar asosida savdo operatsiyalarini amalga oshirish uchun tijoial vobilalari va ularning xizmatchilari o'z xohishlari bilan birlashadi. Ushbu birjaning maqsadi erkin raqobatning boshqarish mexanizmini tashkil etish va shu orqali talab va taklifni hisobga olgan holda haqiqiy bozor narxlarini aniqlashdir. Tovar birjasi standartlar bo'yicha sotiladigan tovariar (don, ko'mir, metall, neft, yog och)ning doimo faoliyat yurituvchi ulgurji savdo bozoridir. Shunga o'xshash birjalar barcha iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda faoliyat yuritib kelmoqda. Misol sifatida London (rangli metall), Liverpul (paxta), Singapur (kauchuk) va boshqa tovar birjalarini ko'rsatishmumkin.
Tovar birjalarida tovar egalari bilan oddiy savdo qilishdan tashqari fyuchers bitimlari ham tuziladi. Bu bitim bo'yicha sharnomada ko'rsatilgan tovar uchun to'lovni ma’lum vaqtdan keyin amalga oshirish mumkin.
Tovar birjalari quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
-savdo bitimlarini tuzishga vositachilik xizmati ko'rsatadi;
-tovar savdosini tartibga soladi, savdo jarayonlarini boshqaradi va savdo mojarolarinihaletadi;
- narxlar to'g'risida, shuningdek ishlab chiqarish va narxlarga la'sir qiluvchi turli omillar haqida axborotlar yigadi va e’lon qiladi.
Tovar birjalari aylanmasining aksariyat qismi bor tovariar (kassa bitimlari) bilan emas, balki kelajakdagi tovar yoki tovar yetkazib berish bitimi asosida (vaqtli bitim) amalga oshiriladi. Tovar birjalari ochiq yoki yopiq shaklda bo'ladi. Yopiq birjalardagi savdoda faqat brokerlar sotuvchi va xaridor o'rtasidagi vositachilar ishtirok etadi. Ochiq birjalarda esa xohlagankishiishtiroketishimumkin.
Respublika tovar-xomashyo birjasi 1994-yili ochiq hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etildi. U sanoat, qishloq xo'jaligi, oziq-ovqat tovarlari va xomashyo mahsulotlarini erkin ulgurji savdosini uyushtiradi. Birja savdolarida brokerlar orqali xarid qilingan mahsulotlar respublikadan tashqariga litsenziyasiz va bojxona to'lovisiz chiqariladi. Tovar-xomashyo birjasining boTinmalari barcha viloyatlarda va Qoraqalpo giston Respublikasida tashkil etilgan.
Tovar-xomashyo birjasi xorijiy davlatlar (Angliya, Polsha, Turkiya) hamda MDH mamlakatlari (Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston) ning tovar xomashyo birjalari, Kiyev, Belarusb universal birjalari bilan birjalararo aloqalarniyo'lgaqo'ygan.
«O'zulgurjibirjasavdo» respublika tovar resurslari bozorini shakllantirishda zarur infratuzilmani yaratish maqsadida 1994-yili O'zbekiston shartnomalar va savdo bo'yicha davlat aksiyadorlik uyushmasi negizida tashkil etilgan. Ilgari xalq xo'jaligi ta’minotini respublika moddiy-texnika ta’minoti idorasi boshqargan. O'zbekistonda o'tkazilayotgan chuqur iqtisodiy islohotlar moddiy -texnika ta’minoti tiziminihamtubdano'zgartirdi.
«O'zulgurjibirjasavdo» xo'jalik mexanizmini rejaviy moddiy -texnika ta’minoti tizimidan erkin xo'jalik aloqalariga o'tishi, davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish, ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalar tuzish yo'li orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Moddiy-texnika ta’minoti va sotish bozor usullari bo'yicha oldi-sotdi, ulgurji savdo, yarmarka, birja va kimoshdi savdolari yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ta’minotchi va iste’molchilar o'rtasida bevosita o'zaro manfaatli aloqalar moddiy-texnika ta’minoti ning yetakchi shakli bo'lib qoldi. «O'zulgurjibirjasavdo» uyushmasi respublikada ishlab chiqarish vositalari bozorini vujudga keltirish, tovar resurslarini oldi-sotdisini uyushtirish, korxonalar, muassasalar va tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishni kengaytirish hamda rivojlantirishga ko'maklashadi.
Uyushma tarkibida 13 ta respublika aksiyadorlik ulgurji vositachilik firmasi, «Sanoatanjomkartonsavdo» aksiyadorlik ishlab chiqarish savdo birlashmasi, respublika viloyatlari va Qoraqalpo g istondagi 14 ta hududiy tijorat-vositachilik aksiyadorlik kompaniyalari, aksiyadorlik transport ekspeditsiya agentligi, aksiyadorlik tovar xomashyo birjasi, «Trastbank » aksiyadorlik birja banki, doimiy ishlaydigan yarmarka va kimoshdi bozorlaridireksiyaimavjud.
Tovar olib-sotish va xizmat ko rsatish bo yicha operatsiyalar. Tijorat tadbirkorligining asosiy mazmunini tovar olib-sotish va xizmatlar ko'rsatish tashkil etadi. Tijorat tadbirkorlik faoliyati umumiy shaklda ishlab chiqarish tadbirkorligi faoliyatiga o'xshab ketadi. Tijorat tadbirkorligida iste’molchiga moddiy resurslar o'rniga tayyor tovariar sotiladi. Tijorat tadbirkorligida mahsulot ishlab chiqarish o'rnini tayyor tovar egallaydi. Tijorat bitimi tuzishdan oldin bozor tahlilini o'tkazish zarur.
Umumiy ko'rinishda marketing-tijorat korxonalari va firmalari xo>lik faoliyatining barcha tomonlarini boshqarish va tashkil etish tizimidir. Marketing yordamida savdo korxonasining hayotiy faoliyati amalga oshiriladi, ya’ni bozor o'rganiladi, tovar iste’molchiga etkaziladi, moliyaviy ta’minot va foyda olish yoTga qo'yiladi. Shu yerda savdo korxonasiga o'zaro bog'liq ikki talab qo'yiladi, ya’ni iste’molchilaming o'zgaruvchan harakatini o'rganish va raqobat sharoitida faoliyat ko'rsatish.
Savdo sohasida marketingni amalga oshirislming eng muhim sharti uni rejalashtirishdir. Marketing rejasi natura va qiymat ifodasidagi sotish hajmini belgilaydi. Tovariar talabga qarab farqlanadi. Birinchi guruhga bozorni hali egallamagan tovariar kiradi, ikkinchi guruhni esa keng talabga egaan’anaviy tovariar tashkil etadi.
Marketing tuzilmasi tezkor boshqarish ishlari bilan birga bozorni o'rganish, rejalashtirish, maqsadlami amalga oshirish, bashorat qilish va ularni nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Savdo firmasidagi marketing faoliyatining model-dasturini quyidagicha tasvirlash mumkin.
Наг bir tijorat bitimi umumiy holatda quyidagilarni o'z ichiga oladi:
-savdo-vositachi xizmatlarni bajarish uchun ishchilarni yollash (tovarni sotib olish, tashish, sotish, reklama ishini olib borish, kerakli xizmatlarni rasmiylashtirish);
-tovarni caqlash va sotish uchun kerak bo'lgan omborxona, baza, savdo do'konlarini sotib olish yoki ijaraga olish;
-tovarni keyinchalik sotish uchun sotib olish;
-amalga oshiriladigan ishni moliyalashtirish uchun pul mablag'larini kreditga olish va keyinchalik kredit va uning foizini qaytarish;
-vositachilik faoliyati ko'rsatayotgan boshqa tashkilot yoki shaxslarning xizmatlaridan foydalanish va ularga pul to'lash;
-bitimda ko'rsatilgan ishni rejalashtirish, rasmiylashtirish va tartiblashtirish uchun zarur bo'lgan axborotni to'plash yoki sotib olish;
-tovarni xaridorga sotish;
-bitimni rasmiylashtirish, barcha soliq va to'lovlarni to'lash.
Tijorat bitimining barcha muhim tadbirlari muddat jihatidan o'zaro bog'liqdir. Bitim yakunida biznes-reja va harakatlaming yiriklashtirilgan muvofiqlashtiruvchi rejasi ishlab chiqiladi. Agar bitim yirik bo'lib, ko'p muddatga cho'zilsa, ishni bajarish uchun reja jadvalini tuzish tavsiya etiladi.
Moliyaviy tadbirkorlik. Tijorat banklari va fond birjalari moliyaviy tadbirkorlik uchun faoliyat ko'rsatuvchi maqom bo'lib xizmat qiladi. Ushbu bozor institutlarining mohiyati nimada?
Tijorat banki aksiyadorlik turidagi moliyaviy-kredit muassasasi bo'lib, asosan pul omonatlarini (depozitlar ni) qabul qiluvchi va mijoz ko'rsatmasi bilan boshqa hisob-kitob operatsiyalarni amalga oshiruvchi tijorat tashkilotlariga pulli xizmat ko'rsatadi. Tijorat banklarining daromad manbai depozit Oalb etilgan) va ssuda mablag'lari o'rtasidagi farqlardan shakllanadi.
Tijorat banklari operatsiyalari passiv (mablag'larni jalb etish), aktiv (mablag larni joylashtirish), komission-vositachi (komission to'lovlari bo'lgan mijozlarning topshiriqlarini bajarish) kabi uch guruhga bo'linadi.
Tijorat banklari mablag'larni katta muddatga olib, kichik muddatga qarzga beradi. Bu banklar kreditorlarga oldindan belgilangan foizlarni to'lash bilan bog'liq tijorat tavakkaliga uchraydi. Shu sababli bank berilgan qarzlari turli sabablarga ko'ra o'z vaqtida qaytmasligini hisobga olib, ma’lum pul zahirasiga ega bo'lishi kerak.
1996-yil 25-aprelda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonunida tijorat banklari
faoliyatining barcha huquqiy asoslari aniq belgilab berilgan. 1996-yilning birinchi choragida tijorat banklari vakillik hisob raqamlarini Markaziy bank hisob-kitoblar markaziga o'tkazish to liq tugallandi va kliring markazlari tugatildi. Bu hudud ichidagi banklar o'rtasida operatsiyalarning sanoqli soatlarda o'tkazilishiga imkon beradi.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasida bir qancha tijorat aksionerlik banklari faoliyat yuritmoqda. Tijorat banklari milliy iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlari, korxona va tashkilotlari, xo'jalik va tadbirkorlik subyektlarini kreditlash, moliyalash va ularga hisob-kitob xizmati ko'rsatishni amalga oshiradi. Banklar faoliyati to'la mustaqildir. O'z resurslari etmay qolganda ular boshqa banklardan yoki Markaziy bankdankreditolishimumkin.
Fond birjasi. Moliyaviy tadbirkorlikning elementlaridan yana biri fond birjasidir. Kapitalning ko'payishi, aktivlarning haqiqiy narxini aniqlashga qaratilgan qimmatbaho qog ozlar bozoriga fond birjasi deyiladi. Fond birjasining faoliyat tamoyili talab va taklifni tezkor tartiblashtirishdan iboratdir. Fond birjalarida qimmatbaho qog ozlarning kopirovkasi o'tkaziladi. Bunga muvofiq birjaning kopirovka bo'limi mutaxassislari birja orqali o'tayotgan barcha qimmatbah о qog ozlarning xarid kursi va sotuv kurslarini muntazam ravishda baholab boradilar. Joriy kurslar esa doimo chiroqli tabloda yozilib, maxsus byulletenda chop etiladi.
Joriy kurslarga binoan shu vaqt shu birjada ma’lum aksiyalarni sotish yoki sotib olish narxlari aniqlanadi. Bu narxlar maxsus formula yordamida chiqarilsa, ular birja faolligining indeksini aniqlash uchun asos bo'ladi. Birja faolligi iqtisodiyotda sodir bo'layotgan ahvolni o'ziga xos ravishda aksettiradi.
Shu bilan birga, davlat monopolistik kapitalizm sharoitida qimmatbaho qog ozlar savdosida birja roli ancha pasaydi. Buning asosiy sababi kuchli kredit-moliya institutlarining yuzaga kelishidadir. Ular qimmatbah о qog ozlar savdosini birjalarsiz olib boradilar. Qimmatbaho qog'ozlar savdosida birjalar roli tushib ketganiga sabab, davlat obligatsiyalarining qimmatbaho qog ozlar umumiy hajmidagi salmog'i oshganligidadir.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda ham fond birjalari o'z faoliyatini amalga oshirib kelmoqda. «Toshkent» respublika fond birjasi erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar savdosi bilan shug ullanuvchi yopiq aksiyadorlik jamiyati, 1994-yil aprelda «Toshkent» respublika universal tovar-fond birjasi tarkibidagi fond bo'limi asosida tashkil etildi.
Birja qimmatli qog'ozlaming bir maromda muomalada bo'lishini ta’minlaydi, ularning bozor bahosini belgilaydi va ularga doir ma’lumotlarni tarqatadi. Birjaning 81 brokerlik idorasi bo'lib, ularda jami 240 broker ishlaydi.
Respublikaning qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish borasida hukumat tomonidan bir qancha tadbirlar ко rildi. Bunday bozorlar respublikada ilgaridan ma’lum bo'lib, 1920-1930-yillarda veksellar, depozitli sertifikatlar, obligatsiyalar muomalada bo'lgan. 1995-yildan esa bunday qimmali qog ozlar «Toshkent» respublika fond birjasi orqali sotila boshladi.
Respublika fond bozoriga Markaziy bank tomonidan veksellar bilan birga depozit va jamg'arma sertifikatlari chiqarildi. Qimmatli qog'ozlar bozorini kengaytirish maqsadida fond do'konlari tarmog'i vujudga keltirildi. Ularning soni 55 tagayetdi.
1995-yilda «Toshkent» fond birjasi Yevropa-Osiyo fond birjalari federatsiyasia’zoligigaqabulqilindi.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin