1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə9/13
tarix24.06.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#134798
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kichik biznes

Aralash xolding nazorat va boshqaruv vazifalari bilan bir qatorda sanoat, savdo, transport, kredit-moliya va boshqa sohalarda tadbirkorlik faoliyati bilan ham shugullanish maqsadlarida tuziladi.
O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan xolding kompaniyalari quyidagi yo'llar bilan tashkil etiladi:
-yirik korxonalarni qayta tashkil qilishda darning tarkibiy bo'linmalarini mustaqil yuridik shaxs (shu’ba korxonalar) sifatida bunyod etishyo'li bilan;
-yuridik jihatdan mustaqil korxonalaming aksiya paketlarini birlashtirishyo'li bilan;
-yangi aksiyadorlik jamiyatlarini ta’sis etish yo'H bilan.
Xoldinglar monopoliyaga qarshi organning ruxsati bilan tashkil etiladi. Xoldingni tashkil etishga ruxsat olish uchun monopoliyaga qarshi organgaboshqahujjatlar bilan birga:
-nizom loyihasi;
-xoldingni tuzishga xohish haqida bayonnoma yoki ta’sischilar shartnomasi;
-tuziladigan xoldingga kiritish uchun tavsiya etilayotgan korxonalar ro'yxati;
-shu korxonalardan har qaysisining xo'jalik faoliyati turiari va hajmi haqidagima’lumotlartopshiriladi.
Agar xoldingni tuzish biror-bir mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish monopoliyasiga olib keladigan bo'lsa, bunday xoldingni tuzishga ruxsat berilmaydi.
Davlat korxonalari davlat mulki bo'lgan va uning nazorati ostida ishlovchi korxonalar bo'lib, ular ishlab chiqarishdagi davlat sektorini tashkil etadi, eng muhim va mas’uliyatli vazifalar (mudofaa, aloqa, energetika, transport va boshqalar)ni bajaradi.
Qo'shma (aralash) korxonalar xususiy, davlat va jamoa mulkining aralash mablag lariga tayanadi. Aralash firmalar milliy va xorijiy kapitalga tayangan hissadorlik qoidasiga binoan tashkil topadi, foydasi shunga qarab taqsimlanadi.
Qo'shma korxona tuzishga hamkorlarni nima majbur qiladi? AQSH olimlari quyidagi omillarni keltiradilar:
-kapital xarajatlar hajmining qisqarib ketishi va yangi quvvatlarni barpo etishdagi xavotirlik;
-aniqgeografikbozorgaotish;
-yangi faoliyatsohasigao'tish;
-ishlab chiqarish sohasining bazasi yoki xomashyo manbaini qo'lga kiritish;
-ishlayotgan ishlab chiqarish liniyalarining kengaygan ligi;
tovar yoki xizmatlarni sotishning yangi tarmoqlari paydo bo'lganligi;
-mavjud marketingning samaradorligi oshganligi;
-takrorlanib turuvchi yoki mavsumiy beqarorlikni bartaraf etish imkoniyati;
-qo'shma korxonadagi hamkorlar yordamida ishlab chiqarish xarajatlarinikamaytirish imkoniyati.
Qo'shma korxonalar o'zaro manfaatdorlik negizida, hukumatlararo shartnomalar asosida tashkil qilinib, ilmiy-ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va boshqa vazifalarni echishga qaratilgan. Ular sanoat, qishloq xo'jaligi,
qurilish, transport, savdo, fan va iqtisodiyotning boshqa sohalarida tarkib topishimumkin.
Qo'shma korxonalar, asosan, chet el texnikasi va texnologiyasi asosida barpo etilib, mahalliy xomashyo va ishchi kuchi hisobiga ishlaydi. Korxona mustaqil balansiga ega bo'ladi va xo'jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Respublikamizda AQSH, Italiya, Turkiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Koreya, Yaponiya kabi qator davlatlar kompaniyalari bilan hamkorlikda qo'shma korxonalar qurilib, ishga tushirilgan.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin