1. Tadbirkorlik faoliyatining turiari Tadbirkorlik faoliyatining shakllari



Yüklə 98,94 Kb.
səhifə6/13
tarix24.06.2023
ölçüsü98,94 Kb.
#134798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kichik biznes

Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o'z tavakkalchiliklari va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish maqsadida amaldagi qonunchilik asosida amalga oshiriladigan tashabbuskor xo'jalik faoliyatidir. Xususiy tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, bu yerda faoliyat yurituvchilar o'z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida ish ko'radilar va o'z korxonalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishga majburdirlar.
Jamoa tadbirkorligi bir guruh fuqarolarning o'zlariga ma’qul bo'lgan mulkchilik shakllarida jamoalarga birlashib, jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o'z ifodasini topadi. Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan erkin va mustaqil korxonadir. Firmalarning turiari juda kr/p, ularni quyidagicha tasvirlash mumkin (2.1-rasm).
Xususiy firma deganda ayrim shaxs yoki oilaga tegishli, yakka xususiy mulkka asoslanib faoliyat yuritadigan korxona tushuniladi.
Shirkat firma bir necha sohibning mulkini birlashtirish va tadbirkorlikdan olinadigan foydani baham ko'rishga asoslangan sherikchilikkorxonasidir.
Shirkat firmalariningikkiturimavjud:
-mas’uliyaticheklanmaganjamiyatlar;
-mas’uliyaticheklanganjamiyatlar.
Mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar ikki yoki undan ko'proq kishilarning mulki asosida yuzaga keladi. Sheriklarning dastlabki mulki firmaning ustav kapitali deyiladi. Bu kapitalga har bir sherik o'z hissasini qo'shadi. Ular ustav fondiga qancha pul qc/ysa, shu hissaga binoan foyda olishadi. Bordi-yu firma sinsa, sheriklar zararni hamjihatlikda ko'taradi, ya’ni bir sherik boshqasining javobgarligini ham zimmasiga oladi.
Shirkat a’zolari o'rtasida tuzilgan bitim shirkatning huquqiy asosi hisoblanadi. Bu bitim quyidagi bandlarni o'z ichiga oladi:
-harbirhamkorningvakolati;
-bitimningmuddati;

  • har bir vakilning umumiy ishga qo'shgan ulushi;

  • daromadlar va yuz berishi mumkin bo'lgan zararlarni o'zaro bo'lish yo'1-yo'riqlari;

  • uyushma mablag'laridan har bir hamkorning olishi mumkin bo'lgan aniqvabelgilanganpulhajmi;

- uyushmada amalga oshirish zarur bo'ladigan moliyaviy ishlar
tartibi;
-yangihamkorniqabulqilishtartibi;
-shirkatnitarqatibyuborish tartibi.
Shirkatga davlat, kooperativ, jamoa va boshqa tashkilotlar, shuningdek xorijiy tashkilotlar va ftiqarolar ham qonun уоЧ qo'ygan hollardaa’zoboMishi mumkin.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalarning ustav fondi faqat ta’sischilar mablag (aksiya)lari hisobiga barpo etiladi. Jamiyat qatnashchilari qo'shgan ulushlari doirasida javobgar bo'ladi. Shirkat o'z faoliyati uchun ustav fondi miqdorida javobgar hisoblanadi.
Mas’uliyati cheklangan shirkat firmalar nomiga «limited» so'zi qo'shiladi, bu inglizcha so'z bo'lib, «cheklangan» ma’nosini bildiradi.
Mas’uliyati cheklangan firmaning bir qator turiari mavjud. Ularning eng keng tarqalgan shakli aksiyadorlik jamiyatlari va korporatsiyalardir. Aksiyadorlik jamiyatlarini tuzish va faoliyatini tashkil qilish tartibi
O'zbekiston Respublikasining «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'grisida»gi qonunda ifodalangan. Ushbu qonunning 2-moddasiga muvofiq:
Aksiyadorlik jamiyati jismoniy shaxslar kapitallarining birlashuvi bo4ib, u aksiyalar chiqarish yo'li bilan tashkil etiladi.
Jamiyat jamlangan kapitaliga qarab maxsus qimmatli qog'oz aksiya chiqaradi. Aksiyani sotib olganlar hissadorlarga aylanadi va foydadan o'z hissasi divedendni olib turadilar. Aksiyadorlik jamiyati o'z majburiyatlari bo'yicha o'ziga tegishli butun mol-mulk bilan javobgar hisoblanadi. Aksiyadorlar jamiyati majburiyatlari bo'yicha javobgar emas va uning faoliyati bilan bog liq zararlar uchun faqat o'zlariga tegishli aksiyalar qiymatidoirasida javobgar hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan aksiyalarning nominal qiymatlaridan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo'lishi lozim. Aksiya boMiranas hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini ta’sis etishda uning jami aksiyalari ta’sischilarorasidatarqatilishikerak.
Aksiya fond birjalarida muomalada bo'ladi, bir shaxsdan boshqasiga erkin o'tadi va aksiyalar uchun uning hissasi to'g'risidagi hujjat hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatini:
-aksiyadorningumumiymajlisi;
-kuzatuvkengashi;
-ijroorganiboshqaradi.
Aksiyadorlarning umumiy majlisi oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilanmagan bo'lsa, u aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog'liq barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega. Aksiyadorlik jamiyatining kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi. Aksiyadorlik jamiyatining joriy (kundalik) faoliyatiga yagona ijro organi (direktor) yoki kollegial (maslahat) ijro organi (boshqaruv, direksiya) rahbarlik qilishi mumkin.
Aksiyadorlik shaklidagi tadbirkorlikning quyidagi afzalliklari bor:
- aksiyadorlik jamiyati biznesning ko'proq demokratik shaklidir. Unga hohlagan kishi bevosita yoki obuna bo'lish yo'li bilan aksiyani sotib olib, a’zo bo'lishi va mulk egasiga aylanishi mumkin;
- vaqtincha bekor turgan sarmoyalar markazlashuviga erishiladi;
- nisbatan samarali sohalarga kapital oqimini tashkil qilish imkoniyati tug'iladi;
- davlat mulkini xususiylashtirish imkoniyatlari kengayadi;
-moliyaviybarqarorlikkaerishiladi;
- tadbirkorlikda tavakkalchilik xavfi kamayadi (hissador o'z aksiyasi miqyosida ziyon ко'rsa, korxona egasi butun mulkidan ajraladi);
- bir vaqtning o'zida ishlab chiqaruvchilar, tovar yetkazib beruvchilar, xaridorlar va mahalliy davlat organlari manfaatlarining o'zaro muvofiqlashuviga erishiladi.
Aksiyadorlikjamiyati ochiq va yopiq turda bo'lishi mumkin.

Yüklə 98,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin