1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. Statistik jadvallarning turlari. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari



Yüklə 100,44 Kb.
səhifə1/6
tarix07.01.2024
ölçüsü100,44 Kb.
#206030
  1   2   3   4   5   6
1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati. Statistik jadv


Statistik jadvallar va grafiklar


Reja:



1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati.
2. Statistik jadvallarning turlari.
3. Statistik jadvallarni tuzish qoidalari.
4. Statistik jadvallarni o’qish va tahlil qilish.
5. Statistik ko’rsatkichlarni grafiklarda tasvirlashning ahamiyati.
6. Statistik jadvallar va grafiklardan amaliyotda foydalanish.
7. Statistik ma’lumotlarni tahlil qilishda statistik jadvallar va statistik grafiklardan kompleks foydalanish va uning ahamiyati.

Statistik ma’lumotlarni shunday taqdim etish kerakki, ulardan foydalanish qulay bo’lsin, ularni o’qish va tushunish oson bo’lsin. Ularni taqdim etishning eng kamida 3 ta usuli mavjud: matnda so’z bilan bayon etish, jadval zuhurida va grafiklar orqali tasvirlash.


Ma’lumotlarni so’z bilan matnda bayon etish ko’rinishda yaxshi yo’lga o’xshab tuyulsa ham, ammo sub’ektning mahoratiga, ma’lumotlarni talqin qilishdagi o’ziga xoslikka bog’liq. Bundan tashqari, bu holda ularni har taraflama tushunish, bog’lanishlarini payqash birmuncha og’irlashadi.
1. Statistik jadvallarning mohiyati va ahamiyati..

Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlash-tirib taqdim etish usulidir


Statistik axborotlarni jadvalda ifodalash so’z bilan bayon etishga qaraganda o’rganilayotgan voqealarni ravshan va jozibali qilib tasvirlaydi.
Statistikadagi jadvallar logarifmlik, karra va boshqa jadvallardan tubdan farq qiladi. Ular ijtimoiy - iqtisodiy hayotimiz, turmushimizning turli tomonlarini ta’riflovchi ko’rsatkichlarni yaqqol va ixcham shaklda, o’zaro bog’lanishda ifodalab, umumiy va o’ziga xos xususiyatlarini oydinlashtiradi.
Jadvallar yotiq va tik to’g’ri chiziqlar kesilmalaridan tuzilgan geometrik shakl bo’lib, qator va ustunlardan tarkib topadi. Ularda o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Har bir qator va ustun o’z nomiga, jadval esa umumiy sarlavhalarga ega bo’lib, bular jadvalning asosiy unsurlari hisoblanadi.
Agarda jadval qatorlari va ustunlari o’z nomlariga hamda umumiy sarlavhaga ega bo’lib, sonlar bilan to’ldirilmagan bo’lsa, u jadval maketi deb ataladi. Har bir jadval qisqa, aniq va tushunarli, shu bilan birga ma’lumotlar ma’nosini oydinlashtiradigan sarlavhaga ega bo’lishi kerak.
Umumiy sarlavhada jadvalda joylashgan sonlarning asosiy ma’nosi ifodalangan bo’lishi va shuningdek, qaysi hudud, qaysi davrga nisbatan olinganligi ko’rsatilgan bo’lishi, shuningdek, o’lchov birligi ham berilgan bo’lishi lozim.
Statistik jadval chuqur ma’noga ega bo’lib, ijtimoiy voqea va hodisalarni ifodalashi bo’yicha uni o’ziga xos mantiqiy gapga o’xshatish mumkin. SHuning uchun har bir statistik jadvalning egasi va kesimi mavjuddir. Har xil ko’rsatkichlar orqali ta’riflanayotgan statistik to’plam jadvalning egasi, ko’rsatkichlar esa jadvalning kesimi hisoblanadi. Jadvalning egasi, odatda, jadvalning chap qismida, kesimi esa o’ng tomonida bo’ladi. Lekin ular aksincha joylanishi ham mumkin.

Yüklə 100,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin