1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili. Tu shunchaviy-terminologik apparati



Yüklə 0,73 Mb.
tarix07.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#60840
1-ma'ruza
Psixologiya Hasanov Abdumajidova MM uz 4f578, Anatomiya, Infratuzilma R.I (Lotincha), Azamatov, M., ATMOSFERA IQLIMI VA OB-HAVO HAQIDQGI BILIMLARNI O'ZLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH, 2 5285371932525464276, meva savzabotlarni saqlashga tayorlash jarayonlari

1. Psixolingvistikaning obyekti va predmeti. Psixolingvistikaning o‘ziga xos xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyili.
Tu shunchaviy-terminologik apparati.

Psixolingvistikaning obyekti, predmeti. Tu shunchaviy-terminologik apparati. Til – nutq – nutq faoliyati. Nutqni idrok etish, tilni egallash. Individ va kommunikatsiya. Psixolingvistikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi. Psixolingvistikaning asosiy xususiyatlari: inson omili, vaziyat omili, eksperiment tamoyiliga tayanish.
Psixolingvistika nutq faoliyatini nutq akti mazmuni bilan so‘zlovchining maqsad-niyati orasidagi aloqadorlik nuqtai nazaridan o‘rganadigan fan. U nutqni idrok etish, tilni egallash kabi masalalarni o‘rganadi. Psixolingvistikaning diqqat markazida individ va kommunikatsiya turadi. Lingvistika nutq tuzilishini til qonunlariga ko‘ra o‘rganadi. Psixolingvistika esa nutq hosil qilish, nutqni qabul qilish, shuningdek, ona tili va chet tilini o‘zlashtirish jarayonlariga murojaat qiladi. Unga ko‘ra, so‘zlovchi nutqni yuzaga chiqarar ekan o‘zi o‘ylagan niyatini ma’lum qoidalar asosida aniq tilning nutq birliklariga uzatadi. Tinglovchi nutqni qabul qilar ekan nutq ifodalarining tashqi shaklida o‘z aksini topgan ma’noni chiqarib oladi.
Psixolingvistika tilni psixikaning fenomeni sifatida o‘rganadi. Psixolingvistika qarashicha, so‘zlovchi va tinglovchi, yozuvchi va o‘quvchining ichki dunyosi qanday bo‘lsa, til ham shu darajada mavjud. shu bois, psixolingvistika faqat matnlargina saqlanib qolgan, bu matn yaratuvchilarining psixik olamlari bo‘lmagan o‘lik tillar (masalan, eski slavyan yoki grek tillari)ni o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi.
Psixolingvistika kodlash va dekodlash jarayonlarini o‘rganadi. O‘z navbatida kodlash va dekodlash xabar holati bilan kommunikatsiya ishtirokchilari holatining o‘zaro munosabatini aniqlaydi. shuni ta’kidlash joizki, psixolingvistikaning tadqiqot predmeti faqat kod (til) strukturasi va signal bo‘lib qolmay, balki matn yaratish va uni tu shunish bilan bog‘liq jarayonlar, kishilar muloqotidagi barcha murakkab omillar hisoblanadi.
Psixolingvistika ba’zan til va tafakkurni o‘rganadigan fan sifatida belgilanadi. Psixolingvistikaning asosiy maqsadi insonning so‘zlash va tilni tu shunish qobiliyati zamirida yotgan struktura va jarayonlarni aniqlashdir. Psixolingvistlarning kishilar orasidagi o‘zaro til munosabatlari bilan qiziqishlari shart emas. Ular individning ichida kechayotgan hodisalarni tadqiq qilishga harakat qiladi.
“Psixolingvistika”, “Psixologiya”, “Lingvistika”, “Sotsiolingvis-tika”, “Mentalingvistika”, “Tibbiyot”, “Antropologiya”, “Sotsiologiya”, “Falsafa” va “Huquq shunoslik” fanlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Psixolingvistikaning asosiy xususiyatlari: inson omilini hisobga olish, vaziyat omilini hisobga olish, eksperiment tamoyiliga tayanishdir. Psixolingvistikaning eng muhim xususiyati inson omili hisoblanadi. Ya’ni inson nutqni yaratadi va idrok qiladi. Psixolingvistika bu omilni nafaqat nutqning, balki eng muhimi - tilning o‘zini ham xarakterini, mohiyatini aniqlaydigan majburiy omil sifatida o‘z modellarining tavsiflari, asos qilib olingan hukmlariga faol tatbiq qiladi. Bunda qandaydir mavhum “umuman odam” emas, balki, real dinamikali xotiraga ega bo‘lgan real odamlar, ularning yoshga oid xususiyatlar, Shaxsiy tajriba, ijtimoiy rol va h. nazarda tutiladi.
Inson omilini kiritish – bu muhim, biroq u nutq faoliyatiga psixolingvistik yonda shuvni xarakterlovchi yagona jihat emas. Modomiki, so‘zlovchi va tinglovchi omili kiritilgan ekan, o‘z-o‘zidan vaziyat omili ham kiritilgan hisoblanadi. Inchunun, kishi qandaydir vaziyatda gapiradi va eshitadi. Buning ustiga, shunchaki qandaydir konkret vaziyatda emas, balki belgilangan, aniqlangan tipdagi vaziyatda gapiradi va eshitadi. Agar til va nutqni klassik qarama-qarshi qo‘yishda barcha vaziyatlar faqat nutqqa taalluqli bo‘lgan, tilga esa vaziyat momentlaridan mustaqil, barqaror sistema sifatida qaralgan bo‘lsa, psixolingvistik yonda shuvda murakkab va dinamikali vaziyat omili inson omilidek nafaqat nutqda, shuningdek, tilda ham mavjud bo‘ladi.
Nihoyat uchinchi jihat psixolingvistik tadqiqot xususiyatini amalda tu shunish mumkin bo‘lgan eksperiment omilidir. Umuman olganda, psixolog ham lingvist ham psixolingvistikani o‘rganishga jalb qilingan. Har ikkalasi ham sotsiolog hisoblanadi. shu tomondan, ularning masalaga yonda shuv metodi ham bir bo‘ladi. Barcha sotsiologlar gipotezalarni shakllantirish va sinash bilan shug‘ullanishadi. Boshqa tomondan esa, psixologlar o‘z gipotezalarini asosan sinchiklab boshqariladigan eksperimentlar orqali tekshirishadi.
Nazorat savollari
1. Psixolingvistika fanining obyekti nima?
2. Psixolingvistika fanining predmeti nima?
3. Psixolingvistikaning sinonimi sifatida qanday termin qo‘llaniladi?








Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə