1. Parafin uglevodorodlar haqida umumiy tushuncha. Gaz holdagi parafin uglevodorodlar



Yüklə 51 Kb.
səhifə1/3
tarix05.12.2023
ölçüsü51 Kb.
#172657
  1   2   3
FE6277D5-C080-4D72-B54F-EA8924088422.3-ma\'ruza


3-MA’RUZA (2 soat)
Mavzu: Parafin uglevodorodlar. Gaz holidagi paraffin uglevodorodlar. Suyuq paraffin uglevodorodlarning qo’llanilishi.
Reja:
1. Parafin uglevodorodlar haqida umumiy tushuncha.
2. Gaz holdagi parafin uglevodorodlar.
3. Suyuq parafin uglevodorodlar.
4. Qattiq parafin uglevodorodlar.
5. Parafin uglevodorodlarining qo’llanilishi.
Neftkimyo sanoati uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan para­fin uglevodorodlarga, birinchi navbatda, quyi molekular C1-C5 pa­rafin uglevodorodlar kiradi. Uglerod atomlari soni 6-10 dan iborat bo‘lgan parafin uglevodorodlar chegaralangan miqdorda ishlatiladi.
C10-C20 va C20-C40 parafin uglevodorodlarida sintetik yuvish vositalari yarim mahsulotlarini ishlab chiqarishda keng ko‘lamda foydalaniladi. Parafin uglevodorodlarni ishlatishda oqsil-vitaminli konsentratlarni bakteriyalar vositasida bijg‘itish usuli bilan olish yangi yo‘nalish hisoblanadi.
Parafin uglevodorodlar uch turga – gaz holatdagi, suyuq va qattiq turga bo‘linadi.
Gaz holatdagi parafin uglevodorodlar
Gaz holatdagi parafin uglevodorodlarga metan, etan, propan, butan va izobutan kiradi. Tabiiy gazlar bevosita yer qa’ridan qazib chiqariladi; tabiiy gaz ko‘pincha neft qazib chiqarishda yo‘ldosh gazlar sifatida ajralib chiqadi; ko‘p hollarda esa alohida kon hosil qilishi mumkin.
Neftkimyo uchun stabilizatsiya gazlari, gaz-kondensat konlari uglevodorodlari, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan gazlar katta ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy gazning tarkibiga qarab ularni 2 guruhga: quruq va yog‘liq gazlarga bo‘linadi.
Q‘uruq gaz, asosan, metandan tashkil topgan bo‘lib, tarkibida ozgina miqdorda etan ham bo‘ladi. Gaz tarkibida uglevodorodlardan tashqari uglerod dioksid, azot, kislorod, vodorod sulfidlar, gohida geliy ham bo‘ladi. Gaz tarkibida 3-4% dan kam bo‘lmagan miq­dorda etan bor bo‘lsa, -20°C da uni yengil absorbsiya moyi bilan absorbsiya qilib ajratib olinadi va neftkimyo sintezining qimmatli xomashyosi bo‘lgan etilenga degidrogenlashda ishlatiladi. Gaz tarkibidan 4% gacha etan ajratib olinadi, qolgan gazni atsetilen ishlab chiqarishda yoki yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.
Neftkimyo uchun qimmatli bo‘lgan yog‘li (yo‘ldosh) gazdir. Yog‘li gaz komponentlarini 3 guruhga bo‘lish mumkin:
1) metan, etan va qo‘shimchalar (N2,CO2,O2 va boshqalar), boshqacha aytganda quruq gaz;
2) propan, butan-20 atmosfera bosimda va normal haroratda su- yuq holatga o‘tadigan uglevodorodlar (suyultirilgan gazlar);
3) pentan, geksan va geptan-normal sharoitda suyuq holatda bo‘lgan uglevodorodlar (gaz benzini).
Chuqur burg‘ilash hajmlarining oshishi munosabati bilan neft­kimyo sintezi xomashyolari manbai sifatida gaz kondensat konlari tobora ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda. Kondensat konlaridan chiqqan gaz etan, propan va butan miqdori bo‘yicha tabiiy hamda yo‘ldosh gazlar oralig‘idan o‘rin oladi.
Kondensatsiyalangan komponentlarni, ya’ni suyulgan gazlarni va gaz benzinini ajratib olish uchun 3 usul ishlatiladi:
1) kompression (bosim ostida haydash);
2) absorbsion (katta solishtirma yuzaga ega bo‘lgan materiallar - masalan, faollangan ko‘mir bilan absorbsiyalash). Ushbu usul gazda yuqori molekular komponentlar kam bo‘lganda ishlatiladi.
3) absorbsion (moy bilan absorbsiyalash).
Hozirgi paytda eng ko‘p qo‘llanilayotgan usul - absorbsion usul bo‘lib, bunda 35 atmosfera bosim ostida turgan gazdan C3 va undan yuqori uglevodorodlarni absorbsion moyda eritib, ajratib olinadi. Yutilgan uglevodorodlarni desorbsiyalash va absorbentni regeneratsiya qilish to‘yingan absorbtsion moy (yog‘li moy)ni isitish orqali amalga oshiriladi; shundan so‘ng absorbent «ochiqqan moy» yana absorbsiyaga yuboriladi. Yog‘dan ajratib olingan parafin uglevodorodlardan gaz benzini olish uchun bosim ostida propan va butanlar haydalib, so‘ng ajratish uchun jo‘natiladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlar mavjud bo‘lib, ularda neftkimyo sintezi uchun xomashyo bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi. Yengil parafin uglevodorodlar, asosan, neftni to‘g‘ri haydash jarayonida, dizel yoqilg‘isini gidrotozalashda va gidrokrekingda oli­nadi.
Quyi molekular parafin uglevodorodlar neftkimyo sintezi uchun qimmatli xomashyo hisoblanadi. Etan va propan neftkimyo uchun qimmatli xomashyo turi bo‘lgan etilen hamda propilenni olishga ishlatiladi, butan va pentan esa sintetik kauchuklar olish uchun dastlabki monomer bo‘lgan butilen, butadien va izoprenlarni olishda foydalaniladi.
Parafin uglevodorodlar nitrolash, xlorlash va oksidlash jarayonlarida ham ishlatilishi mumkin. Hosil bo‘ladigan nitroparafinlar (erituvchi), metilxlorid, xloroform, uglerod IV-xlorid, etil xlorid (tetraetilqo‘rg‘oshin olish uchun ishlatiladi), formaldegid, metanol, atsetaldegid va boshqalar qimmatli moddalar hisoblanadi.

Yüklə 51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin