1. Oila ma’naviyat qo‘rg‘oni


Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix02.06.2023
ölçüsü1,86 Mb.
#121895
1   2   3   4
1pWoPs1PnvavGlH7HokTp44nNsEo7C0Vdl570N5Y

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat
va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. 
(O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi,
63-modda).
Barcha muqaddas kitoblarning mohiyatida bir
narsa – ezgulik mujassam. Yaxshilik – inson hayotining
mazmuni. Inson xarakterini, tabiati va dunyoqarashini,
qo‘yingki, insonligini belgilaydigan ma’naviy mezon va
qarashlar – yaxshilik, ezgulik, olijanoblik, mehr-oqibat, or-
nomus, uyat-andisha kabi tushunchalar borki, ularning
poydevori avvalo oilada shakllanadi, oilada qaror topadi.
Insonni oiladan ayri tasavvur etib bo‘lmaganidek, oilasiz jamiyatni ham tasavvur etish mumkin emas.
Oila farzandlarni tarbiyalash, odamlarning ma’naviy va jismoniy kamolotiga xizmat qilish, ularni yagona
maqsad sari birlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlash vazifalari uchun ham mas’uldir.
“Bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor.
Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi”, deb yozadi Prezidentimiz Islom
Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida.
O‘zaro suhbatlarda “farzandlarni deb yashab yuribmizku”, degan gapni ko‘p ishlatamiz. Biz shunday
xalqmizki, farzandimiz ko‘z ochgan kundan to o‘zimiz ko‘z yumgunga qadar bolam, deymiz. Qon-
qonimizga singib ketgan bu xususiyat jamiyatimizning ham bosh maqsadiga aylangan.
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda, bugun qilayotgan ishlarimizning barchasi farzandlarimizning baxtu
saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar,
iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. Yoshlarimizni har
tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ma’naviyat qo‘rg‘oni bo‘lmish oilani mustahkamlash
barchamizning burchimizdir.


2. Oiladagi shaxslarning bir – biri va oila a`zolari orasida
buzilishlarni ko`rinishi.
Oiladagi
kelishmovchiliklarning
asosiy
sabablari:
qaynona
-
kelin
munosabatlarining
kelishmovchiligidir.
Ma`lumki, bir-biriga aynan o`xshash mos ikki odamning bo`lishi mumkin
emas, chunki shaxs va uning individualligi takrorlanmasdir.Shunday ekan ikki va undan
ortiq shaxsdan yashkil topgan oila va 2-3 karra takrorlanmasdir. Bir oila uchun
me`yorida bo`lgan shaxslararo munosabatlar tizimi, ikkinchi bir oilaga mutlaqo to`g`ri
kelmasligi yoki biror bir oila uchun u qadar axmiyatga ega bo`lmagan nizo va uning
sabablari boshqa oila a`zolarining o`zaro munosabatlarida jiddiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Oilada yuzaga kelishi extimoli bo`lgan nizo- janjallarning sabablarini aniqlash
va ularning oldini olish masalalarini ijobiy hal qilish uchun birinchi navbatda ularni
kimlar orasida yuz berayotganligini farqlab olish maqsadga muvofiqdir.


Oilaviy nizolar kimlar
ishterok etayotganligiga
ko`ra ularning
quydagicha asosiy
turlaga ajratish mumkin:
Er-xotin o`rtasidagi
niszolar
Qaynona kelin
o`rtasidagi nizolar
Qaynona-kiyov
o`rtasidagi nizolar
Ovsinlar o`rtasidagi
nizolar
Ota-onalar va farzadlar
o`rtasidagi nizolar


Er
Xotin
Oiladagi o`zaro munosabatlar va muloqot
Qarama – qarshiliklarning yuzaga kelishi
Nizoli vaziyat



Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin