1-Mavzu. Kirish.“Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. “Osiyo xalqlari tarixi” fanining manbashunosligi va tarixshunosligi



Yüklə 153,98 Kb.
səhifə1/6
tarix31.01.2023
ölçüsü153,98 Kb.
#81904
  1   2   3   4   5   6
1-mavzu. Kirish.


1-Mavzu. Kirish.“Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
“Osiyo xalqlari tarixi” fanining manbashunosligi va tarixshunosligi.

Reja:
1. “Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari.
2. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi va tarixshunosligi tushunchasi.
3. Qadimgi Misr manbashunosligi va tarixshunosligi.
4. Ikki daryo oralig’i (Mesopatamiya) manbashunosligi va tarixshunosligi.
5. Kichik Osiyo manbashunosligi va tarixshunosligi, arxeologik izlanishlar.
6. Qadimgi Eron manbashunosligi va tarixshunosligi.



  1. Osiyo xalqlari tarixi” o`quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari.

Tarixiy haqiqat to`la ro`yobga chiqishida, haqqoniy tarix yozilishida tarix fani predmetining to`g‘ri belgilanishi o`ta muhim ahamiyatga ega. Osiyo xalqlari tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o`laroq mustaqil fan. Bu uning o`rganish predmeti hamda vazifasida to`la namoyon bo`ladi. U fan sifatida o`zining butun diqqat e’tiborini faqat o`tmishga qaratadi, undan saboq beradi, xulosi chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma’naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o`rganadi. Osiyo xalqlari tarixi fanining o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Osiyo xalqlari tarixini o`rganish predmetiga Osiyo hududidagi jamiki xilma-xil voqea va hodisalar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda qonuniyatlar va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi.
Aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy chegaralar, ma’lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo`lib, shular doirasidagi voqea va hodisalarni yaxlitlikda o`z ichiga oladi. Predmet esa mana shu bir butun zamon va makon ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir.
Tarix bilan boshqa ijtimoiy gumanitar fanlarning o`rganish ob’ekti bitta, ya’ni jamiyat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning ro`yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shu bilan birga tarix boshqa fanlarning ham tarixidir, chunki ularning hammasi tarixiy ong, tafakkur, umuman tarixning mahsulidir. Boshqa fanlarning hammasi ham, tabiat va jamiyat ham avvalo tarixda aks etadi. Ular ham tarix fanini o`rganish ob’ekti va predmeti hisoblanadi. Xulosa shuki, Osiyo xalqlari tarixi millatlarni murabbiysi sifatida uni ravnaq topishida muhim o`rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o`rganishga bo`lgan munosabat tubdan o`zgarib, uni barcha oliy o`quv yurtlarida shu paytga qadar o`qitilib kelindi.
Har qanday fan kabi Osiyo xalqlari tarixi fani ham o`zining g‘oyaviy nazariy asoslari, ilmiy ta’limotlari, usuli va uslubiy talab va tamoyillarga ega. Bular bu fanning asosini tashkil etib, uning maqsad va vazifasini to`laroq ro`yobga chiqarishga yordam beradi va tarixiy haqiqatni yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Osiyo xalqlari tarixi fanining ilmiy-nazariy uslublari v uning tamoyillari quyidagilardan iborat:

  • Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o`rganish va tahlil qilish;

  • tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o`rganish va tahlil qilish;

  • tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o`rganish va yozish;

  • tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e’tiborli bo`lish;

  • xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda to`tgan o`rniga alohida e’tibor berish;

  • tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to`g‘ri va noto`g‘riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;

  • tarixni o`rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;

  • tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o`rganish;

  • etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;

  • tarixni o`rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.

Osiyo xalqlari tarixi jahon tarixi bilan hamda dinlar bilan bog‘liq. Ijtimoiy hayotni dindan ajratib bo`lmaganidek, tarixni dindan ajratib bo`lmaydi. Tarixni soxtalashtirmasdan, qanday bo`lsa, shundayligicha o`rganish kerak, degan tushuncha hamisha ustuvor bo`lishi kerak.
“Osiyo xalqlari tarixi” fanini o`qitish haqida so`z ketganda, avvalo qadimgi davrdan keyingi, ya’ni Osiyo xalqlarining qadimgi davridan hozirgi davriga qadar mamlakatlarning bosib o`tgan tarixiy yo`lning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushunish kerak. Ushbu jarayon qanday o`tganini, mamlakatlarning mustaqillikka erishgunga qadar va hozirgi davrdagi tarixini tushunish muhimdir.
“Osiyo xalqlari tarixi”, ya’ni Osiyo xalqlarining qadimgi, o`rta, yangi va eng yangi davrda yuzaga kelgan vaziyat, davlatlar mustaqilligining e’lon qilinishi, qadimgi davrdan to hozirga qadar mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalardagi islohotlar va ularning bosqichlarini, Osiyo davlatlarining jahon hamjamiyatiga har tomonlama integratsiyasini, xalqaro munosabatlar, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, tinchliksevar tashqi siyosat kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib beriladi.
“Osiyo xalqlari tarixi” fanini o`qitishning maqsadi – qadimgi, o`rta, yyangi va eng yangi davrlarda Osiyo davlatlarida yuz bergan muhim o`zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko`rsatish va jamiyat hayotida aholining, jumladan, talaba-yoshlarning o`rnini, o`zligini anglatishdan iborat.
Osiyo xalqlari tarixi” fanini o`qitishning vazifalari – qadimgi, o`rta, yyangi va eng yangi davrlarda Osiyo davlatlarida yuz bergan muhim o`zgarishlarni hamda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g‘ururni shakllantirishdan iborat.
“Osiyo xalqlari tarixi” fanini o`rganishning nazariy-uslubiy asoslari Osiyo xalqlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va murakkab vaziyatlar tarixini, shuningdek eng yangi davrda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun-mohiyatini yoritishda ilmiy tadqiqotlar olib borishning ilmiylik, tizimlilik, tarixiylik, ob’ektivlik va qiyosiy tahlil usullaridan foydalanildi.


  1. Yüklə 153,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin