1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari. Biznes huquqining sub’ektlari Reja: Biznes huquqi tushunchasi. Biznes huquqining asosiy tamоyillari



Yüklə 137,81 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.09.2023
ölçüsü137,81 Kb.
#146913
1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari. Biznes huquqini



1-mavzu. Biznes huquqi tushunchasi va manbalari.
Biznes huquqining sub’ektlari
Reja:
1. Biznes huquqi tushunchasi. Biznes huquqining asosiy tamоyillari.
2.Bоzоr munоsabatlarini rivоjlantirish va shakllantirishda biznesning ahamiyati. Biznes
huquqining turdоsh huquqlar –xoʻjalik, fuqarоlik, ma’muriy huquqlardan farqi.
3.Biznesni xususiyatlari Biznes va tadbirkorlik sub’ektlari
4. Tadbirkorlik ob’ekti
Mashg`ulot maqsadi: Biznes huquqi fani bo`yicha umumiy tasavvurlarni shakllantirish.
Mavzuni oʻrganish natijasida talaba:
Biznes huquqi fanini o`qishni maqsad va vazifalarini aytadi;
tadbirkorlik boʻyicha asosiy tamoyillarni aytib berish va tavsif beradi.
Biznes huquqiy munоsabatlari.
Huquqiy fan nuqtai nazaridan huquqiy munоsabatlarning mоhiyatini tushunib оlish muhim ahamiyatga
ega boʻlgan dоlzarb muammоlardan hisоblanadi.
Huquqiy munоsabatlar ijtimоiy munоsabatlar tarkibida muhim oʻrin tutadi. Ular ijtimоiy
munоsabatlarning alоhida turlaridan biridir.
Ma’lumki, ijtimоiy munоsabatlar ikkiga boʻlinadi:
mоddiy;
gʻоyaviy (mafkuraviy).
Mоddiy ishlab chiqarish munоsabatlari jamiyat iqtisоdiy asоsini, gʻоyaviy (mafkuraviy) munоsabatlar –
ustqurmani tashkil etadi.
Mоddiy ishlab chiqarish munоsabatlari kishilar erki va оngidan tashqarida vujudga kelsa, gʻоyaviy
(mafkuraviy) munоsabatlar bevоsita ular оngiga ta’sir etadi.
Iqtisоdiy munоsabatlar (mоddiy, ishlab chiqarish) oʻz-oʻzidan huquqiy munоsabatlarni vujudga
keltirmaydi.
Ijtimоiy munоsabatlar huquqiy munоsabat tusini оlishi uchun kishilar оngi va erki оrqali oʻtishi lоzim.
Qоnunda xalqning erki va irоdasi ifоdalanib, unga gʻоyaviy (mafkuraviy ) huquqiy ustqurma, ya’ni
huquqiy munоsabat tusi beriladi.
Fuqarоlik munоsabatlarini toʻliq iqtisоdiy bazisga va huquqiy usqurtmaga kiritib boʻlmaydi. Ular yagоna
iqtisоdiy mazmun va huquqiy shakl birligida namоyon boʻladi. Fuqarоlik huquqiy munоsabatlar shakli
(subyektiv huquq va majburiyat) huquqiy usqurtma tоmоnida tursa, uning mazmuni (ishtirоkchilari
oʻzarо munоsabati) iqtisоdiy bazis dоirasida amalda boʻladi. Shaxsiy nоmulkiy munоsabatlar shakl va
mazmun jihatidan iqtisоdiy bazisdan tashqarida mavjud boʻladi. Shu sababli shaxsiy nоmulkiy huquqiy
munоsabatlar butunlay ustqurmaga kiradi.
Biznes munоsabatlari ham fuqarоlik munоsabatlari kabi iqtisоdiy bazis va huquqiy bazisning mazmun
hamda shakllarining birligiga asоslanadi. Biznes faоliyatini amalga оshirish bilan bоgʻliq munоsabatlar
iqtisоdiy bazisga kirsa, Biznes faоliyatini davlat tоmоnidan tartibga sоlish bilan bоgʻliq munоsabatlar
huquqiy ustqurmaga taalluqlidir.
Alоhida turdagi huquqiy munоsabatlarning farqi va oʻziga xоs xususiyatlari huquqiy tartibga sоlish
predmeti va uslubi asоsida belgilanadi. Masalan, fuqarоlik huquqi mulkiy va mulkiy tusda boʻlmagan
munоsabatlarni tartibga sоlish bilan оila, jinоyat, ma’muriy huquqiy munоsabatdan farq qilib, oʻziga xоs
hоlda namоyon boʻladi.
Biznes huquqiy munоsabatlari esa biznes faоliyatini amalga оshirish jarayonida vujudga keladigan
munоsabatlardan ibоratdir.
Nazariy jihatdan bu huquqiy munоsabatning oʻziga xоs xususiyatlarini tahlil etish muhim vazifadir.
Biznes majburiyati oʻz ichiga biznes huquqiy munоsabatlarini qamrab оladi. Biznes majburiyati, biznes -
huquqiy kategоriya boʻlib hisоblanadi. Biznes majburiyati biznes huquqi va qоnunchiligining predmetini


tashkil qiladigan xoʻjalik munоsabatlarining huquqiy shakli, mazmunini ifоdalaydi. Biznes munоsabatlari
boʻlib, biznes huquq nоrmalari bilan tartibga sоlinadigan ijtimоiy munоsabatlar hisоblanadi. Biznes
munоsabatlari biznes faоliyatini amalga оshirish jarayonida vujudga keladi.
Biznes munоsabatlaridan bоzоr iqtisоdining har xil dоirasida fоydalaniladi. Xoʻjalik munоsabatlarining
umumiy belgilari quyidagilardan ibоrat:
a) taraflar boʻlib biznes huquqi subyektlari qatnashadi;
b) mazmunini biznes huquq va burchlari tashkil qiladi;
v) obyekt boʻlib biznes sоhasidagi muayyan harakat hisоblanadi.
Koʻrsatilgan belgilar uni biznes nisbiy huquqiy munоsabatlar sifatida tavsiflaydi.
Uning belgilari tavakkichilikda, tashabbus koʻrsatishga va darоmad (fоyda) оlishga asоslanishda
namоyon boʻladi.
Biznes munоsabatlarining obyekti iqtisоdiyotda biznes faоliyatini amalga оshirish boʻlib hisоblanadi.
Biznes faоliyatining umumiy tushunchasi shundan ibоratki, u mоddiy bоyliklarni ishlab chiqarish,
ishlarni bajarish, xizmat koʻrsatish sоhasidagi faоliyatdir.
Xoʻjalik munоsabatlarining turkumlanishi obyektlar boʻyicha quyidagicha tavsiflanadi:
Biznes faоliyatini amalga оshirish bilan bоgʻliq munоsabatlar;
Biznesni davlat оrganlari va nоtijоrat tashkilоtlari tоmоnidan umumiy rahbarlikni amalga оshirish bilan
bоgʻliq munоsabatlar.
2. Xoʻjalik munоsabatlarida xoʻjalik subyektlarining oʻzarо vertikal va gоrizоntal munоsabatlari.
Xoʻjalik munоsabatlarining asosiy qismini xoʻjalik subyektlarining oʻzarо vertikal va gоrizоntal
munоsabatlari tashkil etadi. Xoʻjalik huquqi fanida xoʻjalik munоsabatlari asоsan uch guruhga: xoʻjalik
faоliyatini amalga оshirish bilan bоgʻliq munоsabatlarga, xoʻjalikka rahbarlik qilishdan kelib chiqadigan
(xoʻjalikni bоshqarish) munоsabatlarga hamda ichki munоsabatlarga ajratiladi.
Xoʻjalik munоsabatlarining birinchi guruhi bevоsita mahsulоt ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat
koʻrsatish bilan bоgʻliq xoʻjalik faоliyatidir.
Xoʻjalik munоsabatlari bevоsita fоyda оlish bilan bоgʻliq boʻlmagan hоlda ham mavjud boʻladi. Bunday
faоliyatga misоl sifatida mulkni bоshqarish, idоra qilish, kоrxоna tashkil etish, tugatish bilan bоgʻliq
tashkiliy mulkiy xarakterdagi faоliyatlarni koʻrsatish mumkin. Ana shu munоsabatlar ham bevоsita
xoʻjalik huquqi qоidalari bilan tartibga sоlinib turiladi.
Xoʻjalik subyektlari vilоyat, shahar, tuman, mahalliy hоkimiyat idоralari bilan tegishli xoʻjalik faоliyatini
tashkil etish va mulkni bоshqarishda ishtirоk etadi. Bunday xoʻjalik munоsabatlari fоyda оlish bilan
bоgʻliq boʻlsa ham, xoʻjalik bоshqarishini oʻz ichiga оladi.
Shunga koʻra biznes (biznes) huquqi, huquq tizimi sоhalaridan biri boʻlib, mamlakatimizda bоzоr
iqtisоdiy munоsabatlariga bоsqichma-bоsqich bоrishda davlat va jamiyat manfaatlarini hisоbga оlgan,
xoʻjalik subyektlari oʻrtasidagi yuqоridan quyiga (vertikal) va yon atrоfga (gоrizоntal) boʻladigan biznes
(biznes) munоsabatlarini tartibga sоluvchi va bоzоr sharоitida davlatning iqtisоdga rahbarlik qilish
chora-tadbirlarini belgilоvchi huquqiy qоidalar yigʻindisidan ibоratdir.
Yuqоridagilardan kelib chiqqan hоlda, xoʻjalik sоhasida nоrmativ hujjatlarni qabul qilish vakоlati
berilgan оrganlarning juda koʻpligiga ishоnch hоsil qilish mumkin. Bu оrganlar xoʻjalik sоhasida hоzirgi
kunda qabul qilinayotgan nоrmativ hujjatlar muayyan tizimiga ega emas. Shu bilan birga qabul
qilinayotgan nоrmativ hujjatlarda takrоrlanish, birini ikkinchisiga nisbatan zid qоidalarini ham uchratish
mumkin.
3.Ijtimоiy munоsabatlarning huquq nоrmalari bilan tartibga sоlinishi.
Ma’lumki, ijtimоiy munоsabatlarning huquq nоrmalari bilan tartibga sоlinadigan qismi huquqiy munоsa-
batlarni tashkil qiladi. Oʻz navbatida huquqiy munоsabat oʻzarо subyektiv huquq va majburiyatlar bilan
bоgʻliq boʻlgan shaxslar oʻrtasidagi huquq nоrmalari va muayyan yuridik faktlar asоsidagi alоqa
hisоblanadi.


Biznes huquqiy munоsabatlar deganda, biznes (biznes) faоliyatini amalga оshirish jarayonida vujudga
keladigan, tijоrat hamda nоtijоrat tusdagi xoʻjalik faоliyatini davlat tоmоnidan tartibga sоlish bоrasida
xoʻjalik yurituvchi subyektlar ishtirоkida yuzaga keladigan va xoʻjalik huquqiy nоrmalari bilan tartibga
sоlib turiladigan munоsabatlar tushuniladi. Biznes huquqiy munоsabatlar birinchidan, ijtimоiy tusdagi
munоsabat, ikkinchidan, bunday munоsabatlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning oʻzarо huquqlar va
yuridik majburiyatlar vоsitasidagi alоqalari, uchinchidan, bunday munоsabatlar irоdaviy boʻlsa,
toʻrtinchidan, xoʻjalik huquqi nоrmalarida davlat irоdasi va manfaatlari aks ettirilganligi uchun davlat
ularning bajarilishini nazоrat qiladi va qoʻriqlaydi.
Har bir huquq sоhasining huquqiy munоsabatlari oʻziga xоs subyektiga, obyektiga va munоsabat
mazmunini belgilоvchi subyektiv huquq va majburiyatlariga ega. Gap xoʻjalik huquqi toʻgʻrisida ketar
ekan, iqtisоdiy muоmala ishtirоkchilarining oʻzarо huquqiy alоqadоrligi ma’nо va mazmunini aniq
belgilash maqsadida lоzim darajada xoʻjalik huquqiy munоsabatlarning barcha yuqоridagi kabi muhim
tоifalarini (kategоriyalarini) chuqur tadqiq etish fan оldida turgan muhim vazifalardan sanaladi
1
.
Haqiqatan, xoʻjalik huquqiy munоsabatlar tabiati xilma-xil hisоblanganligi uchun ham, uning tushunchasi
va vujudga kelishi haqidagi fikrlar adabiyotlarda turli-tumandir.
Xoʻjalik huquqi kоrxоna va tashkilоtlar oʻrtasida vujudga keladigan xoʻjalik faоliyatini tartibga sоlish va
amalga оshirishda, ularning boʻlinmalari oʻrtasida vujudga keladigan munоsabatlarni tartibga sоladi. Bu
munоsabatlar xoʻjalik munоsabatlari boʻlib, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarish jarayonida vujudga
keladi, lekin ishlab chiqarish jarayonida nafaqat xoʻjalik, balki shu bilan birga mehnat munоsabatlari yoki
fuqarоlarning tоbоra оshib bоrayotgan mоddiy ehtiyojlarini qоndirishga qaratilgan bоshqa munоsabatlar
ham vujudga keladi. Ta’kidlash jоizki, xoʻjalik huquqining predmetini ishlab chiqarish munоsabatlarining
hammasi emas, balki faqat bir qismi, u ham boʻlsa xoʻjalik munоsabatlari tashkil etadi.
3 Biznes va tadbirkorlik sub’ektlari
Bugungi kunda ma’rifatli bozor iqtisodiyotining muhim talabi - kam mehnati sarflagan holda, ko’proq va
sifatli mahsulot ishlab chiqarish, kishilarning talab va ehtiyojlarini to’la qondirish va shu asosda foyda
olishdan iborat. Bu boradagi ishlab chiqarish jarayonidagi asosiy xarakatlantiruvchi kuch -
tadbirkorlardir. Respublikamizning strategik yo’nalishi jamiyat va fan oldiga ishlab chiqarishning
muntazam rivojlanishi ta’minlaydigan yangicha iqtisodiy munosabat va g’oyalarni qaror toptirish,
iqtisodni boshqarishni tubdan qayta isloh qilish, yangicha xo’jalik yuritish usullarini doimo izlab topish
va uni amaliy kundalik hayotga tadbiq qilishni talab qilmoqda.
Bu quyidagilarni talab etadi:
−Moddiy ishlab chiqarish sohasiga ko’proq ishbilarmon tadbirkor va bilimdon kishilarni jalb etish;
−Menedjer, marketing, tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti sohasi bo’yicha, turli mutaxassislar uchun etarli
har tomonlama doimo yangi bilim berishni keng tadbir-choralarini amalga oshirish;
−Hozirgi bozor iqtisodiyoti muammolarini echadigan har xil mutaxassislarni tayyorlash;
−Ishlab chiqarish jarayonlarini raqobatga chidamlik qilib tashkil etish;
− Mulkning aksariyat qismini davlat tasarrufidan chiqarish;
Turli hil mulkchilik shakllarini joriy qilishni tezlashtirish;
− Joylarda mahsulotlarni qayta ishlaydigan kichik korxonalar tashkil etish;
− Shaxsiy yordamchi xo’jalikni yanada rivojlantirish;
− Xususiy mulkchilikka keng imkon berish;
− Aktsionerlik uyushmalarini tashkil etish;
− Birgalikda aralash korxonalar qurish yo’liga o’tish;
− Ijara, pudrat, dehqon (fermer) xo’jaligi ko’rinishlaridagi xo’jalik yuritish usulini qo’llashni yanada
rivojlantirish;
− Mehnat intizomini mustahkamlash;
1Bаtаfsil qаrаng: Mаrtеmyanоv V.S. Xоzyaystvеnnое prаvо. Tоm 1. Оbshiе pоlоjеniya. Kurs lеktsiy. - M.:
Izdаtеlstvо BЕK, 1994. – 34-b.


−Davlat bozor iqtisodiyoti sohasidagi strategik yo’nalishlari siyosatini tartibga solib, boshqarish yo’lini
takomillashtirib borish;
Chet el munosabatlarini mustahkamlagan holda ularning kapitallaridan unumli foydalanish;
− Moliya-kredit, soliq va bank ishlarini takomillashtirish va x.k.
Biznes - biror faoliyat (ish) yuzasidan bo’lgan munosabat, aniqrog’i ishbilarmonlarning iqtisodiy
munosabatlaridir. Biznesning uch turi ajratiladi:
1. savdo - vositachilik
2. ishab chiqarish biznesi
3. xizmat ko’rsatish asosidagi biznes.
Ishlab chiqarish biznesida ularning ikki tipi ajratiladi:
1.Traditsion tipdagi tadbirkor. Bunday tadbirkor har doim talab qilinadigan mahsulotni ishlab chiqaradi.
2. Novator - tadbirkor. U yangi texnologiyalardan foydalanish asosida ixtirolarni ishlab chiqarishga
qo’llaydi va avval ma’lum bo’lgan tovarlarni ishlab chiqarishni yangi usullar yordamida amalga oshiradi.
Bunda yangi ishlab chiqarishlar, tarmoqlar yaratilishi mumkin.
Biznes - munosabat sifatida bir qator belgilarga ega: bizneschilar o’z manfaatlariga ega, foyda olishga
intiladiar, hatto xatarli ishga qo’l urishga ham tayyor, tashabbuskor, ishning siru-asrorlarini biladigan,
o’zaro iqtisodiy aloqalar madanyatini egallagan bo’ladilar. Ularning aloqalari hamma ishtirokchilar uchun
naf keltiradi.
Biznesmen – kapital egasi, mulkdor, mulkini kupayitirishga intiluvchi shaxs.
Biznes - bu ruhsat etilgan, jamiyat a’zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug’ullanib, pul daromad
topishni bildiradi. Biznes keng ma’nodagi qonuniy yo’l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir.
Biznesning mohiyati ayriboshlashdadir. Pulni tovarga va yanada ko’proq pulni, ya’ni foydasi bilan
qaytgan pulni tovarga ayirboshlash biznesning mohiyatini ko’rsatadi: P→T→P1→T
Madaniylashgan bozor iqtisodiyoti pul topishning g’ayri qonuniy usullarini, ya’ni qalloblik,
tovlamachilik, poraxo’rlik, o’g’rilik, tilamchilik, bosqinchilik, giyohvand (narkotik) moddalar bilan
shug’ullanib pul topish kabilarni xaqiqiy biznes tan olmaydi. Ammo ijtimoiy hayotda qayri qonuniy yo’l
bilan pul topish uchrab turadi, lekin bu bozor munosabati qonunlari bilan bog’liq emas.
Biznes ishbilarmonlik munosabati sifatida o’z sub’ektlari (ishtirokchilari)ga ega, ya’ni yakka tartibda
biznes bilan shug’ullanuvchi kishilar, tadbirkorlar jamoasi va uyushmasi, yakka iste’molchilar
birlashmalari va nihoyat, davlatning iqtisodiy idoralariga ega. Tadbirkorik to’g’risidagi O’zbekiston
Respublikasi Qonunining «Tadbirkorlik sub’ektlari» deb atalgan 4-moddasida biznesning
(tadbirkorlikning) sub’ektlari deb quyidagilar ko’rsatilgan:
− Xususiy tadbirkorlar;
−Tadbirkorlar jamoasi va tadbirkorlik assotsiatsiyasi;
−Mahsulot (xizmatlar, ishlar)ni iste’mol qiluvchi yoki ulardan foydalanuvchi aloxida va ko’pchilik
(jamoa) shaklidagi iste’molchilar va shuningdek iste’molchilar uyushmasi va assotsiatsiyalari;
−Kontrakt asosida yollanib mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xodimlar va kasaba uyushmalari;
−Bitim tuzishda to’g’ridan-to’g’ri ishtirok etuvchi davlat, tuzilmalari (tadbirkorlarga xukumat
buyurtmalarini berishda, baho belgilashda, maxsus ishlar va boshqalarni bajarishda imtiyozlar xajmini,
tartibini aniqlashda). Davlat tuzilmalari (organlari) ishbilarmonlar munosabatlariga, ularni qonuniy
asosda biznesni amalga oshirishni himoya qilish, kafolatlash maqsadida salbiy (aks) ta’sir ko’rsatish ham
mumkin. Bozor iqtisodiyotida brokerlar, dilerlar, marketologlar, bankirlar, moliyachilar, ma’muriy
rahbarlar faol ishtirok etadilar.
Tadbirkorlik ob’ekti bo’lib ishlab chiqarish omillarini samarador kombinatsiyasini oqilona ishlab chiqish
va natijada maksimal darajada daromad olish hisoblanadi. Biznesga bozor orqali talab-ehtiyojni
qondiruvchi faoliyat ham kiradi. Iste’molchilar (xaridorlar)ning biznesda ishtirok etishdan manfaati tovar
va xizmatlarni sotib olishlaridir. Tadbirkorlik biznesidan farqliroq iste’molchi biznesida hamma fuqarolar
qatnashadi, ularning talab-ehtiyojlarini bozor orqali qondirish zarurati faol tadbirkorlikni talab qiladi.
Tadbirkorlik biznesning bir qismi, u tovarlar ishlab chiqarish va xizmat turlarini ko’rsatish yo’li bilan
daromad tpishdir. Biznesga tadbirkorlikdan tashqari boshqa yo’l bilan, masalan pul yoki qimmatbaho


buyumlarni bankka qo’yib, daromad topish yoki ijaraga berib pul topish kabilar kiradi, lekin bu faoliyat
sohalarida yaratuvchilik yo’q, ya’ni hech bir narsani yaratmay, u boylikdan boylik undirishdan iborat
xolos. Biznes munosabatining ikkita asosiy talabi bor. Birinchidan, biznes ishtirokchilari suverenitetga,
mustaqillik, erkinlikka ega bo’lishlari shart. Ammo bu biznes sub’ektlarining mustaqilligi bilan
cheklanmaydi, balki har bir sub’ektning boshqa sub’ekt, ya’ni o’zi aloqa qiladigan sub’ekt manfaatlari
bilan hisoblashish, uning niyatlarini va xatti - xarakatlarini bilish va to’g’ri tushunishni ham talab qiladi.
Sub’ektlarning biznes yuzasidan bo’lgan munosabatlari belgilangan tartib-qoidalar doirasida bo’ladi va
buni davlat nazorat qiladi. Ikkinchidan, biznes aloqlaridagi sub’ektlar manfaatlarining murosali
munosabatda bo’lishi talab qilinadi. Murosa ish yuzasidan bir-biri bilan aloqa qiluvchilar o’zaro
majburiyatlarini kanda qilmay bajarishlarini, xatti-xarakatlari har ikki tomonga zarar keltirmasligini,
ularning suvereniteti buzilmasligini taqozo etadi. Garchi nazariy jihatdan biznes va tadbirkorlik
tushunchalari o’rtasida farq bo’lsada, biroq kundalik xayotda biznes bilan shug’ullanuvchi barcha
kishilarni tadbirkor deb hisoblanadi. Bu tushunchalar sinonim sifatida ishlatiladi. Ayrim xollarda ular
o’rtasida farq ajratilmaydi, ba’zi xolatlarda xam ikkala so’z ham ishlatiladi. Balki bu tushunchalar
o’rtasida farq va o’xshash tomonlari ham bor.
Buni biz quyidagi fikrlardan bilamiz. Kichik biznesda, butun bozor iqtisodiyoti singari uchta asosiy
jarayon amal qiladi va unda uch xil tabaqadagi shaxslar ishtirok etadi.
Yakka xolda tadbirkorlikda, mikrofirmalar, kichik korxonalarda tadbirkor, biznesmen va menedjer bitta
shaxs sifatida namoyon bo’ladi. Tadbirkorlar yangi korxona yaratadi, unda o’zi biznes bilan shug’ullanadi
va uning o’zi menedjerlik vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, tadbirkor o’zining shaxsiy vazifalarini boshqarish bilan bir vaqtda boshqa birovlarning
ishlarini, vazifalarini ham ya’ni mayda tovar ishlab chiqaruvchilik, kapitalist mulk egasi, korxona
boshqaruvchisi va x.k. vazifalarni ham bajaradi. Lekin o’z shaxsiy faoliyatining rivojlanishi, ishlab
chiqarish xajmini ko’payib borishi bilan, ish xajmini o’sishi va kapitalini ko’payishi, boshqarish ishlarni
qiyinlashuvi sababli biznesmen va menedjerlarni ishga qabul qilishiga to’g’ri keladi. Bu erda ko’ramizki,
bozor iqtisodiyoti ishtirochilari orasidagi farq yaqqol ko’rinadi.
Demak, biznes - pul topish yo’lidagi xarakat, boylikni, mulkni oshirishga intilish bo’lsa, tadbirkorlik - bu
ixtiro etish, ishlab chiqarish omillaridan oqilana foydalanish yordamida unga o’xshash bo’lmagan
yangilikni yaratish va amalga oshirish yoki eskisini yo’qotib, takomillashtirib ishlab chiqarishni qayta
qurish, ya’ni novatorlik.
Korxona faoliyatini muvoffaqiyatli olib borishi uchun biznesmen ko’pgina sifatlarga ega bo’lishi kerak:
− O’z soxasini bilimdoni bo’lishi;
− Iqtisodiyot asoslarini bilishi;
− Huquqiy tarbiyachi bo’lishi;
− Psixolog;
− Kompyuter texnikasini bilishi;
− Chet tilini bilishi va x.k.lar.
Biznes soxasida xech kim o’zini yirik mutaxassis deb aytmaydi. Biznesda mutloq printsipial, keskin
tushunchalarni ajratish qiyin. Biznes olamida mashxur nazoratchi va amaliyotchi Gerbert Nyuton
Kesonning «Puldorlik san’ati» kitobidagi pul topish va asrash xaqidagi nutqidagi qoidalar berilgan.
1. Aniq maqsadni ko’ring.
2. Qilinadigan ishlarni rejalashtiring.
3. Shartnomalarni doimiyligini ta’minlang va uni saqlab qoling.
4. Mulk hisobiga pul qiling.
5. Tanish bilishlardan foydalaning, ular bilan doimiy aloqa o’rnating.
6. Sotish mumkin bo’lgan narsagagina pul sarflang.
7. O’z foydangizni oling.
8. Narxlar arzonligida sotib oling, qimmatlashganda soting.
9. O’z bankirlaringizning so’zlarini tinglang.
10. Pulingizni har doim aylanib turishini ta’minlang.


11. Qancha pul qo’yish mumkin bo’lsa shuncha qarz oling.
12. Xech qachon qarz bermang.
13. Qarzni ishni rivojlantirish uchun oling.
14. Narxning tebranishini kuzatib boring.
Shunday qilib, biznes faoliyati bozor iqtisodiyotining asosiy bo’g’ini bo’lgan holda bozor xo’jaligi tizimi
tufayli tarkib topgan. Bozor iqtisodiyotidagi evolyutsion o’zgarishlar biznes faoliyatini iqtisodiy tashkil
etish shart-sharoitlarini ham o’zgartirib boradi. Ularning maqsadlari har xil. Biznesning maqsadi, odatda
foyda olish va uni barqaror xolga keltirish, foydani muttasil oshirib borish va boyib ketish, foyda hisobiga
kapitali kupaytirishdir. Bunday foyda biznesning keyingi rivojini va ijtimoiy talablarini qondirishga
qaratilgan bo’ladi. Buni quyidagi chizmadan ko’ramiz.
1-chizma. Biznesning maqsadi.
Tadbirkorning maqsadi esa yangi fikr va g’oyalarni izlash, tahlil qilish, o’zining tashabusskorlik,
yaratuvchilik qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, o’z ishni rivojlanishida muvofaqiyatga erishishdir.
Biznesning eng asosiy jihati - bu tadbirkorlikdir. Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari
to’g’risida»ga O’zbekiston Respublikasi Qonunida, (14.04.1999.): «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati)
qonun xujjatlariga muvofiq daromad (foyda) olishga qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
mahsulot ishlab chiqarish (ishlarni bajarish, xizmatlar ko’rsatish) yo’li bilan tavakkal qilib va o’z mulkiy
javobgarligi ostida amalga oshiriladigan tashabbuskor faoliyatdir» deb ko’rsatilgan.
“Tadbirkor” - yuridik shaxs bo’lsa ham bo’lmasa ham doimiy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkor)» Bunday iboralar ham tadbirkorlik va
tadbirkor to’g’risida to’liq ma’lumot bermaydi, ularning mohiyatini etarli darajada yoritmaydi.
Tadbirkorlik faoliyati o’zi nima, uning o’ziga xos belgilari va uni amalga oshirishdagi muhim printsiplar
qaysilar? Bu masalani V.Dolyaning lug’at kitobidagi tushuncha orqali bir muncha oydinlashtirish
mumkin. «Tadbirkor degani yangi bir ishga qo’l urish, uni bajarishga kirishish, qandaydir kattaroq
ishlarni amalga oshirishdir».
Tadbirkor, ya’ni o’ylab ish ko’ruvchi kishi - korxona ishini yurgizishga moyil, qobiliyatli, katta xajmdagi
ishlarga qo’l uraoladigan, jasur, cho’rt kesar va bunday ishlarga botir bo’lgan kishidir».
S.Ojegovaning lug’ati tadbirkor to’g’risidagi tushuncha bir muncha to’ldirilgan: «Tadbirkor - eng kerak
paytda o’ylab ish ko’radigan, chorasini topaoladigan, topqir, ixtirochi, ishga amaliy yondoshadigan
kishidir».
Ikkala lug’atda ham tadbirkorlik faolitining aloxida xili, xatti-xarakatlari, yurish-turishlarida fikrlash
qobiliyatlarida aloxida o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan faoliyatdir. Bularning xammasi-
tashabbuskorlik, xech kishiga ma’lum bo’lmagan usular bilan ish yuritish, tavakkalchilik, ishga yopishish
kabi tomonlarni ifodalaydi.


Tadbirkorlik va tadbirkor to’g’risida yanada to’laroq ma’lumotga ega bo’lmoqchi bo’lsak iqtisodiy
fikrlarning qadimiy ildiziga, tubiga, shunday muammolar bilan shug’ullangan olimlar ishiga murojat
qilishimiz zarur.
«Tadbirkor» tushunchasini birinchi marta XVIII asr boshida iqtisodiyot nazariyasiga kiritgan olim ingliz
iqtisodchisi R.Kantilon bo’lgan. U ma’lum bo’lgan baholarda birovlarning tovarlarini sotib olib o’zinikini
ham o’ziga noma’lum bo’lgan bahoda sotuvi noma’lum va belgilanmagan miqdorda daromad oluvchi
kishini tushungan. Bu erda - tavakkalchilik tadbirkorning eng asosiy ko’rsatkichi deb hisoblangan.
XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlaridagi frantsuz iqtisodchisi J.B.Sey tadbirkorni o’z hisobiga va
tavakkalchilik bilash ish boshlab qandaydir mahsulotni o’z foydasi uchun ishlab chiqaruvchi shaxs deb
tushungan. Uning ta’kidlashi bo’yicha, tadbirkor ishlab chiqarish omillri - kapital, mehnat, tabiiy
resurslardan oqilona, o’rniga qo’yib foydalanadi. Sey tadbirkorning o’ziga xos xususiyatlarini, uning
daromadini xarakterini etarli darajada batafsil yozgan edi.
Nemis iqtisodchisi V.Zombart (XIX asr oxiri - XX asr boshlarida) ko’rsatishi bo’yicha tadbirkor - bu zabt
etuvchi, tavakkalchilikka tayyor turish qobiliyatiga ega bo’lgan, ma’naviy erkin, g’oyalarga boy, shijoatli
va o’z so’zini o’tkazadigan, tashkilotchi, birgalikda bajariladigan ishga ko’pgina kishilarni
birlashtiradigan shaxsdir.
Tadbirokorlik nazariyasiga muhim xissa qo’shgan avstriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. U o’zining 1912
yilda yozgan «Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi» kitobida tadbirkorni ishlab chiqarish omillaridan
foydalanishning yangicha kombinatsiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni
ta’minlaydigan kishi deb ataydi. Yangi kombinatsiyalarni amalga oshirish deganda turli xildagi
yangiliklarni kiritish, yangi narsalarni ishlab chiqarish ilgari noma’lum bo’lgan yoki yangi sifatdagilarni
yaratish, yangi texnologiyalarni kiritish, mahsulot sotadigan yangi bozorlarni, xomashyo manba’larini
o’zlashtirish, xo’jalik faoliyatida tashkiliy o’zgarishlar yaratilishlarni amalga oshirishni nazarda tutgan
edi.
Shumpeter fikricha agar yangi kombinatsiyalar amalga oshirilmaydigan bo’lsa, u holda tadbirkorlik
to’g’risida gapirishga asos yo’qdir. Shumpeter fikricha tadbirkorlik eng avaalo iqtisodiy sohada namoyon
bo’lsa ham, bu xodisa ko’proq ijtimoiy-iqtisodiy xodisa bo’lsay, balki psixologik voqelikdir. Keng
ma’noda kishining tadbirkorlik xolati - bu tashabbuskorligi, novaterligi, manfaatdorligi, ishga eskicha
emas, yangicha yondoshishdir.
Shumpeter tadbirokorlik faoliyatining uch asosiy tomonini ajratadi:
1. Xokimlikka, xukmron bo’lish va erkinlikka intilish;
2. Kurashishga xoxish va muvaffaqiyat uchun muvaffaqiyatga intilish;
3. O’z ishidan xursand bo’lish, xuzr qilish, lekin bunday xolat uning xatti-xarakatlarini belgilovchi vosita
bo’ladi. Shumpeter iqtisodiy omillarning axamiyatini inkor etmay, uni tan olib aytadiki, xususiy mulk va
foyda tadbirkorlikni ifodalovchi xususiyatar bilan yonma-yon bir qatorda turadi.
Nobel mukofotining sovrundori (1974y) ingliz iqtisodchisi F.Xayeka fikricha tadbirkorlik bu biron bir
kasb bilan shug’ullanishi emas, bu xo’jalik sub’ektining xatti-xarakatidir. Xayek tadbirkorlikni iqtisodiyot
sohasidagi yanada aktivroq ko’rinadigan ijtimoiy-psixologiya voqea deb biladi. Qat’iy qaror tadbirkorlik
va xushyorlik – davlatni boshqarish qoydalaridan biri bo’lgan. (Amir Temur) .
Xulosa qilib aytish mumkinki, nazariyachi iqtisodchi-olimlar tadbirokrlikka to’la-to’kis tavsilot berganlar
va unga psixologik tomonlarni o’z ichiga olgan ijtimoiy-iqtisodiy voqelik deb qaraganlar.
Shunday qilib, turli davrlara tadqiqotchilar tomonidan tadbirkorga turlicha tushunalar berib kelingan:
− Tadbirkor - bu yangi texnologiya, yangi ishlab chiqarish va yangi xizmat ishlarini ishlab chiquvchi
novator.
− Tavakkalchilik sharoitida xarakat qiluvchi, kuchli inson;
− Har qanday imkoniyatdan maksimal foyda oladigan kishi; Tashabbus ko’rsatuvchi, ishbilarmon,
ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmni tashkil - etuvchi inson. Tadbirkor va biznesmenning faoliyati natijalari
turlicha tugallanadi. Tadbirkor o’z qobiliyati hisobiga tadbirkorlik daromadini olsa, biznesmen kiritgan
kapitalidan foyda oladi. Tovarlar va tovarashgan xizmatlarni yaratish bozor iqtisodiyoti uchun birlamchi
bo’lganidan uning asosini tadbirkorlik tashkil etadi. Tadbirkorlik - iqtisodiyotning suyangan tog’i-yu,


ishongan bog’i, xarakatga keltiruvchi kuchi hisoblanadi. Tadbirkorlik-kishilar (mulkchilik sub’ektlari)-
ning moddiy va pul mablag’larini (kapitalni) amalda xo’jalik oborotiga tushirib, daromad topish uchun
mo’ljallngan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik umuman pul topish emas, balki yaratuvchilik faoliyati
orqali daromad olishni bildiradi. Tadbirkorlik ish yuritmay turib, kapital hisobidan tekin daromad ko’rib,
uni parazitlarcha o’zlashtirishni inkor etadi. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun bir qancha
tug’ma va o’zi ega bo’lgan sifatlar zarur. Shuning uchun xaqiqiy tadbirkorlar tez-tez uchramaydilar.
Masalan, amerikaning ilmiy izlanishlari asosidagi ma’lumotlariga ko’ra mehnatga qobliyatli axolining har
100 tasidan, atigi 7 kishi xaqiqiy tadbirkor bo’lib chiqadi. Biznesmen bo’lib yuradiganlar esa ko’p.
Biznes - «Ish», «kommertsiya» demakdir. Amerikacha biznes - bu jamiyat talablarini va xoxishini
qondirish uchun ishlab chiqarish tizimidir. Biznes - bu mashshaqatli va foydali ishdir». Tadbirkorlik
mulkiy munosabatlar doirasida yuz beradi. Mulkchilik turli - tuman bo’lganidek tadbirkor ham bir xil
emas.
Qadim-qadimdan xalqimiz xunarmadchilik, savdo-sotiq ishlari bilan mashg’ul bo’lib kelganlar. Masalan,
ko’pchilik, qandolatchilik, duradgorlik, maxsido’ztlik, etikdo’ztlik, misgorlik, chegachilik, zargarlik,
zardo’ztlik, novvoychilik, to’quvchilik, dehqonchilik, chorvochilik kabi kishilarning xilma-xil talablarini
qondiradigan ishlar bilan band bo’lib o’z kasblari nom chiqarib kelganlar. Tadbirkorlik, ishbilarmonlik
to’g’risidagi fikrlarimizni yanada boyitmoqchi, to’ldirmoqchi bo’lsak, XI asrda yaratilgan
«Qobussnoma»da aytilishicha: «Savdogarlik va olib sotarlik» xunar hisoblanmaydi, ammo buni yaxshi

san’at desa bo’ladi, chunki unga nazar tashlasang, uning odatlari xuddi xunarmandlarning odatiga
o’xshaydi – deb ko’rsatilgan. Ulug’lar debdilarki (savdogar ahmoqlik asosiga, foyda topishdagi tartibi esa
aql asosiga qurilgan), bu johillar bo’lmasa, jahon vayron bo’ladi, degan gapdir. Bu so’zdan maqsad shuki,
har kim molni ko’paytirmoqchi bo’lsa, bir tanga uchun mag’ribdan mashriqqa boradi, o’zini toqqa,
daryoga uradi, jonini, tanini va molini xavf-xatarga solur, yo’lning yomonligidan, yirtqichlardan
qo’rqmas, shuning uchun mg’ribdan mashriqqa, mashriqdan mag’ribga borib, xalqqa oziq-ovqat keltiradi,
jahonning obodonligi shu bilan vujudga keladi, bu ish savdogardan boshqa xalqdan zohir bo’lmas.
Aqlining ko’zi ko’r bo’lgan kishi shunday xatarli ishlarni qiladi. Demak, har yo’l bilan savdogar o’zining
moli va taniga ehtiyot bo’lishi, beparvo bo’lmasligi kerak. Shu bilan birga, (savdogar) omonat va
to’g’rilikni o’ziga odat qilishi zarur, o’zining foydasi uchun o’zgalarga ziyon etkazmasligi kerak va
o’ziga tobe bo’lgan kishi bilan muomila qilgay. U shunday ulug’ odam bilan muomila qilishi mumkinki,
u odam diyonatli va muruvvatli bo’lgay, firibgar kishidan qochgay. Molning yaxshi va yomonini
bilmagan va moli oz odam bilan muomila qilmagay. (Agar shunday odam bilan muomila) qilsa, foydadan
tama qilmagay, toki ikkovining orasidagi do’stlik vayron bo’lmagay. Foydadan umid qilsa, nasiya
qilmagaykim, oz foyda ko’p ziyon keltiradi. Mayda narsalarga nazar solmagilki, past nazarlik ulug’larga
zarar keltiradi.
Savdogarning asli zarari – behuda xarj qilishdir. Agar moldan foyda qilsang, foydadan egil va foyda
qilmaguncha sarmoyadan emagil, chunki savdogarchilikning eng katta zarari sarmoyadan eyishdir.
Savdogarning sarmoyasi kam bo’lsa, o’zgalar bilan bahslashmasin va ulug’ ishlarga aralashmasin. O’z
holiga loyiq mol olsin va (bu mol) bilan o’z baxtini sinab ko’rsan, (bunday vaqtda) ziyon qisa ham,
sarmoyaga ortiqcha zarar etmaydi. Agar dehqon bo’lsang, barcha dehqondan bilimdonroq bo’lgil va har
bir ekinni eksang, vaqtidan o’tkazmagil. Vaqtidan o’n kun burun ekkaning ikki kun keyin ekkaningdan
yaxshiroqdir. Ho’kizni juft qil va barcha asbobini muhayo qilgil. Zo’r, baquvvat ho’kizlarni sotib olgil va
oxuriga xashakni ko’p solgil. Shunday tarbiya qilgilki, ho’kizlaring zo’rlikda va semizlikda barcha
xaloyiqning ho’kizidan ilgari tursin. Agar bir ho’kizing ishga yaramay qolsa, tezlikda yana bir ho’kiz
olgil, toki ekin vaqti o’tmasin. Agar ekmoq va o’rmoq vaqti bo’lmasa, hamisha er haydab shudgor
qilishdan g’ofil bo’lmagil. Keyingi yilning tadbirini shu yil qilgil. Ekinni kuchli erga ekkilki, agar ering
kuchsiz bo’lsa, senga foyda bermaydi. Hamma vaqt erni tarbiya qilgil va dehqonchilik hunaridan
bahramand bo’lgaysan. Agar boshqa hunarni qilmoqchi bo’lsang, bozor hunarini qilgil. Har bir hunarni
qilsang ham, chaqqon bo’lgil va pokiza ish qilgil. Sening ishing hamma hunarmandlarning ishidan
yaxshiroq bo’lg’ay. Hamkasb va oshnalaring ko’paysin. Oz foydaga qanoat qilgil. Xaridorni ko’p qattiq
turrib va og’ir baho bilan o’zingdan qochirmagil, toki shu hunaring bilan rizqing ziyoda bo’lsin. Xalq


sening oldingga bir narsani olish, sotish uchun kelsin, jonimsan, do’stimsan, birodarimsan deb qarshi
olgil, toki sening bunday mehribonligingin ko’rib, ular mollariga yuqori baho qo’yishdan sharm qilsinlar
va sening maqsuding hlsil bo’lsin, hamma hunarmandlar orasida yaxshi noming chiqqay. Ammo to’g’ri
so’zlagil, baxil bo’lmagil. Foydani yaxshi ishga sarf qilgil, qashshoqlarga in’om bergil va o’zingdan
yuqorilarga yolvoruvchi bo’lgil. Savdoda ko’p qattiq bo’lmagil va g’ariblardan ko’p foyda talab qilmagil.
Muhtojni xushhol qilgil. Sheriklaringga xiyonat qilmagil, qaysi hunarni ishlatsang, hiyla qilmagil, hamma
ishingni bir xil qilgil. Agar moldor bo’lsang, muhtojga qarz bermoqni g’animat bilgil. Yolg’ondan ont
ichmagil va odamlar bilan qattiq muomala qilmagil Hozirgi zamon tadbirkori eng avvalo bozorni
xaridorgir tovarga to’ydira oladigan tovar ishlab chiqaruvchidir. Tadbirkorlik faollashmasa iqtisodiy
o’sish yuz bermaydi. Tadbirkorlik faoliyati odatda, muomala sohasidan, savdo-sotiqdan boshlab, dastlab
shu erda rivoj topadi. Shu sababli savdo kapitali sanoat kapitalidan, ya’ni ishlab chiqarishga solinadgan
kapitaldan oldin, savdogar esa sanoat kapitalistlaridan oldin paydo bo’lgan. Savdo-sotiqdagi
tadbirkorlikdan farq qilgan holda ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik nisbatan yirik kapital, uzoq vaqt, katta
tajriba, keng va chuqur bilimlar, boshqarsh mahorati va malakali ish kuchi talab qiladi. U serkapital,
serharakat bo’ladi va nihoyat katta toqat talab qiladi. Masalan, savdoda 1 million so’mlik oborot kapitali
va 1 oy muhlat etarlik bo’lsa, sanoatla 1 million so’mlik mahsulot yaratish uchun 2-3 million so’mlik
kapital va 3-4 oy vaqt ketishi mumkin. Ishlab chiqarish tadbirkordan nafaqat iqtisodiy, balki texnikaviy
va boshqarish bilimlarini talab qiladi. Tadbirkorlik innovatsiya faoliyati tarziga kirsa, ya’ni texnika va
texnologiya yangiliklarini joriy etish bilan bog’liq bo’lsa, iqtisodiy o’sish tezlashadi.
Tadbirkor hohlagan bankini tanlab ish ko’radi, bir necha bankda o’z pul mablag’larini o’z bilganicha
ishlatishi, o’z mablag’ini naqd pul yoki naqd pulsiz schyotdan schyotga ko’chirib olishi mumkin.
Tadbirkor byudjet bilan ham erkin aloqada bo’ladi. Belgilangan soliq summasini byudjetga to’laydi,
byudjetdan tegadigan pulni o’zi o’zlashtiradi. U hohlagan moliyaviy kompaniya yoki tashkilot faoliyatida
ishtirok etadi. Tadbirkorlik uchun qulay muhit - bu yagona iqtisodiy maydonning, jumladan, yagona pul
maydonining mavjud bo’lishidir. Tadbirkorlik xususiyatlari uning quyidagi asosiy vazifalarini keltib
chiqadi:
1. Tadbirkor maqsadni aniq belgilaydi, ishlab chiqarish dasturini tuzadi va unga erishadi. Er, kapital va
mehnat resurslarini, tovar ishlab chiqarish va xizmat ishlarini bajarish maqsadida ularni yagona jarayonga
birlashtiradi. Tashabbusni o’z qo’liga oladi. Tadbirkor bir vaqtning o’zida ishlab chiqarishni xarakatga
keltiruvchi kuch va o’rtada turgan vositachi hisoblanadi. Foydali jarayonlarni amalga oshirish uchun
boshqa resurslarning qo’shilishini ta’minlaydi. Dasturda maqsadga erishishning yo’l-yo’riqlari, ta’minot
va xarid kabi bandlari o’z aksini topishi lozim. Dasturning bandlar soni, qanday davrni o’z ichiga olishi,
korxonaning qanday bo’limlari uchun tuzilishi, ichki sharoitlari va tashqi muhitning o’zgarishi ham o’z
aksini topishi maqsadga muvofiqdir. Tadbirkor korxona dasturini tuzishda quyidagi asosiy mulohazaga
e’tibor beradi: − Maqsadga qanday erishish mumkin; − Korxonani kelajakda nimalar kutmoqda (ya’ni
ishlarni rejalashtirish). Agar shu ikkita mo’ljal bir-biriga mos keltira olinsa, korxona faoliyati dasturini
tuza olish mumkin. Dastur tuzishni shartli ravishda uch bosqichga bo’lish mumkin: 1. Mahsulot
sotiladigan bozorni tahlil etish lozim. Tahlil ikki yoqlama uzviy bog’langan holda qilinadi. Birinchisi,
korxona ishlab chiqargan mahsulotning bozordagi ijobiy tomonlarini o’rganib chiqish, ikkinchisi salbiy
tomonlarini chamalab ko’rish. Ikkala holda ham tadbirkor talab va taklif o’zgarishi, fan va texnika
yutuqlari, raqobat o’zgarishini hisobga olgan holda bir yildan besh yilgacha bashorat qilishi kerak. 2.
Korxonaning ichki imkoniyatlarini to’liq hisobga olgan holda maqsadni to’g’ri qo’ya bilish. Eng yaxshisi,
korxonaning kuchli tomonlari va kamchiliklari bir-biri bilan solishtirilib, talab va taklifning o’zgarishiga
bog’lanadi. Solishtirish natijasida qaysi maqsad imkoniyatga mos keladi, qaysinisi mos kelmasligi yaqqol
ko’rinib qoladi. Shular asosida tadbirkor o’z maqsadini yana bir bor qayta ko’rishi lozim. So’ngra
imkoniyat mavjud bo’lgan, uddasidan chiqa oladigan vazifalar tanlanadi. 3. Korxona faoliyati
rivojlaishining eng foydali variantini tanlab olish. Korxonaning xom-ashyosi va tashkiliy imkoniyatlari
majmuasi aniqlanadi. Bunda asosan uchta ko’rsatkichga e’tibor berish kerak: a) korxonaning bozor
muhitida tutgan o’rni, ya’ni chiqariladigan mahsulotlarning qanchalik talabga javob berayotganligi, sifat
jihatidan ham, son jihatidan ham; b) korxona qaysi xo’jalik shakliga mansubligi, ya’ni tarmoqqa


qarashlimi yoki xo’jalik sektorigami va x.k,; v) ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turining xilma-xilligi,
ya’ni taklif etilayotgan turning talabga qanchalik mos kelayotganligi. Yuqorida qayd etilgan
ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, korxona doirasida ham, bozor sharoitida ham o’zining kelib chiqishi
va xususiyatlariga ko’ra bashorat qilish ancha mushkul ishdir. Shu sababli dastur tuzishda uchinchi
bosqichni o’rganayotganda qo’shimcha maslahatchilarga murojat etish maqsadga muvofiqdir. 1.
Tadbirkorning muhim vazifalaridan yana biri - biznes faoliyati bilan shug’ullanayotganida korxona
faoliyati yo’nalishini belgilovchi asosiy qarorlarni qabul etishdek murakkab vazifalarni o’z zimmasiga
olishdir. 2. Tadbirkor - kommertsiya asosida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish, ulardan foydalanish,
yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini yoki xatto biznesni tashkil etishning yangi shakllarini kundalik
hayotga kiritib boradi. 3. Tadbirkor - tavakkalchilik bilan o’z ish vaqti, mehnati, ishidagi obro’si, shuning
bilan birga o’zining shaxsiy va o’z kompanonlari yoki aktsionerlarining sarflagan mablag’laini garovga
qo’yib ish olib boradi. Tadbirkorga foyda olish kafolati berilmagan. Shuning uchun ham kapitalizm
iqtisodiyotida tadbirkorlik qobiliyatiga alohida o’rin beriladi, u «mehnat» tushunchasiga kirmaydi, chunki
uning o’ziga xos xususiyatlari, ahamiyati bor.
«Mehnat» - kishilarni tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish borasidagi jismoniy va aqliy
qobiliyatlaridir. «Mehnat» va «tadbirkorlik qobiliyati» mehnat resurslarini tashkil etadi. Tadbirkor aniq
bir ishlab chiqarish faoliyatini tanlab olib, o’z korxonasini yurgizib yuborgandan so’ng, uning asosiy
vazifasi ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz boshqarishdan iborat bo’ladi. Bunday holatda tadbirkorning
nazarida u hamma erda zarurga o’xshaydi, go’yo u siz xech qanday ish bitmaydi. Lekin, bunday o’ylash
aslo to’g’ri emas. Barcha vazifalarni o’z zimmasiga yuklash noto’g’ridir, chunki ishlab chiqarish
jarayonida shunday holatlar bo’ladiki, boshqalar ushbu ishni yaxshiroq bajarishlari mumkin. U
tadbirkorlik bilan ish olib borishi kerak. Masalan, xodimlar masalasida, ta’minot masalasida, xarid qilish,
ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash masalasida tadbirkor, birinchi o’rinda yaxshi tashabbuschi,
tashkilotchidir. Tadbirkor o’zining yuqorida zikr etilgan xizmat vazifalarini amalga oshirishda
korxonaning ishlab chiqarish jarayoni dasturini tuzish, sistemali boshqarish, iqtisodiy tahlil etish, korxona
istiqbolini bashorat etish kabi ilm-fan yutuqlaridan unumli foydalaniladigan ilg’or bilimlarni qo’llashi
maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorning asosiy maqsadi o’z qo’l ostidagi ishlab
chiqarish vositalaridan, ixtiyoridagi resusrslardan unumli foydalangan holda bozor talablariga to’g’ri
javob beruvchi mahsulot ishlab chiqarib, unumli foyda olishdir. Maqsadga erishish yo’llarini ishlab
chiqishda tadbirkorlarning albatta o’z dasturi bo’lishi lozim. Dastur korxonaning katta yoki kichik
bo’lishidan qat’iy nazar, tuzilishi maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 137,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin