1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularning turli belgilari bo`yicha guruhlarga ajratish


Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslash



Yüklə 43,77 Kb.
səhifə5/8
tarix27.03.2023
ölçüsü43,77 Kb.
#90535
1   2   3   4   5   6   7   8
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometrik figuralar va ularnin

Predmetlar o‘lchamini idrok qilish va taqqoslash. Bolalarga shartli o‘lchovlarni o‘rgatishdan oldin o‘lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushuntirish lozim:

1. Hap doim o‘lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.
2. O‘lchovning oxirini belgilab qo‘yish kerakligi haqida.
3. Predmetning uzunligini o‘lchash vaqtida o‘lchov chapdan o‘nga qarab, eni bilan bo‘yini o‘lchagan vaqt o‘lchov yuqoridan pastga qarab olinishi haqida.
4. Keyingi o‘lchovni oxirgi belgi qo‘yilgan joydan boshlash kerakligi haqida.
5. O‘lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.

  1. Kattalikning uchinchi xossasi uning nisbiyligidir. Haqiqatan ham, bir predmetning o‘zi kattaligi bo‘yicha qanday predmet bilan taqqoslanayotganiga qarab katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, kattalik predmetning shunday xossasiki, uni predmetdan ajratib, alohida tasavvur qilib bo‘lmaydi, kattalikni predmetdan ajratib bo‘lmaydi. Predmetning kattaligini idrok qilib, biz predmet borasida butun tasavvur (oriyentir) olamiz (va shundagina uni “katta, kichik” so‘zlari bilan aniqlaymiz) yoki alohida uzunliklarning (o‘z kengligi, balanddigi) nisbati haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz. Bunday subyekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan uchun ko‘p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Bu holda kattalikning «baland», «uzun», «yo‘g‘on» va h.k. kabi aniq ta’riflaridan foydalanadilar («bolaga past stul kerak», “mashinalar keng yo‘ldan bormoqda”, «Baland archa sotib olishdi» va h.k.) . Bir qator predmetlar borki, ular uchun «katta-kichik” atamalarini ishlatib bo‘lmaydi. Masalan: lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor bo‘lishi mumkin: sakragich esa uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin va h.k. Shu 6ilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar ko‘rsatmoqdaki, maktabgacha yoshdagi bolalar predmetlarning kattaliklarini aniqlashda «katta-kichik», «ortiq-kam» so‘zlaridan foydalanishni afzal ko‘radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarni predmetlarni alohida uzunliklarini (uzunligi, kengligi, balandligi, differensiallashtira olmasliklari, ular orasida o‘lchamlik munosabatlarini o‘rnata olmasliklari va ularning har birini., so‘zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, o‘zlari ko‘pincha kattalikning aniq ta’rifi o‘rniga juda umumiy bo‘lgan katta-kichiklik terminlarini ishlatadilar.

  2. Bolalarning ko‘pchiligi ko‘zadagi sutni qanday o‘lchashni bilmaydi. Ularni «santimetr» bilan, lineyka bilan, gradusnik bilan deb javob beradilar. Bolalarning javoblari ularning suyuqliklarni, sochiluvchi jismlarni o‘lchash haqidagi bilimlari yo‘qligini ko‘rsatadi. Bolalar suyuqliklarni o‘lchash qoidalarini, suyuqlikning o‘lchami nimaligini bilmaydi. Bolalarning hikoyalarida ularning onalari bilan bir litr sut olganliklarini aytadilar, lekin ular litr suyuqliklarning o‘lchov birligi ekanligini bilmaydilar. Turli narsalarni o‘lchay olishga o‘rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta’sir qiladi. Shuning uchun bog‘chaning katta tayyorlov guruhlarida olib borgan ta’lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o‘lchash, og‘irlikni o‘lchash, suyuqliklarning sig‘imini o‘lchash va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.

Ta’lim berish natijasida:
1. O‘lchash, bolaga o‘lchanayotgan obyekt haqida aniq bilim beradi.
2. O‘lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog‘liq bo‘ladi.
3. O‘lchashlarning soni va ularning o‘lchami o‘rtasida funksion bog‘liqlik borligini ko‘rsatadi.

Yüklə 43,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin