1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayishi



Yüklə 322,74 Kb.
səhifə1/6
tarix18.05.2023
ölçüsü322,74 Kb.
#116347
  1   2   3   4   5   6
1 Leksik ma’noning kengayishi va torayishi. §. Ma’noning kengayi (1)


1) Leksik ma’noning kengayishi va torayishi.

  1. §. Ma’noning kengayishi

Manoning kengayishileksemaning mano hajmida tor manodan keng manoga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov.sozi dastlab «togning tepasidagi otloq»ni ifodalagan: qadimgi turkiy tildä yay (yay) sozi «yoz»ni, yaylagsozi esa «yozlaydigan joy»ni anglatgan [105, -226—227], Chorvadorlar yoz payti molni togning tepasidagi otloqlardayaylag‘»da) boqishgan, qishda esa «yaylag‘»dan «qishlag‘»ga tushib yashashgan. Hozirgi paytda yaylov sozi faqat togning tepasidagi «mol boqiladigan otloq»ni emas, balki umuman «mol boqiladigan maydon»ni anglatadi, bunday maydon togning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto pasttekisliklarda ham bolishi mumkin. Bunday mano kengayishi qishloq sozining semantikasida ham sodir bolgan: u dastlab «qish faslida yashaydigan joyni»ni anglatgan, hozir esa umuman «aholi yashaydigan punktning bir turi» manosini ifodalaydi.
Tilshunoslikda atoqli otning turdosh otga otishini mano kengayishi deb baholash holatlari ham bor [27, -86—87]. Masalan: Rizamat (atoqli ot) — rizamat (mahalliy, xoraki va mayizbop uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor Rizamat ota Musamuhamedov tomonidan yetishtirilgan va shu sohibkor nomi bilan atalgan (demak, sozning mano hajmi kengaygan).

  1. §. Ma’noning torayishi

Manoning torayishileksemaning mano hajmida keng manodan tor manoga qarab siljishning yuz berishi. Masalan: vatan (keng manoda: «kishi tugilib o'sgan mamlakat, ona-yurt») — vatan (tor manoda: «kishi tugilib o'sgan shahar yoki qish!oq»).
Turdosh otning atoqli otga o'tishi ham tilshunoslikda mano torayishi deb qaraiadi. Masalan: bolta (turdosh ot) — Bolta (atoqli ot), tola (turdosh ot) - Lola (atoqli ot) kabi.

  1. §. Leksik ma’no taraqqiyoti natijalari

Leksik mano taraqqiyoti natijalari ikki xil bo'ladi: 1) sozning semantik tarkibidagi manolar miqdori ko'payadi, demak, miqdoro'zgarishi yuz beradi, bu hoi polisemiyaga (ko'p manolilikka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yo'llari bilan mano ko'chirilishida ko'proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik manolar miqdori ko'payadi: kozkorish azosi») — kozuzukning kozi») — koztaxtaning kozi») — metafora; tishodamning tishi») — tisharraning tishi») — metafora va funksiyadoshlik; gilosmevaning bir turi») — gilosgilos daraxti») — sinekdoxa. Metonimiya yo'li bilan mano ko'chishida natija ikki xil bo'ladi: a) polisemiya yuzaga keladi (bunda manolar o'rtasidagi bog'lanish saqlanadi): tilnutq azosi») — tilaloqa-aralashuv quroli»);

  1. omonimiya paydo bo'ladi. Bunda manolardagi bog'lanish kuchsizlanadi, uzoqlashadi, hatto unutiladi, natijada shakli bir xil bo'lgan ikki so'z yuzaga keladi. Masalan, issiq (sifat) leksemasi asosida issiq (ot) leksemasi yuzaga kelgan. Bunda: «belgi» kategorial semasi «predmet» kategorial semasiga almashgan; sifatdagi semalar tarkibida «norma (o'lchov)», «ortiq» semalari tashlangan; «harorat» semasi yana ham abstraktlashish tomon taraqqiy qilgan, ana shu abstrakt sema ot leksemasining semantik mundarijasini tashkil etib qolgan. Demak, sifatdagi semalar tarkibida «harorat» predmet semasi aktuallashib, qolgan semalar so'ngan, shu bilan ot leksema (semema) yuzaga kelgan [112, -11 — 12], Bu hoi issiq (sifat) va issiq (ot) omonim- larining yuzaga kelishiga sabab bo'lgan. Bunday omonimlashishni bir so'z turkumidagi kun (quyosh) va kun («sutkaning ertalabdan kechqurungacha bo'lgan qismi») so'zlarida ham ko'ramiz; 2) so'zning semantik tarkibida ma’no hajmi o'zgaradi. Bunda ma’nolar miqdori ortmaydi, bitta ma’noning hajm ko'lami kengayadi yoki torayadi, xoios.




Yüklə 322,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin