1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichki nazoratning turlari



Yüklə 270,27 Kb.
səhifə1/26
tarix02.01.2022
ölçüsü270,27 Kb.
#40587
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
1. Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar Ichk


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA

MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti

FAKULTETI

KAFEDRASI

Saidova Maftuna

«Ichki auditni tashkil etish va o’tkazish»

KURS IShI

TOShKENT – 2020

REJA

KIRISH

1.Ichki nazorat tizimi va ichki auditga qo’yilgan talablar

2. Ichki nazoratning turlari

3. Korxonada ichki auditni tashkil qilish bosqichlari

4. Ichki audit bo’limining tashkiliy tuzilmasi to’g’risida nizom

5. Ichki audit bo’limining korxonaning boshqa bo’limlari bilan o’zaro aloqadorligi

Xulosa va takliflar

Adabiyotlar ro’yxati

Kirish

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy holati to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlarga ega bo’lishning asosiy quroli bu ichki auditdir. Mamlakatimizda, mustaqil davlat sifatida olib borilayotgan islohatlar o’zining ijobiy natijalarini ko’rsat moqda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar texnik va texnologik yangilashni jadallashtirish va uni kulamini kengaytirish o’ziga xos richak vazifasini o’tamoqda. Shu xususida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ushbu fikrini eslatib o’tish o’rinlidir: «2013 yil va yaqin kelajakka mo’ljallangan dasturimizni amalga oshirishda iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish va uning ko’lamini kengaytirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish markaziy o’rin tutishi darkor. Bu borada 2013 yil uchun ishlab chiqilgan va 370 dan ortiq strategik muhim loyihani amalga oshirishni ko’zda tutadigan Investitsiya dasturi g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan 13 milliard dollarning 75 foizini ichki manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan mablag’lar, qolgan qismini jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar tashkil etadi. Ishlab chiqarish qurilishi uchun mo’ljallanayotgan jami investitsiyalarning qariyb to’rtdan uch qismini yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish uchun yo’naltirishga to’g’ri kelmoqda.Investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi tobora muhim o’rin tutmoqda. 2013 yilda faqat Jamg’arma mablag’lari hisobidan qiymati 780 million dollarlik 34 tadan ortiq muhim loyiha, birinchi navbatda, xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda barpo etilayotgan ob’ektlarni moliyalashtirish rejalashtirilmoqda».Korxona ichki auditi nazoratning bir shakli sifatida bozor munosobatlariga asoslangan tizimga mos keladi. Korxonaning turli xalkaro tashkilotlarda faol qatnashishi, jahon iqtisodiyot hamjamiyatiga qo’shilishi jarayonida iqtisodiy ko’rsatkichlarni xorijiy mezonlarga taqqoslanishi ichki auditning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan standartlar talabiga javob berishini ta’minlashni talab etmoqda. Iqtisodiyotini modernizatsiyalash

sharoitida korxonaning hisobotni ichki audit yordamida tasdiqlashning roli va ahamiyati ham oshadi, bu axborotlar investitsiya va moliyaviy faoliyatda turli bitimlar tuzish chog’ida boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish uchun ham asos bo’ladi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda uning infratuzilmalaridan biri bo’lgan korxonalarda ichki auditorlik faoliyatini mujassamlashtirishda ichki audit faoliyatini kompyuterlashtirish ishlarini ishlab chiqish va uni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega va bu masalalar bilan Respublikamizdagi va xorijiy etuk oliml ar shug’ullanishmoqda.




Yüklə 270,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin