184
8.5. Sutemizuvchilar sinfi
Tulki cho‘l va dashtlarda, tog‘ va tog‘oldi hududlarida, hatto
qishloqlar va shaharlar atrofida ham yashaydi. Yozda tulkilar inda
yashab, 4–5 ta ko‘zi yumuq bola tug‘adi. Kuzda tulki oilasi tarqalib
ketadi. Qishda juni qalin va issiq bo‘lganidan iniga kirmaydi. Tulki-
lar kemiruvchilar va hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xo‘jaligiga
foyda keltiradi. Ular yoz va kuz fasllarida poliz mahsulotlari va
mevalarni ham yeyaveradi. Ba’zan uy parrandalariga ham hujum
qiladi. Tulki mo‘ynasi uchun ovlanadi.
Dostları ilə paylaş: