M avlono Irshod Sherozga borib kutilganidek, rasmiy ishlami oz
fursatda ijobiy hal qilishga erishadi. Uning notiqlik mahoratiga qoyil
qolgan Shoh Shujo’ Irshodga ruxsat bermay, bir majlis qurib keyin ke-
tishni iltimos qiladi. Majlis jum a kuniga belgilanadi. Juma namozidan
keyin Masjidi jom e’ga yig‘ilgan xalq oldida Mavlono Irshod shunday
ehtirosli nutq so‘zlaydiki, odamlar uning ta’sirchan sobzlaridan jun-
bushga kelib, ko‘z yoshlarini tiya olmay qolishadi. Buni ko‘rgan voiz
notiqlik mahoratining yana bir qirrasini namoyish etib, o‘z nutqida kes-
kin burilish yasaydiki, endi hamma birdaniga ko‘z yoshi aralash kula
boshlaydi. “Latoyif ut-tavoyif’ asarida keltirilgan bu voqea Mavlono
Irshodning odamlar ruhiyatini chuqur tushunadigan, nihoyatda maho-
ratli so‘z ustasi bo‘lganidan dalolat beradi.
Qozi 0 ‘shiy. 0 ‘zining purhikmat so‘zlari va jarangdor ovozi bilan
xalqqa maqbul va manzur bo‘lgan voizlardan yana biri Qozi 0 ‘shiydir.
Mavlono asli farg‘onalik bo‘lib, 0 ‘sh shahrida qozilik lavozimida ham
ishlagan. Mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etgan
Qozi 0 ‘shiy jam iyatda yuzaga keladigan chigal muammolami ye-
chishda, odamlar qalbiga yo‘l topishda benazir zot boMgan. Bu haqida
Faxriddin Ali Safiyning “Latoyif ut-tavoyif’ asarida quyidagi voqea
hikoya qilinadi: “ Seiston viloyatining xalqi qattiqqoMligi, hatto gadoy-
ga ham sadaqa bermasligi bilan nom chiqargan ekan. Qozi 0 ‘shiy esa
mana shu xalqning k o‘ngil qulfini so‘z kaliti vositasida ochishga eri
shadi. U Seistonga borib m a’lum muddat shu xalqning ichida yashaydi;
ulaming ruhiyatini o ‘rganadi, odamlami qiynayotgan muammolami
aniqlaydi. Ana shundan keyin shahar qozisidan ruxsat olib, jum a kuni
masjidi jo m e’da xalqqa va’z aytadi. U o ‘z nutqida xalqning ayni dili-
dagi gaplami, ulami qiynayotgan muammolami shunday aniq va ra
von bayon etadiki, xalq topgan-tutganini minbar ostiga keltirib tash-
laydi. Mavlono 0 ‘shiy nutqi uchun haq olmasligini, va’z va nasihat
faqat savob uchun, odamlami to‘g ‘ri yo‘lga boshlash uchun aytilishini
tushuntirganda Seiston xalqining voizga bo‘lgan hurmat va muhabbati
yanada oshadi. Mana shu voqeadan keyin bu xalqning xasis emas, ak-
sincha, oliyjanob ekanligi, faqat o ‘z davrining b a’zi muammolariga ja-
vob topa olmay qiynalayotganliklari m a’lum bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: