(59-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda mahkumlar jazoni sud belgilagan tartib turi
sharoitida o‘taydilar.
60-modda. Mahkumlarni ko‘chirish
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan
boshqasiga ko‘chirish ushbu Kodeksning
58-moddasi
talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov qilinayotgan shaxslardan alohida
ko‘chiriladi.
(60-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Homilasi yigirma to‘rt haftalikdan oshgan yoki uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar
boshqa mahkumlardan alohida ko‘chiriladi.
Mahkum bemorlar, homilador ayollar va bolasi bor ayollar, zarurat bo‘lganda, tibbiy
xodimlar kuzatuvida ko‘chiriladi.
Mahkumlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ularni boshqa hollarda ham ajratilgan
tarzda ko‘chirishga yo‘l qo‘yiladi.
Ko‘chirish chog‘ida mahkumlar zarur moddiy-maishiy va sanitariya-gigiyena sharoitlari
bilan ta’minlanadi, ularga mavsumiy kiyim va poyabzal, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat
mahsulotlari beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi 143-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari,
vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalarida saqlanayotgan shaxslarni ta’minlash me’yorlarini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
Mahkumlarni ko‘chirish davlat hisobidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
tomonidan belgilangan
tartibda
soqchi kuzatuvida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni
ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning
150 — 162-bandlari
(ro‘yxat raqami 2495, 29.07.2013-
y.).
Oldingi
tahrirga qarang.
Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro
etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish
muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin.
Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro
etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning
58-moddasi
talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng
ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi.
(60-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli
Qonuniga
asosan
sakkizinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y.,
03/19/558/3662-son)
Dostları ilə paylaş: