Shuningdek, guruh rahbarining tashkilotchilik funksiyasi tarbiya
jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o’zi
keng ma’noga ega. Maxsus bir maqsadni ko’zlab u yoki bu ishni tadbiriy
choralarni tashkil etish guruh rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab
qiladi.
Tashkilotchilik funksiyasi bir necha elementlarga bog’liqdir:
A.
O’tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yoki
muvaffaqiyatsizligi sabablarini belgilab olish.
B. Guruhda o’tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xarakterga ega bo’lib,
ma’lum maqsadni ko’zlab o’tkazilishi va guruh rahbari turli tarbiy ishlarini
o’tkazishda oldin shu ishning modelini tuza bilish lozim.
D. Guruh rahbari oldiga qo’yilgan maqsadga yetishish uchun o’z oldiga
aniq vazifa qo’ya bilish lozim.
E. Guruh rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o’qituvchi va
talabalarning qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma’lum reja asosida
tarbiyaviy tadbirlarning o’tazish o’rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini
aniqlash lozim.
F. Ma’lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to’g’ri
taqsimlash, ishga boshqa o’qituvchilarni, ota-onalar, talabalar, otalik tashkilotlari
va ish obe’ktini aniqlash lozim.
Dostları ilə paylaş: |