3.2.16-rasm. Ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr Ko`p pozitsiyali pnevmotsilindrlar. Yuqorida
ko`rib
chiqqan
pnevmotsilindrlar shtokning 2 ta pozitsiyasini ta`minlay oladi: shtok korpusdan
chiqqan, shtok korpus ichida. Agar shtokni har xil pozitsiyalarida to`xtatish kerak
bo`lsa har xil pnevmatik mexanizmlar ishlatiladi. Ularning tuzilish strukturasi,
pozitsiyalash aniqligi har xil bo`ladi.
Shtokni fiksatsiyalash pnevmotsilindrini ko`rib chiqamiz.
3.2.17-rasmda shtok
6 korpus ichida o`rnatilgan prujina
1 ta`sirida
harakatlanadigan tormoz bashmagi
4 yordamida to`xtatiladi. Bo`shliq
5 ga qisilgan
havo berilganda porshen
2 prujina
1 ni qisadi va shtokni to`xtatib turgan tormoz
bashmagi
4 ni bosib o`tirgan konstruktsiya
3 elementlarini ochadi va fiksator shtok
6ni blokirovkadan chiqaradi.
176
3.2.17-rasm .
Shtokni fiksatsiyalash pnevmotsilindri Aylantiruvchi pnevmodvigatellar. Texnologik
jihozlarda
chiqish
zvenolarini 0 dan 360°gacha burchakka aylanishi talab etiladi. Buni amalga oshirish
uchun shiberli-plastinali pnevmodvigatellar ishlatiladi (3.2.18-rasm).
3.2.18-rasm. Reykali-tishli uzatmali aylanuvchi ikki tomonlama amal qiluvchi pnevmoyuritma sxemasi Reykali-tishli
uzatmali
aylanuvchi
pnevmoyuritma
(3.2.19-rasm)
“Shesternya-reyka” uzatmasi bazasida ishlab chiqilgan. Shesternya
3 chiquvchi val
4 da o`rnatiladi. Shesternya shtok-reyka
2 bilan ilashadi. Shtok-reyka ikki tarafidan
ikkita bir tomonlama amal qiluvchi pnevmotsilindr porshenlari
1 bilan mahkam
bog`langan.
Qisilgan havo pnevmotsilinlar bittasining ishchi bo`shlig`iga berilganda
porshen shtok-reyka bilan birga to`g`ri chiziqli harakat qiladi. Bu harakat reyka-
sherternyali uzatma yordamida valning aylanma harakatiga aylanadi (valning bitta
aylanishi chegarasida). Val esa kerakli burchakka aylanuvchi tashqi ob’ekt (m.:
sanoat robotining ishchi qurilmasi) bilan bog`langan. Ikkinchi pnevmotsilindr
177
bo`shlig`iga qisilgan havo berilganda teskari harakat bajariladi.