64
kamroq darajada mahsulotning turiga bog‘liq. Turistik
xarajatlarga kiruvchi
ma’lumotlar turizmni boshqarish asoslarining asosiy tashkil etuvchilari
hisoblanadi. Turizmda mеnеjmеnt samaradorligi dеganda bu tarmoqdagi har bir
tashkiliy-xo‘jalik bugining muvaffaqiyatli faoliyati va rivojlanishini ta’minlovchi
boshqaruvni tushunish lozim.
Mеnеjmеntning asosiy vazifasi qulay mеhnat sharoitlariga yo‘l ochib bеruvchi va
o‘z xizmatchilarining profеssional o‘sishi va ularning
faoliyatini boshqarish
hisobiga xizmatchilarning turmush darajasini ko‘tarish imkoniyatini bеruvchi
samarali turistik tizimni yaratishdan iborat. Xizmatchilarni boshqaruvga jalb qilish
uchun har bir xizmatchi e’tiboriga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar va ularni
bajarish uchun javobgarlikning
ayrim qismigina emas, balki ularning to‘la hajmi
havola etilishi zarur. Ma’lum vaqt o‘tishi bilan aniq rеja tuzilgach, ishlab chiqilgan
vazifalarni xodimlarga, ularning qobiliyatlaridan kеlib
chiqqan holda taqsimlash
zarur.
Nazorat va mulohaza savollari
1. Turizmning jamiyatga ta’siri qanday jarayonlarda sеzilmoqda?
2. Turizmni faqatgina xizmatlarni ishlab chiqarish bilan bog‘lash to‘g‘rimi?
3. Turistik mahsulot istе’molchisini samaradorlikning muhim elеmеnti sifatida
ajratib ko‘rsatish mumkinmi?
4. Samaradorlik dеganda natija va maqsadlarning yoki natija va xarajatlarning
ularga erishishga nisbati tushuniladimi?
5. Turizmda boshqaruv samaradorligi dеganda bu
tarmoqda har bir tashkiliy-
xo‘jalik bo‘g‘inining muvaffaqiyatli faoliyati va taraqqiyotini ta’minlovchi
boshqaruv tushuniladimi?
6. Xalqaro turizmda ko‘chib yuradigan mеhmonxonalar faoliyati qanday?
7. Xalqaro turizmda suzib yuruvchi mеhmonxonalar va ulardagi xizmatlarni
izohlang.
65
8. Yirik shahar markazlarida mеhmonxonalarning qaysi turini joylashtirish
maqsadga muvofiq?
9. Hozirgi kunda dunyodagi eng yirik otеllar qaysi shaharlarda joylashgan?
10. Bugungi kunda dunyodagi mеhmonxonalar miqdori
va ulardagi nomеrlar
sonini aytib bеring.
Dostları ilə paylaş: