birinchi so‘zda qaratqich kelishigi, ikkinchisida esa tushum kelishigi
shaklini yasaydi.
Qaratqich kelishigi qarashlilikni bildiradigan
-niki, -im
kabi
shakUar bilan o‘zaro sinonim bo‘lib keladi. Masalan:
Qanday baxtiyorsan Vatanim endi,
Yop-yorug‘ kelajak bari seniki.
Sen minglab azamat botirga doya,
Arslon yigitlaming bari seniki. ( G ‘afur G ‘ulom)
Ona xalqim, jon-tanim manim
0 ‘zbekiston — Vatanim manim. (Abdulla Oripov)
Manim peshonamga nelar yozilgan. Saltanatning taqdiri na bo‘lur,
qay birini bilasiz? (Odil Yoqubov)
Bu misollarda
manim
so‘zidagi
-im
affiksi
-ning
o ‘mida ishlatilgan.
Chunki bu o ‘rinda davr tilini aks ettirish maqsadi ko‘zda tutilgan.
Misollarda
manim mening o'mida
ishlatilgan. Bu o‘rinda alliteratsiya
va assonans hosil qilish uchun va shu orqali she’rdagi so'zlaming
ohangdorligini ta'm inlash maqsadi nazarda tutiladi.
Ot so‘z turkumining stilistik imkoniyatlari bu so‘z turkumiga
xos bo ‘lgan egalik, kelishik, ko‘plik va subyektiv baho shakllarida
yana ham ko‘p qirraliroq ko‘rinadi. Jamiyat taraqqiyoti tufayli bu
tushunchalarga xos bo ‘lgan shakllaming b a ’zilari eskirib, o‘miga
yangisi paydo bo‘lgan, ba'zUari esa variant sifatida qo'Uanilib, m a’lum
bir stilistik vazifani bajaradi.
Masalan: o‘zbek tilida yo‘nalislini bildiradigan
-ga, -ka, -qa,
affikslari adabiy tUga xos bo‘lib, neytral shakllarda,
-a, -g‘a, -na
esa
m a’lum stUga xos bo‘lib, stilistik vosita sifatida xizmat qUadi. Masalan:
Dostları ilə paylaş: