yozilishi kerakki, u mantiqiy qismlarga bo‘linishi va ular mahhim
ketma-ketlikda joylashishi hamda ushbu qismlami o‘rgatish
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak... Agar ta’lim
mazmuni o‘quvchining asta sekin shakllanib va kengayib
borayotgan tafakkurida ma’lum o‘rin egallashi, keyingi faoliyatida
foydali bo‘lsa, o‘quvichining “qiziqishini” uyg‘otish
uchun xilma-
xil metodik harakatlarga ehtiyoj qolmaydi”. Ko‘rinib turibdiki,
ta’lim berishda uning mazmuni metodologiyaga
(uning ahamiyatini
pasaytirmagan holda)
nisbatan birlamchi o‘rinda turadi. Aynan
ta’lim mazmuni o‘qitish strategiya,
yondashuv, texnologiya va
metodlami qanday bo‘lishini belgilab beruvchi birlamchi omildir.
Ta’lim mazmuniga ijtimoiy-madaniy jihatdan qaraydigan
bo‘lsak, u insonni jamiyatdagi hayotga tayyorlash va ijtimoiy
ahamiyatga ega vazifalarni
bajarishga tayyorlovchi, ma’lum
pedagogik qoidalarga moslashtirilgan bilim, ko‘nikma va
malakalar, ijodiy faoliyat vosita va usullaridan iborat tizimdir.
Boshqacha so‘z bilan aytganda, ta’lim mazmuni ~ ilmiy bilim,
ko‘nikma
va
malakalar
tizimi
bo‘lib,
ularni
egallash
o‘quvchiiarning aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining rivojlanishi,
ulaming dunyoqarashi va ahloq normalarining shakllanishi,
ijtimoiy hayot va mehnat faoliyatiga tayyorlanishi ta’minlanadi.
Zamonaviy didaktikada ta’lim mazmuni va uning strukturasi
haqida so‘z borganda turli yondashuvlar mavjud. Uning birinchi
sababi
shundan iboratki, ta’limning maqsadlari hamda uning
amalga oshiradigan vazifaiari jiddiy tarzda o‘zgarganligidadir.
Yana bir sababi esa ta’lim - insoniyat tomonidan erishgan fan
yutuqlari va madaniy me’roslami o‘quvchilar tomonidan egallash
degan tushuncha о‘quvchiiarning o‘z imkoniyatlarini amalga
oshirish va ko‘zlagan maqsadlariga erishish bilan to‘qnash
kelishidir.
Bir tomondan ta’lim mazmuni deganda o‘quvchiga bog‘liq
bo‘lmagan tashqi ta’sir qiluvchi
omil tushunilsa, boshqa jihatdan
o‘quvchxda ta’lim olish jarayonida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar,
uchinchidan esa shaxsiy va ijtimoiy madaniy jihatlar aloqasi
tushuniladi.
107
Ta’lim mazmuniga nisbatan turli yondashuvlar va qarashlar
mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar
uning manbasi insoniyat
tomonidan to‘plangan ijtimoiy-madaniy tajriba va merosdir.
T aiim mazmunini belgilash va shakllantirish bir nechta
bosqich orqali amalga oshiriladi. Bular:
- taiim mazmuni yaxlit holda, o'rganiladigan ijtimoiy tajriba
elementlari, strukturasi va ijtimoiy funksiyalari umumlashgan
holda pedagogik talqinda berilib davlat
taiim standartlarida aks
etgan
Dostları ilə paylaş: