nomidan olingan) ko‘nikmalari ham shakllantirilgan. II va
aggellalami boshqarish
paydonomlar
(tarbiyachilar) tomonidan
amalga oshirilgan.
Jismoniy tayyorgarlik
gimnastika
va
arxeistika
(harbiy raqs,
marosimlami aks ettiruvchi raqs) mashg‘ ulotlaridan iborat bo‘Igan.
Gimnastika mashg'ulotlari
yugurish, sakrash, suzish, buyum
uloqtirish, ovchilik, chavandozlik, yakkakurash va boshqa jismoniy
mashg'ulotlardan tashkil topgan.
15 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smir yoshlar maxsus
fuqarolik huquqlariga ega bo‘lishgan, yahni
eyrenlarga
aylanish-
gan va ulaming asosiy vazifasi
kichik yoshdagi tarbiyala-
nuvchilami o‘qitishda paydonomlarga yordam berishdan iborat
boigan. Ushbu ta’lim bosqichida o‘smirlami estetik tarbiya
asoslari bilan tanishtirish ishlari olib borilgan. Bunda musiqa va
ashula aytishga o‘rgatilgan, alohida e’tibor esa ulaming ma’naviy
va vatanparvarlik tarbiyasiga qaratilgan.
20 yoshdan 30 yoshgacha
boigan eyrenlar davlatning
toiaqonli fuqarolari sifatida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini
davom ettirishgan.
Ta’lim va tarbiyaning barcha bosqichlarida yoshlar davlatda
o‘matilgan qonun va qoidalami so‘zsiz bajarish hamda o‘zlaridan
katta yoshdagilarga beqiyos hurmat va itoatkorlik ruhida tarbiya
olishgan. Plutarx (46-127 yy.) asarlari hamda saqlanib qolingan
boshqa
manbalardan maiumki, Spartada yoshlami voyaga
yetkazishda taiim berishdan ko‘ra tarbiya (jismoniy va ma’naviy)
ko‘proq ustunlik qilgan. II va aggellalarda - o‘ziga xos “itoatkorlik
maktablarida” - “bo‘ysundirish va bo‘ysunush san’ati” mashq
qildirilgan, yozish, o ‘qish va boshqa turdagi an’anaviy ta’Hmga
hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib ehtibor qaratilgan xolos. Shu
sababli ta’lim dasturlari asosan jismoniy va harbiy mashqlar,
siyosat va ma’naviyat mavzularidagi suhbatlardan iborat boigan.
Aggella va illardagi taiim shakli paydonomlar yoki ulaming
yordamchilari, va шпишап kattalaming
barcha topshiriqlarini
guruh b o iib bajarishdan iborat edi. Tarbiyaning asosiy vositasi
sifatida kattalarga taqlid qilish va ular bajargan barcha mashqlami
ular ortidan aniq tarzda takrorlash boigan. Nutq san’ati
80
mashg‘ulotlarida esa buyuk sarkarda va jamoat arboblari hayotidan
tuzilgan qisqa hikoyalarni yod olish hamda ulardagi turli
mulohazalardan iqtiboslar keltirish o‘rgatilgan.
Spartancha tarbiya tizimi
agonistika
(musobaqalashish)
tamoyillari asosiga qurilgan bo‘lib, tarbiyalanuvchilar o‘zlari
egallagan bilim va ko‘nikmalarni namoyish
qilishda tengqurlari
bilan musobaqalashish va shu orqali har bir tarbiyalanuvchi
boshqalardan ustunligini ko‘rsatishga harakat qilishgan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Sparta ta’lim va tarbiya tizimi
murabbiy, tarbiyachi, ustoz, kattalar, siyosiy va davlat arboblariga
so‘zsiz bo‘ysunush hamda o‘quvchilaming
shaxsiy dunyoqarashi
shakllanmaslik ustunlariga qurilgan. Ta’lim va tarbiyaning bunday
tamoyillarini qadimgi Sharq ta’lim madaniyatida kuzatish mumkin.
Bunday ta’lim tizimlariga konservativlik, murabbiylarga qat’iy
bo‘ysunush, ustozi tomonidan ko‘rsatilgan namuna asosidagina
bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘Iish,
ulaming harakatlarini aniq
tarzda takrorlash xosdir.
Sparta ta’lim va tarbiya tizimining o‘ziga xos shakl, usul va
yondashuvlari jahon pedagogika faniga yosh avlodni harbiy
tamoyillarga asosan tarbiyalash namunasini berdi. Ko‘pchilik
mutaxassislar tomonidan Sparta ta’lim va tarbiya tizimiga nisbatan
jiddiy tanqidiy mulohazalar bildirilishiga qaramasdan, ushbu tizim
kelgusida didaktik tamoyillami ishlab chiqishda o‘ziga xos namuna
sifatida xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: