hamda orzu-istakiarining ushalishini pedagogik mahorat deymiz.
Shu o'rinda savol tug'iladi. Mahorat nima?.
Mahorat bu —
yuqori va doimo yuksalib
boruvchi tarbiya va
o‘qitish san’atidir. Mahorat faoliyat jarayonida shakllanadi va
takomillashadi. U
ishbilarmonlik, zukkolik,
layoqat va zehn
vositasida rivojlanib boradi. Bu xususiyatlarning barchasi faoliyat
jarayonida tarkib topib boradi.
"Faoliyat - deb yozgan edi, akademik A.N.Leontev -
dunyoni
o‘zlashtirishning birinchi shartidir". Shimday ekan
pedagogik
mahoratni shakllantirishi va rivojlantirishda faoliyat yetakchidir.
Pedagogik mahoratni egallashda
o‘qituvchining pedagogik
faoliyati asosiy ro‘l o‘ynaydi. Pedagogik mahorat pedagogik
faoliyat bilan uzviy bog‘liqdir. Pedagogik faoliyat o‘qituvchining
kasbiy mahorati va mehnati orqali qo‘lga kiritiladi,
mehnat esa,
faoliyatning tarkibiy qismlari (o‘qish, ijtimoiy ish, o‘yin, sport
mashg‘ulotlari va h. k.) dan biri hisoblanadi. Shu asosda peda
gogik faoliyat o‘qituvchi
mehnatining istiqboli, texnologiyasi,
vazifalari va ta’sir ko'rsatish usullarining majmuidir. Pedagogik
mahoratni shakllantirish muayyan
sohani mukammal egallash,
nazariy, amaliy ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘lish, kasbiy tayyor-
garlik ustida tinmay ishlashdan iborat. Pedagogik mahoratning
betakror, noyob, mohir ustasi bo‘lish uchun o‘qituvchi -
tarbiyachiga ilhom, ijod va o‘z kuchiga ishonch bo‘lishi kerak.
Mana
shu ilhom, ijod va ishonchni yo‘lga qo‘yuvchi, uning
imkoniyatlarini to‘la ishga soluvchi kuch faoliyatdir. Pedagogik
mahoratni shakllantirishda pedagogik faoliyat muhim o‘rin tutadi.
Faoliyat to‘la ma’noda usullar, xolatlar, shakllaming umumlashgan
tizimidan iborat bo‘lib, u xar xil sharoitlarda ham mavjud bo‘ladi.
Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati
ham maqsad,
usul, vosita, obyekt va subyektdan iborat.
Dostları ilə paylaş: