I.
Jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiyena
yo‘na!ishi
Mazkur yo‘nalish o ‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- bolalarning jismoniy rivojlanishidagi muammolarini aniqlash
va uning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash;
- doimiy ravishda bolalarning jismoniy
rivojlanishini tahlil
qilib borish;
- bolalarning jismoniy rivojlanishi bo‘yicha oila bilan
hamkorlik qilish;
- sog'lom turmush tarzining muhimligini
tushuntirish va uni
ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etish. Mazkur yo‘nalishda bolaning
rivojlanish jarayonlari quyidagi bosqichlar orqali kechadi:
- yirik motorikani rivojlantirish - bunda bola yurish (tez va
sekin), yugurish (tez, sekin va ilon izi bo‘lib), sakrash (uzunlikka
va balandlikka), zina bo‘ylab yuqoriga yurish (yurish, yugurish,
sakrash) vaqtida o‘zining tana a’zolarini boshqarishni o‘rganadi;
-m a y d a motorikani rivojlantirish
- bunda bola biron-bir
faoliyatni yanada aniqroq bajarish (ushlash, ochish, yopish, qirqish,
b o iish ) uchun o‘z qoilari va barmoqlarini ishlatish va ulardan
foydalanish malakasiga ega bo‘ladi;
- sensomotorikani rivojlantirish - bunda bola o‘z harakatlarini
boshqarish uchun sezgi organlaridan (ko‘rish,
eshitish, qo‘l bilan
his qilish, hid bilish) foydalanadi;
- madamy-gigiyenik malakalar - bunda bola o“z sog‘ligining
muhofazasiga ta’sir etuvchi shaxsiy gigiyenik malakalarni egallaydi.
Bola yirik motorikani rivojlantirish bosqich id a:
- o‘z tanasini boshqara olishi;
- o‘z tana a ’zolarini boshqara olishi;
- bir yo‘nalishda maqsadli harakatlana olishi lozim.
Bola mayda motorikani rivojlantirish bosqichida:
- q o i va barmoq harakatlarini nazorat qila olishi;
- o‘yinchoq va kundalik ehtiyoj
predmetlaridan foydalana
olishi lozim.
Bola sensomotorikani rivojlantirish bosqichida o‘z xatti-
harakatlarini sezish organlari yordamida boshqara olishi lozim.
34
Bola madaniy-gigiyenik malakalar
bosqichida madaniy-
gigiyenik malakalarga ega bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: