3.
Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga
ko‘ra (A.Mas-
lou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vo‘godskiy va boshqalar) ta’lim
oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o‘ziga
xos rivojlanish imkoniyatlariga ega.
Ular bolani rivojlantirish
maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo‘naltiradi.
Taiimning fenomenologik (fenomen yimoncha “phainomenon” -
hisoblangan, ya’ni, mashliur, alohida nodir odam) modeli o‘quvchi-
laming individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ulaming
talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni ko‘zda
tutadi. Uning vakillari o‘quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar.
Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib bomvchi har bir
taiim tizimi ijodiy rivojlanadi va o ‘quvchi hamda o'qituvchining
erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g‘oyalari 1991
yildan keyin respublika
uzluksiz taiim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat
markazida o‘quvchinmg barkamol rivojlanishi, uning intellektual
ehtiyojlari, “erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash”
masalasining
ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika taiim muas-
sasalarida qo‘yidagi g‘oyalarga amal qilinmoqda: “Demokratik
jamiyatda bolalar, umuman har bir inson
erkin fikrlaydigan etib
tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o'rganmasa, berilgan
taiim samarasi past boiishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash - ham
katta boylikdir”1.
Ezoterik paradigma
(yunoncha “esoterikos” ichki, sirli,
yashirin, faqatgina biluvchilar uchun moijallangan insonning
dunyo bilan о‘zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Mo-
delning mohiyati haqiqat abadiy va o‘zgarmas, doimiy ekanligini
ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari
haqiqatni bilib b o i-
masligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini
ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan
muloqot, o‘quvchming tabiiy
kuchlarini ozod etish va
rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, o‘qituvchining himoyalash
vazifasi muhimdir, u o‘quvchining mavjud imkoniyatlarini uni
ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo‘naltiradi.
1 Karimov I.A. Barkamol avlod - O ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.
- Toshkent, Sharq
nashriyot-matbaa konsemi, 1997,9-bet.
Dostları ilə paylaş: