Nazorat savollari:
1.Sayoz joylashgan poydevorlar konstruktsiyasi bo’yicha qanday turlarga bo’linadi?
2.Plitasimon va massiv poydevorlarning qo’llanilish sohalarini eslang.
3.Bikr va egiluvchan poydevorlar deganda nimani tushunasiz?
4.Markaziy yuklangan poydevordan zaminga uzatiladigan bosimning maksimal qiymati qanday ifoda bo’yicha aniqlanadi?
5.Markaziy yuklangan poydevorning o’lchamlari qanday tartibda aniqlanadi?
6.Nomarkaziy yuklangan poydevor tovoni orqali zaminga uzatiladigan bosimning maksimal va minimal qiymatlarini aniqlash ifodasini eslang.
7.Nomarkaziy yuklangan poydevor qanday tartibda loyihalanadi?
8.Nomarkaziy yuklangan poydevorning ag’darilish va siljish bo’yicha ustivorliklarini ta‘minlash shartlari qanday ko’rinishlarda yoziladi?
9.Qatlamlab jamlash usuli bo’yicha poydevor zamini cho’kishini aniqlash tartibini eslang.
10.Poydevor cho’kishini qatlamlab jamlash usuli bo’yicha hisoblashda qo’shimcha kuchlanishlar qanday formula bo’yicha aniqlanadi?
11.Poydevor cho’kishini aniqlash ifodasini eslang, bu ifoda qanday qonuniyatga asoslanib tuzilgan?
8. ZAMIN GRUNTLARINI SUN‘IY
KUCHAYTIRISH USULLARI
Reja:
8.1.Umumiy ma‘lumotlar
8.2.Bo’sh gruntlarni almashtirish
8.3.Gruntlarni zichlash usullari
8.4.Gruntlarni qotirish usullari
Adabiyotlar: 7, 8, 9, 10, 11.
8.1. Umumiy ma‘lumotlar
Yuk ko’tarish qobiliyati inshoot barpo etish uchun yaroqsiz bo’lgan tabiiy gruntlar bo’sh (kuchsiz) gruntlar deyiladi. Ulardan zamin sifatida foydalanishda turli sun‘iy usullar qo’llab, ushbu gruntlarning mustahkamligi oshiriladi. Qurilish amaliyotida faqat bo’sh gruntlarnigina emas, balki ancha mustahkam gruntlarni ham quyidagi hollarda sun‘iy mustahkamlashga to’g’ri keladi.
Inshootdan uzatiladigan bosim zamin yuk ko’tarish qobiliyatidan ortiq bo’lib, poydevor tag yuzasi yoki yotish chuqurligini oshirish imkoniyati cheklangan bo’lsa.
Gruntning fizik va mexanik ko’rsatkichlari unga quyilgan talablarga javob bermasa (yirik g’ovaklar, gruntning bo’sh tuzilishi, notekis cho’kishlar va h.k).
Dostları ilə paylaş: |