Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бухоро давлат университети инглиз филологияси кафедраси


II.2 Ba’zi asbob, bino va o’lchov birliklari kabi realiyalar tarjimasi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə8/9
tarix23.05.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#59091
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Teodor Drayzerning “Amerika fojiasi” asaridagi ekstralingvistik omillarning tarjima qilish muammosi

II.2 Ba’zi asbob, bino va o’lchov birliklari kabi realiyalar tarjimasi.
Bir-biridan uzoqda yashaydigan xalqlarning arxitekturaga oid ishlarida ham har xil bo’ladi, ular shaklan, baland-pastligi, o’lchovlari, ularga ishlatiladigan asbob-uskunalar bir xil deb bo’lmaydi. Uy ichi ko’rinishi, narsalarning uyga joylashishi va ularga bezak berish kabilar. Har bir millatning o’z didiga bog`liq, o’zlariga mos holda bir shaklga keltirib oladilar. Badiiy tarjimada uchraydigan bunday realiyalarni boshqa tillarga ya’ni uzoq tillarga tarjima qilishda ham ancha qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.
Ularni tarjimlnlar goh kalka usuli bilan goh transkripstiya usuli bilan yoki transliterastiya hamda transformastiya (o’zgartirish) kabi usullar bilan berib kelmoqdalar. Hozir biz mazkur realiyalar qatnashgan misollarni keltirishga harakat qilamiz va ularning uch tildagi (ingliz, rus va o’zbek) variantlarini ham beramiz.
1. For the time being apprenticeship meant washing and polishing all the machinery and implements of this particular counter, to say nothing of opening and sweeping out the store at so early and an sour as seven thirty…
Но сперва Клайд будет учеником, а значит, он должен мыть и чистить сифоны и всю посуду на стойке, и само собой, в половину восьмого открывает магазин……
Biroq Klayd oldin shogird bo’ladi, bu esa sifonlarni yuvib, tozalab, peshtaxtalardagi idishlarga qarab turish, etti yarimda magazinni ochish..(A.F. 23).
2. And because, apart his knowledge she had arranged to present him with a new fountain –pen and ever sharp pencil………
Она приготовила ему подарок самопишущую ручку и «вечный карандаш» - и потому ей особенно хотелось, чтобы он пришел к ней и в этот последний вечер…..(А.Т.,350)
Roberta Klaydga sovg`a qilish uchun o’zi yozar ruchka bilan “mangu” qalam tayyorlab qo’ygan..... (A.F. 327).
Ingliz tilidagi machinery rus tiliga “сифоны”, o’zbek tiliga ham “sifonlar” deb ag`darilgan. Pan qaysi bir oshxonaning idish-tovoqlarini yuvadigan qismida ketayotir, bu realiya biror bir oziq-ovqat tayyorlaydigan mashinaapparatning qismlari bo’lsa ehtimol. Bu so’z, bu asbob qismi ko’pchilik kitobxonlarga tushunarli emas, demak unga izoh berish kerak edi, tarjimon kamchiligi.
Ikkinchi misolimizdagi fountain-pen- avtoruchka, o’zbek tilida ham “avtoruchka” da uni “o’zi yozar ruchka” deb galiz, tabiiy jaranglamaydigan nom bilan berish shartmi? U allaqachon eskirib, kishilar ongiga singib, xuddi o’zbek so’zidek bo’lib ketgan. Bu tarjimani ham ma’qul tarjima deb bo’lmaydi.
Bino qismlari bo’laklariga oid ba’zi realiyalarni keltiramiz:
1. ......., the exact street or peace being called Bickel, a very short thoroughfare opening off Missouri Avenue, somewhat more lengthy but no less nondescript highway.
……дом стоял в коротком проезде под названием Бикел ведущем к Миссури авеню улица под лини, но не лини невзрачной.
Uy ancha uzunroq biroq ko’rimsizlikda qolishmaydigan Missuri avenyusiga olib chiqadigan Bikelы degan tor ko’chada edi. (A.F. 10).
2. And the factory section which lay opposite the small city –across the Mohawk –was a little more than a red a gray assemblage of buildings with here and there a smokestack projecting upward and connected with the city by two bridges a half dozen blokes apart.
Фабричный район, расположенный как раз напротив центральной части города на другом берегу реки Могаук, был просто на просто скоплением красных и серых зданий, над которыми то тут, то там возвышалось фабричная труба этот район соединялся с городом двумя местами, которые отделяло друг от друга примерно полдюжины кварталов.
Magauk daryosining narigi betida joylashgan fabrika rayoni qizil va sarg`ish imoratlarning yig`indisidan iborat bo’lib, ularning dam bu erdan, dam bu erdan fabrika trubasi ko’rinar edi. Bu rayonni shahar bilan ikkita ko’prik birlashtirib turar, ularning oralig`ida esa besh-olti kvartal bor edi. (A.F. 176).
3. It was some five blocks from the spot on which twice a week the open air meetings of these religious enthusiasts and proselytizers were held.
Миссия Грифтстов находилось кварталов за пять от того места, где дважды в неделю эти религиозные энтузиасти выступали под открытым небом со своими проповедями.
Missiya, Klaydning tariqatga jonni tikan ota-onasi haftada 2 marta vaz aytishga ana shu joydan besh kvartal narida edi. (A.F. 11).
4. …, Clyde first started, felt himself tremble the least bit with excitement, then thanking his advisor for his kindness, went direct to a green marbled doorway which opened from the rear of this drug store into the lobby of hotel.
Клайд широко раскрыл глаза и весь задрожал от волнения, потом он поблагодарил советчика за его доброту и направился к выкрашенному под мрамор проходу и глубине магазина, который вел в вестибюле.
Hayajonga tushganidan butun vujudi titray boshladi. U shundan keyin maslahatchisiga yaxshiligi uchun minnatdorchilik bildirdida, magazinning mexmonxona va vestibyuliga olib chiqadigan marmar ranga bo’lgan koridor tomonga yurdi. Karidor tugagandan keyin o’zini vestibyulda ko’rdi (A.F. 28).
Birinchi misolimizda Avenue bo’lib, u rus va o’zbek tiliga “avenyu” deb o’girilgan. Uni o’zbek kitobxonlariga tushunadimi? U, albatta tushunarli emas. Uni hozir “prospekt” deb hamma ataydi.
Demak rus va o’zbek tillariga “prospekt” deb tarjima qilish kerak edi.
Ikkinchi misolimizda “factory section” ni rus tiliga “фабрычный район” deb o’girganlar. U tushunarli ya’ni fabrikaga qaraydigan zona erlar, Territoriya ko’zda tutiladi. Lekin uchinchi misolimizda block “kvartal” deb ag`darilgani to’g`ri bo’lgan. Lekin bu so’z ham Evropaga, uni bir o’rinda “kvartal” uchinchi o’rinda “mahalla” deb borsa ham bo’ladi. “Kvartal” ni ko’proq shahar aholisi tushunadi, qishloq aholisiga “ko’cha” deb tushuntirish kerak.
Uni mahalla desangiz, qishloq joylari nazarda tutiladi, bu erda esa shahar ko’zda tutilayotir.
To’rtinchi misolimizda lobby vestibyul deb berilgan. Binoga kirishdagi katta ayvon zalni vestibyul deb berilgan. Uni hozir ko’p qavatli binolarda shunday atayotir, lekin buni ham qishloq kitobxonlari ham tushunishi qiyin.
Yana ba’zi faktlarga qaraydi.
1. “The talk and the palaver that went on in the lobby and the grill, to say nothing of the restaurants and rooms”. (Amer. Trag., 60)
Одних только разговоров в вестибюле, не говоря о сценах в баре, ресторанах и в номерах, было достаточно,..(А.Т.,49)
Mayxona, restoran va nomerlardagi tashqari gaplarning o’ziyoq har qanday tajribasiz va.....
2. “Only the church he has now”, he went on, has a lodging house connected with it, about forty rooms, el believe. He and my mother run that and the mission to.
(A.T. 215-216)
Но теперь продолжал он - миссия отца связана с меблированным комнатами, в доме кажется, около сорока комнат. Отец и мать управляют этим домом и руководят миссий. (А.Т., 184)
Lekin hozir Klayd gapida davom etdi. Otamning missiyasi mebelli xonalar bilan aloqador. Otam bilan onam uni boshqarib missiyaga rahbarlik qilishadi. (A.F. 172).
The grill hozir bizlarga ham kichik ovqatlanadigan bino xonasi ham paydo bo’lmoqda. Uni shunday “grill-bar” deb ataydilar, lekin “mayxona” deb hech kim atamaydi, shuning uchun mayxona deb o’girish kerak emas.
Ikkinchi misolimizdagi “lodging house” “mehmonxona” deyiladi, tarjimada esa “mebelli xona” deb berilgan. Gap katta bir ishxona to’g`risida borayotir. Bu erda “mexmonxona” bo’lishi ham mumkin. Bu tarjima ham asl nusxa variantiga to’g`ri kelmaydi. Yana “mission” –“missiya” so’zlari bo’lib, u “ishxona” ma’nosida ishlayotir.
“Missiya” so’ziga ko’pchilik kitobxonlar tushunmaydi.
Endi biz ba’zi uzunlik va yuza o’lchov birliklariga oid realiyalar tarjimasini qarab chiqaylik va tahlil qilamiz. Ko’pincha ingliz o’lchov birliklari o’zbek tilida har xil berilgan. Masalan, inglizcha mile – mil –kilometr, chaqirim, tosh deb tarjima qilingan. “Chaqirim”, “tosh” eski o’zbek uzunlik o’lchov birliklaridir. Bir chaqirim taxminan 1 km ga teng keladi. “tosh” sakkiz chaqirim masofa”!1 inglizcha mile esa 1609 metrga barobar. Dengiz milyasi bo’lsa 1852 m, geografik milya bo’lsa -7480 m ga teng.
S. Vlaxov va S. Florin har xil mamlakatlarda mile ning 25 xil uzunlikni anglatishini qayd qiladilar (a, 32mm, 876, 580 dan to 11293 metrgacha, bu og`irlik o’lchov birligini ham anglatar ekan)2.
Endi biz mile, foot, yard va inch uzunlik o’lchov birliklari qatnashgan ba’zi misollarni keltiraylik.
1. She was the daughter of Titus Alden, a former-of near Beltz, some fifty miles north. (A.T., 302)
У её отца Тайтуса Олден было ферма неподалеку от Быльца городка в округе Маймико: милях в пятьдесят к северу от Лигурга. (А.Т., 260)
Otasi Taytus Oldenning Likurgdan shimolga ketaverishda 50 milcha narida Maymiko fermasi bor edi. (A.F., 243).
2. Pancoast, Mass., June 7th … what proved to be a fatal boat ride for two apparently, was taken here day before yesterday by an unidentified man and girl who came presumably from Pittsfield to spend the day at Pass Lake, which is fourteen miles north of the place. (A.T., 539)
“Пенкост”, Массагузета, 7 июня. Третьего дня на озере Пасс, в четырнадцати милях к северу от нашего городе, перевернулось лодка, в которой катались неизвестные мужчина и женщина, приехавшие, видимо, на Питсвилда. (АТ., 467)
“Penkost”, Massaguzete, 7 iyun. Uchinchi kuni Pass qo’lining shahrimiz shimolidan 14 chaqirim ichkarisida, chamasi Pitsfilddan kelgan noma’lum bir erkak bilan bir ayol sayoxat qilib yurgan qayiq ag`darilib ketgan. (Amerika fojiasi 2- kitob, 25 bet).
Birinchi misolimizda o’zbek tiliga “milya” va ikkinchi misolimizda “chaqirim” deb o’girilgan. “Milya” bilan kelishsak ham “chaqirim” bilan kelisha olmaymiz. “Milya” ni hozir ko’pchilik bir yarim km deb tushunadilar. Lekin o’zbek kitobxonlari u deyarli uchramaydi. “chaqirim” so’zi eski o’zbek o’lchov birligidir. Ularni ikkovini ham km bilan bersa yaxshi bo’lardi.
Endi biz “foot” (30,5 cm) uzunlik o’lchovi qatnashgan misolni e’tiboringizga havola etamiz.
The water in the immediate vicinity of the accident in some places being over thirty feet deep, it is not certain whether the trotling and dredging will yield the other body or not.(A.T.,510)
Поскольку в том месте, где видимо, произошло катастрофа, глубина кое-где превышает тридцати футов, нет уверенности, что второй труп удастся разыскать.
Har qalay o’sha baxtsizlik ro’y bergan joyning ba’zi erlarida chuqurlik, o’ttiz futdan ham ortib ketishi sababli ikkinchi murdaning topilishiga unchalik ishonch yo’q (A.F., 2-kitob, 26-bet).
Foot o’zi 30,5 sm.ga teng bo’lib, ko’p tarjima asarlarida u “fut”, “metr”, “qadam” deb o’girilgan. Biz tahlil qilayotgan kitobda u “fert” deb berilgan, lekin uning qanchaga teng ekani haqida izoh berilmagan. Uni ham internastional so’z “metr” bilan beraverish kerak edi.
Yana bir misolda inch – dyuyl (2,5 sm) qatnashgan misolni keltiramiz.
The girl appears to be not more than twenty – five, five feet five inches toll, and weighs 130 pounds.
Девушка на вид не больше двадцати пяти лет, рост пять футов пять дюймов вес - сто тридцать футов.
Qizning yoshi esa yigirma beshlardan oshmaydi, bo’yi besh fut-besh dyum, og`irligi yuz o’ttiz funtga keladi (A.F. 2-kitob, 26.).
Bu misolimizning o’zbekcha tarjimasi, dyum bo’lgan, uni o’zbek kitobxonlari tushunmaydi. Unga izoh berish kerak edi, u 2,5 sm.ga teng bo’lgani uchun ko’p tarjima kitoblarida “qarich” deb tarjima qilingan, u ham ancha oshirib o’girishdir. U aslida 2,54 sm teng uzunlik o’lchov birligidir, uni “ellik” yoki “enlik” (ikki enlik xat) deb berish lozim edi yoki izoh berib, uning 2,54 sm ga teng ekanini ko’rsatish kerak edi.
Shu misolimizda pound – fund og`irlik o’lchovi ham bor bo’lib, u 454 gm ga teng, demak qizning og`irligi 130 (gramga teng) bo’lsa, taxminan 65-70 kg ga barobar ekan. Tarjima biribir o’zbek kitobxoniga tushunarli emas.
Yana bir misolga e’tibor qilaylik.
….and yet itself a respectable body of water of perhaps twenty acres of surface and at most circular inform. (A.T., 599)
….но и сама по себе она довольно внушительна размера около двадцати окров и почти совершенно круглая. (A.T., 521)
….lekin shunga qaramay baribir u xiylagina katta edi, hamma salkam yigirma akrcha kelar va deyarli dumaloq shaklda edi. (A.F. 82).
“Akr” so’ziga o’zbekcha variantning 82-betida 4047 kv.metrga teng deb izoh berilgan. Bunday metodni tarjimada ishlatish yaxshi, ham chet el realiyasi qo’llanilgan, ham u hamma kitoblarga tushunarli.
Ba’zi tarjimashunoslar badiiy kitoblardagi faktlarni to’liq, aniq tarjima qilish shart emas, demoqchi bo’ladilar. Masalan ana bu so’zlarga qarang:
“Badiiy adabiyotda “aniq raqamlar” ancha kam uchraydi… Badiiy adabiyot vositasi obrazdir, uni yaratish uchun matematika va texnologiyalarning aniq ma’lumotlari kamdan-kam kerak bo’ladi.1
Shunday kuya chindan bular hammasi ikir-chikirlar. Lekin tarjimon bunday ikir-chikirlarni puxta bilishi lozim. Chunki bir necha gramm, santimetr, metr, kilometrga xato qilish voqea tasviri, hayot haqiqatiga zid kelib qolishi, o’quvchida shubha tug`dirishi mumkin.
Badiiy asar tarjimasida faqat umumiy badiiy adekvatlik emas, badiiy detallarning aniqligiga e’tibor qilish zarur.
Tarjima faqat estetik qimmatga emas, balki bilish nazaridan muhim ahamiyatga molikdir.
Ikkinchi bob xulosasi
1. Ikkinchi bobda amerika realiyalariga umuman to’xtadik. Unda realiyalar juda ko’p, flora va fauna sohasida ham va boshqa ko’p sohalar bo’yicha ham realiyalar ya’ni millatga xos so’zlar bor. Biz ishimizda faqat “Amerika fojiasi” da uchraydigan realiyalar ya’ni ekstralingvistik omillar tarjimasiga to’xtaldik.
2. Asar o’zbek tiliga rus tili orqali o’girilgani uchun ya’ni tarjimon inglizcha ko’p realiyalarida rus tarjimasiga ergashgan.
3. Diniy tushunchalarga oid ba’zi oziq-ovqat nomlari kiyim-kechaklar tarjimasida rus tarjimoniga ergashgan, ular tarjimasida transliterastiya va transkripstiya tarjima metodlaridan foydalangan.
4. Ba’zi o’rinlarda Amerika personajlari o’zbekcha kiyimda (qalpoq, kovush, kamzul) berilganini to’g`ri tarjima deb hisoblamaymiz.
5. Ba’zi gul nomlari bino qismlari yaxshi tarjima qilinmagan.
6. O’lchov birliklari sohasida ancha kamchiliklar mavjud. Inglizcha so’zlar
ma’nosini tarjimonlar to’liq tushunib yetmagan.


Xulosa
1. Ekstralingvistik omillar tarjimasi ba’zi tillar nemis-o’zbek, franstuz-o’zbek miqyosida biroz o’rganilgan. Ingliz o’zbek tillari sohasida ham har xil ilmiy ishlar ichida ahyon –ahyonda uchraydi, lekin ma’lum asar doirasida, ular chuqurroq o’rganilmaganligi yoki kam o’rganilganligini hisobga olib, bizlar “Amerika fojiasi” asarida uchraydigan mazkur asarlar tarjimasini tahlil qilishni o’z oldimizga qo’ygan edik, uni biz o’z bilimimiz doirasidan, xoli qudrat tahlil qilib chiqdik.
2. Ishimizning bosh qismlarida amerika ijtimoiy-siyosiy va adabiy muhit haqida ham ba’zi faktlarni keltirdik. Ko’proq “Amerika fojiasi” asari yaratilgan davr siyosiy va adabiy davrga to’xtaldik. Bu bizning ilmiy ishimiz uchun zarur. Chunki avvalombor yozuvchi va asar maqsad va vazifalarini, g`oyasini yaxshilab anglab, unga biz o’z munosabatimizni bildirishimiz lozim edi, shunday ham qildik.
3. O’sha davr Amerika yozuvchilari katta davlat rahbarlariga qarshi o’z fikrlarini o’z asarlarida ifoda etgan edilar. Mark Tven, Teodor Drayzer va Ernesit Xelingueyloy inson faoliyati falsafiy qonun-qoidalariga tayangan holda o’z asarlarida syujet polotonlarini yaratdilar, insonning mashaqqatli hayoti, uning jamiyatdagi mavqei, oilaviy muammo munosabatlari falsafiy qonunlariga asosan hal qilinadi.
Yuqoridagi ijodkorlarning asaridagi qahramonlar hayoti kechinmalari, ularning jamiyatida o’zlari o’rinlarini topishga bo’lgan intilishlari, orzu-umidlari, shaxs sifatida kamolga etish bilan bog`liq bo’lgan urinishda o’z aksini topadi.
Jamiyat kattalaridagi ziddiyatlarni ya’ni sinfiy kurashni o’sha jamiyatning o’z ichidan izlash kerak edi. Amerika cheksiz imkoniyatga ega, unda na siyosat, na iqtisodiy va na ma’naviy kamchiliklar yo’q deb bong uradigan rahbarlariga Drayzer shunday kamchiliklar bor deb o’z asari bilan javob beradi.
4. Drayzer o’zining “Baxti qora Kerri” asarida hamma uchun barobar imkoniyatlar mavjud degan g`oyaga qarshi chiqadi. Qahramonlari haftalab ish axtaradi, u shahardan bu shaharga yuradi, yashash, ishlashga imkoniyat qolmagandan keyin pulli kishilarga yaqinlashadilar unda ham ijobiy natijalarga erishmaydi.
(Kerrining Drie ni (erkak kishi) ni tashlab Tersvuz degan kishi bilan ketishini eslaylik).
5. “Amerika fojiasi” asarida bosh qahramon burjua meshchan oilasidan chiqqan bola –Klayd Grifts bo’ladi. U ko’p jinoyatlarni qiladi, oxiri qo’lga tushadi. Roberta degan qizni aldab, u bilan yashaydi. Roberta o’z haq-huquqlarini talab qilganda, hiyla-nayrang ishlatib, Robertani suvga cho’ktirib o’ldiradi va shu yo’l bilan Robertadan uning bo’yida bo’lgan bolasidan qutulmoqchi bo’ladi.
Oxiri qo’lga tushib, elektr toki qiyinchiligida jinoiy ishni tan oladi va azoblanib qamoqxonada o’ladi. Bunda burjua dunyosining tabiiy his-tuyg`ularini barbod etadi, bu narsa oddiy amerikalik yigit Klayd shaxsiyatida ochiq ko’rinadi. Klayd boylikka, pulga qiziqqan edi.
Klayd Robertadan qutulib, boy qiz Sondraga uylanmoqchi edi. Agar Sandraga uylanib, undan ham boyroq qiz uchrasa, Klayd albatta Sandrani ham Robertadek daf qilardida, o’sha boy qiziga uylanar edi. Yozuvchi Teodor Drayzerning asosiy maqsadi ham shunda. Amerikada oddiy xalq moddiy tomondan ta’minlanmagan, oila, axloq normalari yaxshi yo’lga qo’yilmagan, natijada Amerikadek shunday boy, kuchli davlatda ham kamchiliklar ko’p demoqchi bo’ladi.
Klayd minglab amerikaliklarning tipik vakili bo’lib, u amerika burjua jamiyatlari qurboni bo’lgan son-sanoqsiz yoshlarning biridir.
Yozuvchi Klayd obrazi orqali individializmning ham emirilishini ham ko’rsatadi. Amerika hamma uchun barobar imkoniyatlar jamiyati degan safsatani fosh etadi. Haqiqatda kun kechirish qiyinlashib ketmoqda. Qayg`uli hayot amerika yoshlarini baxtsizlik, fojiali o’limga duchor qilmoqda edi.
Umuman Drayzer Amerikadagi siyosat, ijtimoiy tuzum kamchiliklarini ochib beradi. XIX va XX asrga Amerikada cheksiz imkoniyatlar bor, nuqsonlar deyarli yo’q degan g`oyaga qarshi yozuvchi o’z asari “Amerika fojiasi” ni yaratadi.
6. “Amerika fojiasi” asari g`oyasi bilan yaxshi tanish bo’lganimizdan keyin, biz bu asarning har uch tillardagi ingliz rus va o’zbek variantlarini qiyoslab o’rgandik. Ingliz tilidagi varianti 1961 yil Moskvada nashr qilingan bo’lib, u ikki tomlik birinchisi 600 bet, ikkinchisi 402 bet, jami 1000 bet atrofidagi katta hajmdagi kitob. Ruscha varianti ham shunday katta hajmda, ammo u bir tomlik ya’ni 890 betlik bo’lib, u ham Moskva 1955 yili bosilib chiqilgan. Ruscha varianti tarjimalari Z.Vershinina va N.Gol deb kitobda ko’rsatilgan.
O’zbek tiliga mazkur roman 1955 yil ruscha variantidan ag`darilgan, tarjimachi Erkin Nosirov va O’ktam Usmonovlar amalga oshirganlar.
U 1976 yili ikki tomlik bo’lib, 883 bet hajmda chop etilgan. (470+413).
7. Mazkur ilmiy ishimiz mavzusi ekstrolingvistik omillar tarjimasini har 3 tilda, ko’proq ingliz –o’zbek tillari masshtabida tahlil qilishdan iborat ekan. Ekstralingvistiga keng ma’noli bo’lib, uni omillar tarjimasini har uch tilda, ko’proq, ingliz-o’zbek tillari masshtabida tahlil qilishdan iborat ekan, avvalombor, biz mazkur mavzuni yaxshi, to’g`ri tushunib oldik, ba’zi omillar fikrlarini keltirdik. Ekstralingvistika keng ma’noli bshlib, uni olimlar “milliy kolorit” ga oid, “milliy o’ziga xoslik”, “realiya”, “ekzotika”, ba’zan esa “ekstralingvistik omillar” (ekstralingvisticheskie faktori) deb atab kelganlar. Biz mazkur atamalarning har biriga ishimizda izoh berib, ularni faktik misollar bilan isbotlashga harakat qildik.
“Milliy o’ziga xoslik” atamasiga “ekstralingvistik omillar” to’g`ri kelar ekan. Milliy o’ziga xoslik deganda adabiy asarda tasvirlangan xalq hayotining moddiy hayot sharoiti, ma’naviy turmush tarzi, tabiati, o’rmon, tog`, dala, suv, zamin, osmon hamda afsona va chechaklar, udumlar, urf-odatlar, diniy tushunchalar, har xil o’lchov birliklari va hokazolar milliy xoslik komponentlari jumlasiga kirar ekan. Biz ularni ishimizda nisbiy holda turlarga bo’ldik ya’ni klassifikastiya qildik, ularni ko’p chegaralab bo’lmaydi, hali.
8. Endi ekstralingvistik omillarni qanday boshqa tilda yaratishimiz mumkinligi haqida bir fikrga kelishimiz lozim. Biz birinchi galda qaysi xalq asarini tarjima qilayapmiz, o’sha xalq haqida uning milliy urf-odatlari, yurti ekzotik ya’ni iqlimga xos predmetlar bilan o’z xalqimizni tanishtirishimiz kerak. Asarlar shuning uchun bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilinadi. O’zga xalq asarlari qahramonlarini bu o’zbekcha odatlar bilan gapirtirmasligimiz (qurondan duolar o’qitmaslik) o’zbekcha kiyim bilan bezamaslik, dollorni “so’m” bilan tarjima qilmasligimiz kabi qoidalarga rioya qilgan taqdirda tarjimani yaratishimiz lozim ekan.
9. Ekstralingvistik omillarni yaqin tildan bir-biriga (o’zbek-qozoq, ozarbayjon-turkman) tarjima qilish biroz tarjimonga osonlik tug`dirar ekan, chunki ko’p xos so’zlar bir xil maqsadlarda qo’llaniladi. Uzoq tillardan tarjima qilish esa tarjimonga biroz qiyinchilik tug`diradi, u ko’p izlanish, qo’shimcha adabiyotlarni qaraydi.
10. Ekstralingvistik faktlari bo’lgan matnni hayot tajribasiga ega bo’lgan tarjimonlik ishida tajribasi bo’lgan kishigina uning uddasidan chiqar ekan, chunki u keng dunyoqarashga ega bo’ladi, tillardan tashqari materiallarni – xalqlar tarixini geografiyasini, entografiyasini, badiiy adabiyot, davlat tuzumi kabilarni yaxshi bilgan bo’ladi.
11. “Ko’p eshitgandan ko’ra, bir marta ko’rgan afzal” degan naqlga amal qilib, iloji bo’lsa asar yaratilgan davlatlarda, xalqlar yurtida bo’lishi kerak ekan. Toshkentlik olim Sodiqov Abduazim Amerikaga borib, tilshunos Xomskiy ni so’raganlarida, ular bunday tilshunos yo’q deb javob beribdilar, domlo yozib ko’rsatganda (Chomskiy), “Chomskiy” bor deb aytibdilar. Shuncha yil sobiq SSSR da u olim Xomskiy deb yuritilgan, Amerikaning o’zida u “Chomskiy” ekan.
12. Amerikada uchraydigan realiyalarda alohida to’xtadik. Ulardagi flora “o’simlik olami” va fauna “hayvonot olami” qushlar turi shunchalar ko’pki, ularning hammasi o’sha iqlimga xos ya’ni ekzotik realiyalardir. Bunday turli tumanlik yoki ekzotiklikni uzoq xalqlarning har birida uchratish mumkin.
Bu ishimizda faqat “Amerika fojiasi” da uchraydigan ekstralingvistik omillar tarjimasiga to’xtaldik xolos.
13. Ba’zi diniy tushunchalar bilan bog`liq musiqa asboblari (organ), bayram nomlari “rojdestvo”, payg`ambarlar nomlari (Iso) kabilar kalka ya’ni so’z mazmuniga e’tibor berib yoki ko’p o’rinlarda transliterastiya, transkripstiya, usullaridan foydalanib to’g`ri o’girilgan. Lekin ba’zilari unchalik tushunarli emas. Masalan “hym of praise” - maqtovini, “hamdu sano” deb bergan, yoshlar bu iborani hazm qilolmaydi. “hymn book” o’zbek tiliga “oyatlar kitobi” deb atalgan, “oyat” qur’onda emasmi: ana shu kabilar biz yoshlarga biroz g`aliz ya’ni tushunmovchilik tug`diradi.
14. Kiyim-kechaklar sohasida ko’p so’zlar to’g`ri tarjima qilingan: hat- shlyapa, cap – kepka, shapka. Lekin ba’zi o’rinlarda hat va cap ni qalpoq deb o’zbekchalashtirilgan. Amerika fuqarosiga biz nima uchun o’zbekcha kiyimlar kiydirib bezaymiz, bu tarjima ham to’g`ri emas. Yana coat so’zi o’zbekcha variantda “kamzul” “choponpo’stin” (102 bet) deb shevaga oid realiya bilan berganlar. Bu ham yaxshi tarjima emas, hamma uchun tushunarli qilib o’girish kerak. Shoes so’zi ba’zi o’rinlarda “botinka” “kovush” (ikkinchi kitob,12- bet) deb o’zbekchalashtirilgani bilan kelishmaymiz. Yana “parusin tufli” (270 bet) “sholvar” (2-kitob, 12-bet) degan tarjimalar uchraydi, ya’ni ko’p kitobxonga tushunarli bo’lmagan tarjimalardir.
15. Idishlar tarjimasida pitcher of water rus tiliga кувшин, o’zbek tiliga “ko’za” , tray – podnos o’zbekchaga ham “podnos” berilgan. Umuman, idish-tovoqlar tarjimasi ancha yaxshi chiqqan.
16. Oziq-ovqat, ayniqsa, ba’zi ichimliklar nomi ham uchraydi. Ular “сухое мартине”, “reyveyn”, “manxaten vinosi” kabilar. Ular o’zbek tili variantida ham transliterastiya yoki transkripstiya metodlari bilan ag`darilgan. Ular nomlari joy bilan bog`liqmi, biror meva bilan bog`liqmi, biron o’rinda ham izoh yo’q. (o’zb: 56-bet).
17. Ba’zi urf-odatlar tarjimasida ham biroz noqulayliklar mavjud.. Xristian dinidagi kishilar erkaklar ayollar bilan qo’llarini o’pib salomlashishlari yoki xayrlashishadi. Agar o’zbek ayollarida shunday munosabatda bo’lsa, o’zbek ayol yaqinlari uchun noqulaylik tug`diradi.
Ba’zi urf-odatlardan “at the table” ni o’zbekchalashtirib, “dasturxon atrofida” (164 bet), Chistmas Eve – новогодный вечер -yangi yil kechasi, ruscha сочельник –o’zbekcha sochelnik (329 bet) kabilar ham tarjimasini to’laqonli, to’g`i tarjima deb bo’lmaydi.
18. Ba’zi transportga o’xshagan realiyalar nomlari: aqua-planing- ruscha – акваплан, o’zbekcha akvaplanda yurish, (o’zbek, 324-bet). Inglizcha cabs - ruscha –keb,- o’zbekcha- “soyabon arava” lar tarjimalari ma’qul emas, tarjimon boshqa yo’l tutishi kerak edi.
19. Amerika florasida ba’zi gullar nomlari kitobda uchraydi. Ular lily – liliya- nilufar, daisy – маргаритка – dastorgul (259 bet), “grass” – трава -maysa (270 bet) yaxshi tarjima bo’lgan. Yana cornfield – кукурозное поле – jo’xorizor (270 bet), rush – qamish (qamishzor (2-kitob, 25- bet)) kabilar durust tarjima qilingan.
20. Musiqa asboblaridan player –piano- pionolo-pianola, dixie- diksi-diksi, a chamber orchestra – камерный квартет - kamer kvarteti (322 bet).
The love boat – лодку любви – ishq qayig`i, brown eyes- карие глаза - qo’y ko’zlar kabilar yaxshi o’girilgan.
21. Ba’zi asboblar “machinery” - сифон--sifon (23 bet), “fountain-pen” – самопишушая ручка - o’zi yozar ruchka (327 bet) lar ham tushunarli emas.
22. Binolar, qurilish, yo’llarga tegishli realiyalar missouri avenue – миссури авеню – missuri avenyu, block - квартал – kvartal, lobby of hotel – вестюбиль – vestyubil (28 bet), grill – грилбар –mayxona kabilar tarjimasi tabiiy chiqmagan.
23. Inglizcha o’lchov birliklari o’zbek tiliga har xil o’girilganining guvohi bo’ldik. Masalan, mile ni “tosh”, “chaqirim”, “kilometr”, “mili” kabilar bilan berilgan. Shuningdek foot (30 sm) ni “fut” “qadam”, inch – dyum – dyum deb noaniq tarjima qilingan. Umuman o’lchov birliklari ham yaxshi tarjima bo’lmagan. Umuman bunday tarjima qilinishiga sabab ya’ni goh terminning o’zi bilan, goh o’zbekchalashtirib berilganlariga sabab tarjimon ingliz tilini bilmaganidir, u rus tilidan o’zbek tiliga o’girilgan.
Agar kitob qayta tarjima qilinsa ingliz tilini biladiganlar bilan amalga oshirsa yaxshi bo’lardi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin