prinsipning Jinoyat kodeksi vazifasi sifatida o‘rnatilishi uning
konstitutsiyaviy qoida bo‘lmish qonun oldida tenglik prinsipini amalda
bo‘lishini ta’minlaydi. Bunga ko‘ra, JK umumiy tenglik prinsipini emas,
balki jinoiy qilmishni sodir etish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslarning
tengligini nazarda tutadi.
JKning 5-moddasiga muvofiq, «Jinoyat sodir
etgan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, bir xil huquq va
majburiyatlarga ega bo‘lib, qonun oldida tengdirlar».
Qonun oldida tenglik prinsipi jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqiy
maqomi asoslarini mustahkamlaydi, ular shaxs, jamiyat va davlat oldida
bir xil huquq va majburiyatlarga ega va qonun tomonidan ularga bir-biriga
nisbatan biron-bir imtiyozga ega emas. Shuni aytib o‘tish kerakki,
JK 5-
Dostları ilə paylaş: